449
joriy zaxira;
sug’urta zaxirasi.
Transport zaxirasi yukning yo’ldagi kunlari va shu yuk uchun hujjatlarni
to’lash va ularning harakatlanish kunlari sonini o’z ichiga oladi.
Tayyorlov
zaxirasi qabul qilishni rasmiylashtirish, navlarga ajratish, ortish-tushirish, kom-
plektatsiya qilish, moddiy resurslarni maxsus qayta tiklash va h.k.lar bog’liq. Bu
zaxira norma yoki haqiqatda sarflangan vaqt asosida o’lchanadi. Texnologik
zaxira ishlab chiqarish texnologiyasiga bog’liq va texnologik normalar asosida
hisoblanadi.
Asos sifatida joriy maksimal ombor
zaxirasi oli-nadi, chunki u materiallarni
navbatdagi ikki etkazib berish intervali o’rtasida ishlab chiqarish jarayonining
uzluksiz-ligini ta’minlaydi. Maksimal joriy zaxira materiallarga bo’lgan o’rtacha
kunlik ehtiyoj va navbatdagi ikki mol etkazib berish intervali o’rtasidagi
uzunlikning (davomiylikning) ko’paytmasiga teng. Mehnat unumdorligi va ishlab
chiqarish hajmining o’sishi joriy ombor zaxirasining oshirilishini talab qiladi.
Shuningdek, maksimal joriy zaxira ishlab chiqarishning
bir maromdaligini
(ritmligini) ta’minlash uchun har doim biroz o’zgartirilishi kerak. Sug’urta
zaxirasi rezerv sifatida, odatda, joriy ombor zaxirasining 50%
doirasida qabul
qilinadi.
Shunday qilib, zaxiraning kunlardagi normasi tran-sport zaxirasi, tayyorlov
zaxirasi, texnologik zaxira, joriy ombor zaxirasi va sug’urta
zaxiralarining
summasiga teng bo’lgan summalar yig’indisidan iborat.
Tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha aylanma mablag’-larni norma
(me’yor)lashtirish buyumlarning guruhlari bo’yicha
amalga oshiriladi va u
quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
𝑵 = 𝑿
𝟎
∗ 𝑼 ∗ 𝑲
Dostları ilə paylaş: