2-rasm.
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va
Davlat moliyasi va mahalliy
moliya
Moliyaviy tizim
Xo’jalik yurituvchi subyektlar
moliyasi
Tijorat korxonalari va
tashkilotlari moliyasi
Moliyaviy vositachilar
moliyasi
Notijorat tashkilotlar
moliyasi
Davlat byudjeti
Byudjetdan tashqari davlat
maqsadli fondlari
Davlat krediti
55
bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan
foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan,
korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni
korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar
davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va
aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida
bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi:
respublika byudjeti;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar.
O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga
bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning
byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar
byudjetlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharning
byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan
iborat. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti
tuman byudjetidan va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o’z oldida turgan
quyidagi muammolarni hal etishi kerak:
daromadlar asosini mustahkamlash;
byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo’lishini ta’minlash;
modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish
negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish
xarajatlariga ustuvorlik berish;
soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’lish tartibini qayta ko’rib
chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish;
byudjet defitsiti darajasini kamaytirish;
byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-millashtirish;
G’aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan
samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k..
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari oldindan belgilangan ma’lum
muddat-larda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Bu
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul
qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan
belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, ishsizlikni
kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni
56
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan
foydalanish davlat tomonidan o’ziga xos bo’lgan shakllar va metodlar yordamida
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat
moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida ajratilishi
maqsadga muvofiqdir.
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo’lish
mumkin:
ijtimoiy mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maxsus fondlari;
tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maxsus fondlari.
Ayrim hollarda hududiy yo’naltirilgan(mo’ljallangan) davlat maqsadli
fondlari tashkil qilinishi mumkin.
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy
moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida quyidagilardan iborat bo’lishi
mumkin:
Respublika yo’l fondi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni
qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i;
ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi;
O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag’larning
to’planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu
mablag’lardan samarasiz foyda-lanishga va su’istemol qilish holatlarining sodir
etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga
jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga
jamlangan fondlarning maqsadli yo’nalishi o’zgartirilmasdan saqlanib qolishi
ta’minlanishi lozim.
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya”
sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi davlatning
markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha moliya-kredit
munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat,
yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida
shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi.
Davlat kreditida mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi
miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari,
ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant
(kafil) bo’lganda, ancha torroq bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor
57
iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va
to’lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin.
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat
o’z daromadlari bazasini kengay-tirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori
sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida
rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro
bog’liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy
moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda
hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham
o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim.
Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil
sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi
korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana
shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda
davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib,
barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini
shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi
to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat
kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini
moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin.
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat
korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat
tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi
xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik
qilish, o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq
ravishda o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat
korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda
moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning umumiy
moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli bilan belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’zlarining faoliyatlarini tijoriy
hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o’z
daro-madlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va
ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi.
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni
sotishdan olingan tushumni ularning o’zi mustaqil ravishda taqsimlaydi,
o’zlarining ixtiyoriga ko’ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy
fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank
58
kreditlari, obliga-tsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan
foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larni qidirib
topadilar.
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo’lib, shu bilan
birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati
ham keskin oshi-rilgan.
Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab tuzilmadan
iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uning tarkibida
foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa
sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga
yo’naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda
katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan
notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilot-larining
yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni
demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining rivojlanishi va ikkinchi tomondan,
bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz
uchun xarakterlidir) bilan bog’liq.
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi.
Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv,
sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va
ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat
tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil bo’lganligi uchun bu
sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir
guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum
toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi
23
,
odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi
24
.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-
biridan farq qiladi. Biroq, qator miqdoriy ko’rsatkichlarning tahlili bu sektorning
23
O‘tgan asr 90-yillarining boshida amerikalik oilalarning 70%dan ortiqrog’i har yili xayr-ehson maqsadlariga xayriya
qilganlar va ularning bu badallari o’rtacha ular yillik daromadlarining 2% dan ko’prog’ini tashkil etgan. Buyuk Britaniya
aholisi esa har yili xayr-ehson tashkilotlariga qariyb 4,5 mlrd. funt sterlingni berishadiki, o’rtacha xayr-ehson badali uy
xo’jaligi daromadining 0,7%iga tengdir. (Qarang: Финансы, налоги и кредит. Учебник. Изд. 2-е, доп. и перераб. /Под ред.
д.э.н., проф. И.Д.Мацкуляка. – М.: Изд-во РАГС, 2007. с.183).
24
AQSh katta yoshdagi aholisining taxminan 54% ixtiyoriy ishlarga haftasiga 4 soatni, Buyuk Britaniyada aholining 30%
ixtiyoriy xizmatlarga haftasiga 1,1 soatni, Kanadada katta yoshdagi aholining 27% shunday ishlarga haftasiga 3,7 soatni sarf
qilishadi. (Qarang: o’sha erda).
59
taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi
ko’rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |