Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

Valyuta konvertatsiyasi
bu milliy 
valyutaning xorijiy valyutaga erkin ayirboshlanish, xorijiy mahsulot va 
xizmatlarni to’lash qobiliyatidir.
Valyutalar konvertatsiya darajasiga qarab, asosan 3 turga bo’linadi: 
1. Erkin konvertatsiya qilinadigan; 
2. Qisman konvertatsiya qilinadigan; 
3. Konvertatsiya qilinmaydigan. 
Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalar
ga milliy iqtisodiyoti 
mustahkam, iqtisodiy o’sish imkoniyatiga ega bo’lgan, milliy valyutasiga chet 
ellik hamkorlar ishonadigan, odatda sanoati rivojlangan mamlakatlar ega 
bo’ladilar. O‘zining milliy valyutasining erkin konvertatsiyasini ta’minlash 
maqsadida davlatlar ichki bozorda mahsulotlar va xizmatlarning jahon bozoridagi 
narxlarini shakllantirigan va unga ta’sir ko’rsatmagan holda erkin tashqi savdo 
rejimini tashkil etishlari zarur bo’ladi. Buning uchun esa, mamlakat Markaziy 
banki valyuta ayirboshlash operatsiyalarini tartibga solish, xorijiy valyutani olib 
kelish va chiqib ketish bo’yicha ma’muriy cheklovlarni joriy etmasdan, o’zida 
etarlicha oltin-valyuta zaxirasiga ega bo’lishi talab etiladi. Mamlakatlar 
tomonidan milliy valyutaning boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan to’liq 
konvertatsiyasiga rasmiy ravishda (ya’ni, amalda esa boshqacha bo’lgani holda) 
erishish mamlakat uchun katta miqdorda iqtisodiy zarar keltirishi mumkin.
Erkin konvertatsiya qilinadigan valyutalarning ma’lum bir qismi zaxira 
valyutalar hisoblanadi. 
Zaxira valyutalar
boshqa mamlakatlar markaziy banklari 
tomonidan saqlanadigan va xalqaro hisob-kitoblar uchun zaxira vositasi 
hisoblangan valyutalardir. Bugungi kunda, zaxira valyutalar sifatida AQSh 
dollari, funt sterling, evro, Yaponiya yenasi, Shveytsariya franki qayd etilmoqda.
Konvertatsiya qilinmaydigan
valyutalar boshqa mamlakatlar valyutalariga 
ayirboshlanmaydi. Ular faqat mamlakat ichida milliy pul birligi sifatida 
foydalaniladi.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin