Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

foyda olish yoki 
XYSning 
boshqa 
maqsadlariga 
erishish 
uchun 
foydalaniladigan 
resurslarning pul qiymati XYSning xarajatlari deyiladi. 
“Xarajatlar” tushunchasi “tannarx” tushunchasiga nisbatan kengroq 
hisoblanadi. Chunki tannarx umumiy xarajatlarning bir qismini (oddiy takror 
ishlab chiqarish xarajatlarini) o’zida aks ettiradi. 
Mahsulot (ish va xizmat) tannarxi mahsulot (ish va xizmat)ni ishlab 
chiqarish (ko’rsatish) jarayonida foyda-laniladigan xomashyo, materiallar, 
yoqilg’i, energiya, asosiy fondlar, mehnat resurslari va ularni ishlab chiqarish 
hamda realizatsiya qilish boshqa xarajatlarining qiymatiy bahosidan iborat. 
Amaliyotda “mahsulotning umumiy tannarxi” va “mahsulot birligining tannarxi” 
tushunchalari mavjud. 
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida (sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, umumiy 
ovqatlanish, qurilish va b.) ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi tarkibiga
xarajat-larni aks ettirish (kiritish)ning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Tannarxga 
kiritiladigan xarajatlarning tarkibi, bir tomondan, hayotga tatbiq etilayotgan soliq 
siyosatiga va ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning ahvoli (holati) va tarkibiy 
tuzilishiga bog’liq. 
XYS faoliyatining shart-sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq ravishda 
xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo’linadi: 

ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar; 

sotishdan tashqari xarajatlar; 
Ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajat-lar tarkibiga, odatda,
quyidagilar kiritiladi: 


452 

mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va etkazib berish, ishlarni bajarish, 
xizmatlarni ko’rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va sotish 
xarajatlari; 

asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, 
ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda 
saqlab turish xarajatlari; 

tabiiy resurslarni o’zlashtirish xarajatlari; 

ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma-lari bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlar; 

majburiy va ixtiyoriy sug’urta xarajatlari; 

ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar. 
Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyida-gicha guruhlanishi 
mumkin: 

moddiy xarajatlar; 

mehnat haqi xarajatlari; 

hisoblangan amortizatsiya summalari; 

boshqa xarajatlar. 
XYS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo’l-gan ishlab chiqarish 
tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi: 

moddiy xarajatlar; 

amortizatsiya ajratmalari; 

mehnatga haq to’lash xarajatlari; 

ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; 

tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishi va boshqa 
xarajatlar; 

kelgusi davr xarajatlari; 

kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari; 

va boshqalar. 
Sotishdan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan 
bog’liq bo’lmaydi. 
Resurslarning 
samarali 
boshqaruvchanligini 
ta’min-lash 
uchun 
mahsulotning tannarxi XYSning alohida olingan bo’linmalari bo’yicha 
hisoblanadi. U o’z ichiga shu bo’linma-ning xarajatlarini olib, ma’lum davr uchun 
XYS xara-jatlarining rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun 
asos bo’ladi. 
XYSning barcha xarajatlarini turli yo’nalishlar bo’yicha (u yoki bu 
klassifikatsiyaning asosida nima qo’yilganligiga bog’liq ravishda) tasniflash 


453 
(klassifikatsiya qilish, turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, xarajatlarning klas-
sifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar bo’yicha tasnif-lashni o’z ichiga oladi: 

ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan; 

iqtisodiy elementlariga ko’ra; 

kalkulyatsiya moddalari bo’yicha; 

mahsulot tannarxiga o’tkazilish usuliga muvofiq; 

davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab; 

va boshqalar. 
Ishlab chiqarish hajmiga nisbatan xarajatlar quyidagi guruhlarga 
klassifikatsiya qilinadi: 

doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar; 

o’zgaruvchan xarajatlar. 
Doimiy (o’zgarmaydigan) xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog’liq 
bo’lmaydi. Bu xarajatlar, hatto XYS ishlamay turgan hollarda ham yoki uning 
tashkil qilinish davrida ham mavjud bo’ladi. Bunday xarajatlarning qato-riga o’z 
asosiy fondlarining amortizatsiyasi, binolarning ijarasi, ma’muriyat va xizmat 
ko’rsatuvchi xodimlarga ish haqi, soliqlarning ayrim ko’rinishlari va boshqalar 
kiradi. 
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan proportsional 
ravishda o’zgaradi. Bunday xarajat-larning tarkibi xomashyo, materiallar, 
butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, texnologik ehtiyojlar uchun 
yoqilg’i va energiya, asosiy ishchilarning ish haqlari va boshqalar bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlardan iborat. 
Bir vaqtning o’zida XYS xarajatlarining doimiy (o’zgarmaydigan) 
xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’linishi shartli xarakterga ega. Buning 
sababi shundaki, uzoq vaqt davomida XYSning barcha xarajatlari o’zgaradi. 
Shuning uchun ham ular ko’p hollarda shartli-doimiy (shartli-o’zgarmaydigan) va 
shartli-o’zgaruvchan 
xarajatlar deb yuriti-ladi. Xarajatlarning bunday 
bo’linishidan zarar (ziyon)sizlik tahlil qilinganda, ishlab chiqariladigan 
mahsulotning tarkibiy tuzilmasini optimallashtirishda va moliyaviy 
rejalashtirishni amalga oshirish (o’tkazish)da foydala-niladi. Doimiy 
(o’zgarmaydigan) xarajatlar va o’zgaruvchan xarajatlarning yig’indisi mahsulotni 
ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining umumiy summasini tashkil 
etadi. 
Iqtisodiy elementlariga ko’ra xarajatlarni quyidagi guruhlarga bo’lish 
mumkin: 
a.
moddiy xarajatlar: 

xomashyo va materiallar; 

sotib olingan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar; 


454 

yoqilg’i; 

texnologik maqsadlar uchun elektroenergiya; 

va boshqalar. 
b.
mehnat haqi xarajatlari; 
c.
tasdiqlangan yagon ijtimoiy soliq stavkasiga muvo-fiq ravishda ish haqi 
fondiga hisoblashlar; 
d.
asosiy vositalarning amortizatsiyasi; 
e.
boshqa xarajatlar: 

ijara haqi; 

majburiy sug’urta to’lovlari; 

tannarx tarkibiga kiritiladigan soliqlar; 

va boshqalar. 
Iqtisodiy elementlar xarajatlarning bir xil ko’ri-nishlari bo’lib, ular 
mahsulotni ishlab chiqarish va rea-lizatsiya qilishda aniq bir rolni o’ynaydi. 
Xarajatlarning iqtisodiy elementlarga bo’linishidan mahsulot barcha hajmini 
ishlab chiqarish xarajatlarining smetasini tuzish-da foydalaniladi. Tannarxning 
elementli tarkibiy tuzilmasi xarajatlar u yoki bu ko’rinishi salmog’iga bog’liq 
ravishda sanoatning tarmoqlari bo’yicha farqlanadi. Agar moddiy (material) 
sig’imli tarmoqlarda mahsulot tannar-xining tarkibida moddiy xarajatlar hal 
qiluvchi o’rinni egallasa, mehnat sig’imli tarmoqlarda esa asosiy hissa mehnat 
haqiga to’g’ri keladi. Energiya sig’imli tarmoqlar ham mavjud bo’lib, ularning 
tannarxida energetika resurs-larining xarajat-lari (rangli metallurgiya, ximiya 
sanoati, engil metallarni ishlab chiqarish) katta salmoqni egal-laydi. O‘z 
navbatida, fond sig’imli tarmoqlarda katta salmoq asosiy fondlarning 
amortizatsiyasi va ularni saqlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga to’g’ri keladi. 
Kalkulyatsiya moddalari bo’yicha xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 

xomashyo va materiallar;

qaytariluvchi chiqindilar; 

texnologik maqsadlar uchun yoqilg’i va energiya; 

asosiy ishlab chiqarish ishchilarining asosiy va qo’shimcha ish haqlari; 

yagona ijtimoiy soliqqa hisoblashlar; 

mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari; 

umumishlab chiqarish xarajatlari; 

umumxo’jalik xarajatlari; 

boshqa ishlab chiqarish xarajatlari; 

tijorat xarajatlari. 
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo’yicha (klas-sifikatsiya qilinishi) 
mahsulotlarning alohida turlari bo’yicha uning o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarini 


455 
hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu belgiga ko’ra XYSlarning xarajatlari 
ikkiga bo’linadi: 

to’g’ri (bevosita) xarajatlar;

egri (bilvosita) xarajatlar. 
To’g’ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini ishlab chiqarish 
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kiradi. Ular shu mahsulotning tannarxiga bevosita 
kiri-tiladi. Masalan, xomashyo, asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim 
tayyor mahsulotlar va mahsulotning ma’lum bir turi bo’yicha butlovchi buyumlar 
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri 
(bilvosita) xarajatlar butun XYSda ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish 
yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’ladi. 
Masalan, binolar va dastgohlarni saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv 
apparatiga tegishli bo’lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular jumlasidandir. 
Bu xarajatlar konkret turdagi buyumlarning tannarxiga qanday-dir bir shartli 
asosga ko’ra proportsional ravishda, ko’p hollarda, to’g’ri (bevosita) xarajatlarga 
nisbatan to’g’ri proportsional ravishda kiritiladi. 
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab xarajatlar ikkiga 
bo’linadi: 

norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlar; 

norma (me’yor)lashtirilmaydigan xarajatlar. 
Xarajatlarning bunday bo’linishi, odatda, soliqqa tortish sohasida tegishli 
qaror qabul qilinayotgan paytda qo’llaniladi. Norma (me’yor)lashtiriladigan 
xarajatlarga soliqqa tortiladigan foydani hisoblash maqsadida o’rna-tilgan 
(belgilangan) norma (me’yor)lar doirasidagi xara-jatlar kiradi. 
Chiqimlarni kamaytirish XYS ishi samaradorligini oshirishning eng muhim 
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda, chiqimlarni kamaytirishning quyidagi 
asosiy yo’l-lari ajratilib ko’rsatiladi: 

resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalarni qo’llash; 

mehnat unumdorligini oshirish; 

ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish sifatini yaxshilash; 

kadrlarning malakaviy darajasini oshirish; 

XYS taraqqiyotining strategik maqsadlarini asoslash va qabul qilingan 
strategiyani aniq ijro etish; 

XYSni boshqarish texnikasi va texnologiyasini tako-millashtirish, qabul 
qilingan boshqaruv qarorlarining asoslanganligini ta’minlash; 

xomashyo va material xarajatlarining salmog’ini pasaytirish, ta’minlovchi 
xizmatlarning uzluksiz ishlashiga erishish; 


456 

marketing 
xizmatining 
samarali 
ishlashi, 
XYSning 
marketing 
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish; 

XYSdagi 
yo’qotmalarning 
barcha 
ko’rinishlarini 
qisqar-tirish, 
chiqindilar, 
ikkilamchi 
materiallar 
va 
energeresurslardan, 
yo’lovchi 
mahsulotlardan va h.k.lardan foydalanish. 
XYS xarajatlarini tahlil qilish uchun asos bo’lib byudjet tuzish (smetalarni 
ishlab chiqish, xarajatlarni rejalashtirish va farqlanishni nazorat qilish) xizmat 
qiladi. Bu xarajatlarni qisqartirishdagi uzilishlarni amalga oshirish bo’yicha XYS 
turli bo’linmalarining hara-katini aniqlashga imkon beradi, bu ishning istiqbolli 
yo’nalishlarini aniqlaydi. 
Moddiy xarajatlar (FIFO, LIFO, qiymatning o’rtacha tor-tiluvchanligiga 
ko’ra baholash), mehnat xarajatlari, amortizatsiya ajratmalari va ularning boshqa 
ko’rinishlarini hisoblash metodikasi tahlil jarayonida muhim tarkibiy qism 
sifatida maydonga chiqadi. 
XYS xarajatlarini samarali boshqarish uchun zarur bo’ladigan yuqorida 
bayon etilgan tarkibiy qismlardan (rejalashtirish, hisob-kitob metodlari, 
byudjetlashtirish, tahlil) tashqari yana boshqaruv hisobini ham ta’kidlab o’tish 
kerakki, uni yo’lga qo’ymasdan turib, xarajatlarni samarali boshqarishning iloji 
yo’q. Boshqaruv hisobi xarajatlarning doimiy (o’zgarmaydigan) va o’zgaruvchan 
xarajatlarga bo’linishiga, XYSning xo’jalik yuritish sharoitlariga bog’liq ravishda 
ularning xususiyatlariga asoslanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish XYSning mol yetkazib 
beruvchilar 
bilan 
munosabatlarini 
rivojlantirish 
va 
optimallashtirish 
(oqilonalashtirish) bo’yicha rejali ishiga, mehnat, moddiy va moliyaviy 
resurslardan oqilona foydalanishiga, iste’molchilarning talablariga va ilmiy-
texnika taraqqiyoti yutuqlariga javob beradigan harakatchan ishlab chiqarishni 
yaratishiga bog’liq. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin