Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

3.
 
Aylanma mablag’larni me’yor(norma)lashtirish 
Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun 
unga nisbatan bo’lgan ehtiyojni aniqlash usullari va rejalashtirish tizimini ishlab 
chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish 
tizimini avtomatlashtirish xususida o’ylamoq, aylanma kapital va uni 


447 
shakllantirish manbalaridan samarali foydalanish, materiallarning sarfla-nishi va 
ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. 
Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma 
mablag’lar quyidagi ikki ikki guruhga bo’linadi: 

me’yor(normalashtiriladigan aylanma mablag’lar; 

me’yor(norma)lashtirilmaydigan aylanma mablag’lar. 
Me’yorlashtiriladigan aylanma mablag’larga aylanma ishlab chiqarish 
fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. 
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar esa ombordagi tayyor mahsulot 
zaxira-laridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini o’z tarkibiga 
oladi. Aylanma kapitalning o’lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma 
mablag’larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. 
Moddiy aylanma mablag’larni rejalashtirishning asosini normativ usuli 
tashkil etadi. Unga ko’ra aylanma mablag’larning normativi belgilanadi, 
transport, sug’urta, tayyorgarlik, texnologik, joriy zaxiralarni ham qo’shgan 
holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko’rinishlari, 
tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar 
normasi o’rnatiladi. 
Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan 
iborat. Dastlab, aylanma mablag’larning har bir elementi bo’yicha ishlab 
chiqarish zaxiralarining normasi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zahiralarining 
me’yori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy 
asoslangan rejali hajmidan iborat bo’lib, u eng avvalo, quyidagilarni o’z ichiga 
oluvchi XYS ish sharoitiga bog’liq: 

ishlab chiqarish tsiklining uzoq-yaqinligi; 

ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; 

mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi; 

mol etkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; 

materiallar sifati; 

hisob-kitoblar tizimi; 

va boshqalar. 
Norma (me’yor) normalashtiriladigan moddiy resurs-larga (ularning har bir 
turi bo’yicha) bo’lgan o’rtacha kunlik ehtiyojlarning hajmi va mol etkazib 
berishlar o’rtacha intervali (oraliq)ning uzunligini hisobga olgan holda kunlik 
zaxiralarda o’rnatiladi (belgilanadi). Demak, agar ana shu oraliq, masalan, 24 
kunga teng bo’lgan bo’lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig’ida 
ishlab chiqarish tsiklining normal (sog’lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli 
bo’lmog’i lozim. 


448 
Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko’rinishdagi tovar-moddiy 
boyliklar xarajatlarining normasi (me’yori) asosida normalashtiriladigan zaxira-
larni yaratish uchun zarur bo’lgan aylanma mablag’larning hajmi aniqlanadi. 
Agar me’yor kunlarda aniqlansa (belgilansa), u holda aylanma mablag’larning 
normativi XYSning sog’lom (normal) faoliyat ko’rsatishi uchun minimal darajada 
zarur bo’lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan
zaxiralaridan iboratdir. 
Qandaydir bir resurslarning zaxiralariga avanslash-tiriladigan aylanma 
mablag’lar normativining formulasi quyidagi ko’rinishga ega: 
𝑵 = 𝑬 ∗ 𝑼 ∗ 𝑩

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin