Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

2.
 
Foyda, uni shakllantirish va undan foydalanish 
XYSning barcha moliyaviy resurslari o’z mablag’lari hisobidan, moliya va 
kredit bozorlaridan jalb qilinadigan resurslar hisobidan, uzoq va qisqa muddatli 
kreditlar
hamda kreditorlik qarzlaridan iborat bo’lgan qarz mablag’-lari 
ko’rinishidagi resurslardan tashkil topadi.
XYSning o’z mablag’lari quyidagilar manbalar hisobi-dan shakllanadi: 

mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan tushum; 

moliyaviy operatsiyalardan keladigan daromadlar; 

investitsion faoliyatdan olingan daromadlar; 

boshqa daromadlar. 


457 
Shuningdek, o’z faoliyati hisobidan pullarning kelib tushishi amortizatsiya 
ajratmalari, chiqib ketgan mol-mulkni sotish, maqsadli tushilmalar, qurilishda 
ichki resurslarni mobilizatsiya qilish, XYS ishtirokchilarining a’zolik va boshqa 
badallarining kelib tushishi hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin. 
Moliyaviy bozordan jalb qilinadigan resurslar aktsiya, obligatsiya va boshqa 
qimmatli qog’ozlarning emissiyasi va sotilishi natijasida va shuningdek, kreditlar 
hisobidan shakllanadi. 
Qayta taqsimlash tartibida olinadigan tushilmalarga sug’urta qoplamalari, 
xoldinglar, assotsiatsiyalar yoki boshqa tarmoq tuzilmalaridan kelib tushadigan 
moliyaviy resurs-lar kiradi. 
Investitsion faoliyatdan resurslar XYSga qimmatli qog’ozlar, boshqa 
XYSlarga hissali ishtirok etishdan va h.k.lardan olinadigan dividendlar va foizlar 
ko’rinishida kelib tushadi. 
Yuqoridagi barcha manbalar hisobidan XYSning xara-jatlari amalga 
oshiriladi. 
XYSning daromadlari va xarajatlari, uning byudjet va byudjetdan tashqari 
davlat maxsus fondlari bilan o’zaro aloqalari choraklarga bo’lingan tarzda tegishli 
yil uchun tuziladigan moliyaviy rejada o’z aksini topadi. Moliyaviy reja XYS 
moliyaviy faoliyatining tashkil qilinishi va uning natijasi hisoblangan foydani aks 
ettiruvchi asosiy hujjat bo’lib xizmat qiladi. 
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mazmuni bir xil tarzda 
ifodalanaverilmaydi. Odatda, foyda deganda XYS, firma, korxonalar va boshqa 
xo’jalik yurituvchi sub’-ektlar ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatining umumlashti-
rilgan tarzda baholovchi ko’rsatkich, daromadning mahsulotni ishlab chiqarish va 
realizatsiya qilish bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajatlar ustidan oshgan qismi 
tushuniladi.
Amaliy faoliyatda esa “foyda”ning barcha tushuncha-larini quyidagi uch 
guruhga bo’lish mumkin: 

realizatsiya qilinadigan tovar (xizmat)lar sotish bahosi bilan ularni ishlab 
chiqarish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan foyda; 

sof aktivlarning yil oxiridagi va yil boshidagi miqdorlarining farqi sifatida 
aniqlanadigan faoliyatning ayrim davriga tegishli bo’lgan foyda (uning 
kapitallashtirilganligi); 

foydani kapitaldan olingan daromad sifatida tushunish. 
Foydaning mazmunini aniqlashga bo’lgan yondoshuvning turlicha 
ekanligidan korxonalar tomonidan taqdim etiladigan hisobot ma’lumotlarining 
standart paketlariga qarab turib, uning miqdori to’g’risida aniq bir fikrni 
aytishning hamma vaqt ham iloji yo’q. 


458 
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYSlar, ko’p hollarda, 
foydaning quyidagi ko’rinishlariga (tushunchalariga) tayanadi: 

asos foyda; 

balans foyda; 

sof foyda yoki sof daromad. 
Asos foyda deyilganda hisobot davrida kutilayotgan foyda tushuniladi. Bu 
ko’rsatkich asos rentabellikni hisoblashda, nomenklatura pozitsiyalari bo’yicha 
miqdor va tannarx aniq ma’lum bo’lmagan paytda keng assortimentli buyumlar 
tayyorlovchi XYSlar, birlashmalar bo’yicha rejalashtirilayotgan yil uchun foyda 
analitik metodda aniqlanayotganda qo’llaniladi. 
Balans foyda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatning barcha 
turlari bo’yicha olingan foydaning umumiy summasidan iborat. 
Sof foyda yoki sof daromad operatsion davr mobaynida olingan tushumdan 
barcha chegirmalar va xarajatlar chiqarilganidan so’ng vujudga keladi. Ma’lum 
bir miqdorda sof foydaning (netto-foydaning) olinishiga erishilsagina tadbirkorlik 
jarayonini amalga oshirish o’zining mazmuniga ega bo’ladi.
Hisobotlarda foyda quyidagi ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin: 

yalpi foyda; 

operatsion foyda; 

sof foyda. 
XYSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari foyda va zararlar 
to’g’risidagi hisobotda o’z aksini topadi. Bu hisobot moliyaviy tahlil uchun zarur 
bo’lgan quyidagi muhim ma’lumotlarni o’zida namoyon etadi: 

mahsulotni sotishdan olingan tushum summasi; 

soliqqa tortilgunga qadar foyda summasi; 

foydadan olinadigan soliq summasi; 

XYSning ixtiyorida qoldiriladigan foyda (sof foyda yoki foyda-netto) 
summasi. 
Foydani tahlil qilish uchun ayrim ko’rsatkichlar yuqoridagi hisobotda 
mavjud bo’lmaganligi uchun ba’zi bir analitik indikatorlar qo’shimcha tarzda 
hisoblanmog’i lozim. Bundan tashqari bu jarayonda XYS faoliyatiga ichki va 
tashqi omillarning hamda soliq omilining ta’sirini alohida-alohida tahlil qilish 
imkoniyatiga ega bo’lish juda zarur. Shuningdek, tahlil uchun qulay shaklda har 
qanday ma’lu-motni operativ ravishda olish ham muhim hisoblanadi. 
Foydani tahlil qilishda uni shakllantirishning turli manbalarini hisobga olish 
kerak. Bu manbalarning ma’lum bir qismi foyda va zararlar to’g’risidagi 
hisobotda ifodalangan, u yerda ular, birinchidan, faoliyatning odatdagi ko’rinishi 


459 
bo’yicha daromadlar va xarajatlar, ikkinchidan esa, boshqa daromadlar va 
xarajatlar sifatida guruhlashtiriladi. 
Faoliyatning odatdagi ko’rinishi bo’yicha daromadlar va xarajatlar quyidagi 
tarzda hisoblanadi: eng avvalo, sotilgan tovarlar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlardan 
(qo’shilgan qiymat solig’i, aksizlar va shularga o’xshash majburiy to’lovlar 
chegirilgan) olingan tushum va ularning tannarxi o’rtasidagi farqdan iborat 
bo’lgan yalpi foyda aniqlanadi. 
Yalpi foydadan tijorat va boshqaruv xarajatlari chegirilsa, sotuvdan olingan 
foyda paydo bo’ladiki, u faoliyatning odatdagi ko’rinishidan foydani 
xarakterlaydi. Undan so’ng boshqa daromadlar va xarajatlarni hisobga olgan 
holda soliqqa tortilguncha foyda hisoblanadi. Odatda, boshqa daromadlar va 
xarajatlar quyidagilardan iborat bo’ladi: 

olinishi lozim bo’lgan foizlar; 

to’lanishi lozim bo’lgan foizlar; 

boshqa tashkilotlarning faoliyatida ishtirok etishdan olingan daromadlar; 

boshqa operatsion daromadlar; 

realizatsiyadan tashqaridagi daromadlar; 

realizatsiyadan tashqaridagi xarajatlar. 
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi hisobot davri davomidagi XYS 
faoliyatining samaradorligini ko’rsatishdan iborat. Buxgalteriya hisobi XYSning 
daro-madlari va xarajatlari, shuningdek, uning sof moliyaviy natijasi – sof foyda 
– to’g’risida ma’lumot olishga imkon beradi. Yuqorida ta’kidlanganidek, soliqqa 
tortilgunga qadar foydaning summasi aniqlanganidan so’ng uning miq-dori 
(summasi) soliq qonunchiligiga muvofiq korrektirovka qilishi va foyda hisobidan 
qoplanadigan soliqlarning summasi chegirilmog’i lozim.
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortil-gunga qadar bo’lgan 
foyda va nihoyat, sof foydani formulada quyidagicha ko’rsatish mumkin: 
𝒀𝑭
𝒌
= 𝑻
𝒓
− 𝑻
𝒕

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin