Davlatiy moliya


- chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti;  ???? ????????????????????????



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə199/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
- chiqish (chiqib ketish) koeffitsienti; 
𝑸
𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒍
 
- yil davomida tugatilgan (likvidatsiya qilingan) asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining qiymati; 
𝑸
𝒂𝒏𝒄𝒉𝒇𝒃
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati. 
Shunday qilib, asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligi, ko’p 
jihatdan, amortizatsiya ajratmalarining maqsadli foydalanilishini, ishlab chiqarish 
apparatining rivojlanishiga emission daromad va sof foydaning kerakli 
miqdorlarda reinvestitsiya qilinishini oldindan aniqlab beradi. Shu bilan 
birgalikda bu yerda, yangi texno-logik tizimlardan foydalanish, mashina va 
dastgohlarning yuklamalik darajasi, asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’z 
vaqtida yangilanishi va chiqib ketishi, moliyalashtirishning mumkin bo’lgan 
barcha manbalarini faol jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
2.
 
Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish 
samaradorligi 


442 
 
Aylanma 
kapital 
XYS 
aylanma (o’zgaruvchan) aktivlariga 
avanslashtirilgan kapital qiymatini o’zida ifodalaydi. Bu kapital XYS balansining 
“Aylanma aktivlar” deb nomlangan ikkinchi bo’limida aks ettiriladi. Odatda, 
aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga bo’linadi: 

takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda 
funktsional mo’ljallanganligi bo’yicha; 

shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko’ra; 

likvidlik darajasiga qarab; 

va boshqa belgilariga muvofiq. 
Aylanma kapital juda ko’p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan 
quyidagilarni alohida ajratib ko’rsa-tish mumkin: 

takror ishlab chiqarish; 

rag’batlantirish; 

taqsimlash; 

ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash; 

ishlab chiqarish jarayoning uzluksizligini ta’minlash; 

va boshqalar. 
Aylanma kapital o’z funksiyalarini ham pulli va ham natural-buyum 
shakllarida amalga oshiradi. 
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funk-tsional jihatdan quyidagi 
ikki tashkil etuvchisi belgilab (aniqlab) beradi: 

aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab 
chiqarish fondlari; 

muomala fondlari. 
Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga, 
eng avvalo, ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo’lgan quyidagilar kiradi: 

xomashyo va asosiy materiallar

sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar; 

yoqilg’i; 

qadoqlash va qadoqlash materiallari; 

joriy ta’mirlash uchun ehtiyot qismlar; 

inventarlar va xo’jalik buyumlari; 

tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari; 

o’z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari; 

kelgusi davr xarajatlari; 

boshqa xarajatlar. 
Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini tashkil etuvchi muomala fondlari 
quyidagi guruhlardan iborat: 


443 

tayyor mahsulot va qayta sotishga mo’ljallangan tovarlar, ortib jo’natilgan 
tovarlar; 

pul mablag’lari – kassadagi pullar, hisob-kitob va valyuta 
hisobvaraqlaridagi pullar, bankdagi maxsus hisob- varaqlari (akkreditivlar va 
chek daftarchalari, depozit hisobvaraqlari, boshqa to’lov hujjatlari); 

qisqa muddatli (bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda) moliyaviy 
qo’yilmalar – boshqa XYSlar qimmatli qog’ozlariga investitsiyalar, davlat va 
mahalliy zayomlarning foizli obligatsiyalari, boshqa XYSlarga berilgan 
zayomlar, aktsionerlardan o’z aktsiyalarini sotib olish; 

debitorlik qarzlarining barcha ko’rinishlari, sotib oluvchilar va 
buyurtmachilarning qarzlari, olinuvchi veksellar, bo’ysunuvchi jamiyatlarning 
qarzlari, ustav kapitaliga badallar bo’yicha ta’sischilarning qarz-lari, berilgan 
avanslar, boshqa debitorlarning mablag’lari. 
Aylanma kapitalning boshqa qismi pulli ko’rinishda shakllantiriladi va
aylanma 
fondlarning 
iqtisodiy 
elementlariga 
pulli 
kapitalni 
doimiy 
avanslashtirish ko’rinishida doiraviy aylanishda bo’ladi. Pul mablag’-larining 
doiraviy aylanishi XYS tomonidan ishlab chiqarishga zarur bo’lgan moddiy 
resurslar qiymatining to’lanishi bilan boshlanadi va shu xarajatlarning mahsulotni 
sotishdan olingan tushum ko’rinishida qaytishi bilan tugallanadi. 
Doiraviy aylanish jarayonida aylanma kapital doimiy qiymat kategoriyasi 
sifatida saqlanib qolsa-da, o’z tarkibiy qismlarining funktsional shakllarini 
uzluksiz ravishda quyidagi ketma-ketlikda o’zgartiradi: pul mablag’lari – 
xomashyo va materiallar zaxiralari – tayyor mahsulot – debitorlik qarzlari – 
tushum ko’rinishida tushadigan pul mablag’lari. Bunda aylanma kapital korxona 
moliyaviy holatining o’lchovchisi va tartibga soluvchisi hisoblanadi. 
Aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllantirish va moliyalashtirish manbalari 
quyidagilardan iborat: 

o’z va ularga tenglashtirilgan mablag’lar; 

qarz va jalb qilingan mablag’lar. 
O‘z navbatida, aylanma mablag’lar (kapital)ni shakllan-tirish va 
moliyalashtirishning o’z manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi: 

ustav kapitali; 

foyda; 

emission daromad. 
Emission daromad, ayrim hollarda, ta’sischilik foydasi deb ham yuritiladi. 
O‘z mablag’lariga tenglashtirilgan manbalar qat’iy passivlardan, ya’ni XYS 
aylanmasida doimiy ravishda mavjud bo’ladigan jalb qilingan mablag’lardan 
iborat. Ish haqi va sotsial sug’urta bo’yicha qarzlar, qadoqlarni qaytarish bo’yicha 


444 
garovlar, kelgusi davr xarajatlarini qoplash bo’yicha zaxiralar shu shaklda 
vaqtinchalik foydalanilishi mumkin. 
Qarz mablag’lar o’z aylanma mablag’larining etmagan qismini to’ldirishga 
mo’ljallangan. Ularning tarkibiga: 

banklarning qisqa muddatli kreditlari; 

zayomlar; 

uzoq muddatli kreditlarning bo’sh mablag’lari kiradi. 
Jalb qilingan mablag’lar: 

mol yetkazib beruvchi va pudratchilarning kreditorlik qarzlari; 

to’lanuvchi veksellar; 

bo’ysunuvchi jamiyatlar hamda byudjet oldidagi qarzlar

olingan bo’nak (avans)lar; 

va boshqa kreditorlar ko’rinishida maydonga chiqadi. 
Aylanma 
kapitalning 
foydalanish 
samaradorligini 
ifodalovchi
umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar aylanma mablag’lar aylanishining soni va 
aylanma mablag’lar bir marta aylanishining uzoqligi hisoblanadi va ular 
quyidagicha aniqlanadi: 
𝑨
𝒂𝒎𝒂
=
𝑻
𝑸
𝒖

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin