547
davlatlarni ko’rsatish mumkin. Lekin bu holat valyutalarning almashinish sharti
bilan rejimi o’rtasidagi aloqadorlikni inkor etish uchun etarli emas.
Qat’iy belgilangan kurs rejimida mamlakatning milliy valyuta kursi xorijiy
valyutaga nisbatan ma’lum nisbatda o’rnatiladi
va Markaziy bank kursning
belgilangan nisbati uchun javob beradi. Ammo qat’iy belgilangan valyuta kurslari
valyuta operatsiyalarini keng ko’lamda rivojlanishiga to’sqinlik qiladi, lekin
uning iqtisodiyotga ijobiy jihatlari ham bor. Ana shunday ijobiy jihatlaridan biri
shundaki, qat’iy belgilangan kurs rejimida
valyuta riski muammosi
chuqurlashmaydi.
70-yilning o’rtalaridan boshlab markaziy banklarning kurs siyosatida
o’zgarishlar paydo bo’ldi. Rasman erkin suzish
rejimini tan olgan markaziy
banklar (Avstriya, Italiya markaziy banklari va boshqalar) valyuta kursiga ta’sir
qilish uchun valyuta interventsiyasini tez-tez amalga oshira boshladilar. Bu holat
XVF ekspertlari tomonidan “boshqariladigan suzish” degan nomni oldi.
Dostları ilə paylaş: