Davlatiy moliya


notijorat tashkilotlarining soni



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

notijorat tashkilotlarining soni
. 2000-yillar boshlarida Yevropa 
mamlakatlarida har 1000 kishiga 4ta noti-jorat tashkiloti to’g’ri kelgan edi. 
Finlyandiya shu ma’noda rekordchi hisoblanib, bu yerda har 1000 kishiga 21 
tadan to’g’ri keluvchi notijorat tashkilotlari mavjud bo’lgan. Bu ko’rsatkichning 
darajasi Rossiyada 3,3ga teng edi; 

notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi

Bu tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi. 
Hozirgi paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada 
– 1%dan boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat 
ko’rsatishi iqtisodiyotning boshqa sektor-larida faol ravishda qo’shimcha ish 
o’rinlarining yarati-lishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va 
xizmatlarni sotib oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa 
tadbirkorlik faoliyatining faolla-shuviga olib keladi; 

notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. 2000-yillar boshida bu 
ko’rsatkich yalpi milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etgan (Vengriyada 
– 1,2%, AQShda – 6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga teng bo’lgan. 
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la borib, 
bu yerda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to’planmoqda va u 
zamo-naviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib 
bormoqda. 
Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususi-yatlari quyidagilardan 
iborat: 

faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga erishishga 
yo’naltirilganligi; 

e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita 
sifatida foydalanish; 

bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoli-yatning ijtimoiy 
samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy man-balari quyidagi besh
asosiy guruhdan tashkil topadi: 

byudjet mablag’lari; 

tijorat faoliyati:

tovar, ish va xizmatlarni sotishdan olingan tushum;

aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar 
bo’yicha olinadigan daromadlar

notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashki-lotlarining yordami 
asosida tuzilgan xo’jalik jamiyat-larining faoliyatidan olinadigan daromadlar; 


60 

tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik yordamlari; 

ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi 
mumkin bo’lgan tushilmalar; 

qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, ko’ngillilarning 
mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, 
auktsionlar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan 
kelgan tushilmalar. 
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish manbalarining 
tarkibiy tuzilmasi turli-chadir. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda xususiy 
xayriyalarning miqdori keyingi yillarda 1%dan (Yaponiyada) 20%gacha 
(AQShda) oraliqda bo’lgan va o’rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat 
ajratmalarining salmog’i esa 26% dan (Germaniya) 71% gacha bo’lib, uning 
o’rtacha darajasi 48% ga teng bo’lgan. Notijorat tashkilotlarining o’zlari 
tomonidan ishlab topilgan mablag’larning salmog’I 23% dan (Vengriya) 
71%gacha tebranib, uning o’rtacha darajasi 41% atrofida edi. 
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning shakllari, ularning 
davlat va mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorligi har bir mamlakatning 
tegishli qonunlari yordamida amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan 
qo’llab-quvvatlash bevosita va bilvosita shakl-larda amalga oshirilishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo’l-lab-quvvatlashning uch 
asosiy shakli mavjud: 

to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; 

hamkorlikda moliyalashtirish; 

davlat ijtimoiy buyurtmasi. 
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shakli-dan ham, ya’ni notijorat 
tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari va 
boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda 
tez-tez foydalaniladi. Bilvosita moliyalash-tirishning asosiy ko’rinishlari 
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 

soliq xarakteriga ega bo’lmagan imtiyozlar

soliqlardan imtiyozlar; 

boshqa imtiyozlar. 
Soliq to’lashda imtiyoz berish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar; 

homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. 
Boshqa imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda namoyon bo’ladi: 

notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, yer 
maydonlarini ajratish; 


61 

litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish; 

aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli tariflardan 
foydalanish; 

va boshqalar. 
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar 
ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, 
xarajatlarning yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin