Davlatiy moliya


“Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi”



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

“Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo Renessansi” 
mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya
 
bo’lib o’tdi. Mazkur anjuman Markaziy 
Osiyodan etishib chiqqan olim va mutafakkirlarning tarixiy merosini chuqur 
tadqiq etish ishiga xizmat qiladi.
Yurtimizdan etishib chiqqan islom olami mutafakkirlari asarlarini, ularning 
jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo’shgan bebaho hissasini chuqur o’rganish, 
dunyoning barcha xalqlariga islom dinining haqiqiy mohiyatini etkazish uchun 
Samarqanddagi Imom Buxoriy yodgorlik majmui qoshida Imom Buxoriy xalqaro 
ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi.
2017-yil 24-mayda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy 
yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
18
gi qarori qabul qilindi.
2018-yil 16-aprelda imzolangan “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
19
gi Farmoniga muvofiq Toshkent 
islom univer-siteti negizida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tashkil etildi. 
Mazkur Farmonda “islom va jahon tsivilizatsiya-siga bebaho hissa qo’shgan 
ajdodlarimizning boy madaniy mero-sini chuqur o’rganish asosida yoshlarning 
ongu tafakku-rini shakllantirish” diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan 
takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilab berildi. 
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi: “Qur’on ilmlari, hadis, islom huquqi, 
aqida, tasavvuf
islom iqtisodiyoti va moliyasi, (ta’kid bizniki),
xalqaro 
munosabatlar
 
xorijiy tillar (arab, fors, ingliz, rus, urdu, turk va b.) va boshqa 
18
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ’ib qilish tizimini yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2017-yil 24-mayda imzolangan Qarori. 
19
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 2018-yil 16-aprelda imzolangan PF-5416-sonli Farmoni. 


52 
xalqaro miqyosda ehtiyoj mavjud bo’lgan sohalar bo’yicha malakali kadrlarni 
tayyorlashga, o’rta maxsus, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka 
oshirish bosqichlarida uzluksiz ta’limning yaxlit tizimini tashkil etishga va ilmiy 
merosni chuqur tadqiq qilish va asrab-avaylashga, diniy va dunyoviy bilim 
berishga ixtisoslashgan yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi 
hisoblanishi” ham qayd etildi.
2017-yil fevralda mamlakatimiz Prezidenti mazkur masala sohasidagi o’ta 
muhim hujjatga qo’l qo’ydi
20
, unga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy 
tadqiqot markazi tashkil etildi. 
Imom Termiziy xalqaro markazining asosiy vazi-falari ichida ajdodlarimiz 
merosini o’rganishga ham alohida e’tibor qaratilgan: 

islom dinining, Qur’oni karim va hadis ilmining asl mohiyatini, 
hadisshunoslik maktabining ilmiy-ma’naviy asoslarini, Imom Termiziy hamda 
termiziy allomalar, yurtimizdan etishib chiqqan mutafakkir zotlar merosini har 
tomonlama chuqur o’rganish va keng targ’ib etish; 

yuksak insoniy g’oyalar va muqaddas qadriyatlarimizni o’zida ifoda etgan 
manbalarni tizimli asosda tadqiq etish, ulardan diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy 
tarbiya ishlarida foydalanish maqsadida zarur darsliklar va o’quv qo’llanmalari, 
ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlash yuzasidan doimiy ish olib 
borish. 
2017-yilda bu borada yana o’ta ulkan qadam tashlandi. Ya’ni O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq
21
Vazirlar Mahkamasi huzurida 
O‘zbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazi tashkil etildi. Mazkur Markaz 
zimmasiga juda katta vazifalar yuklangan, jumladan: 
- islom dini rivojiga ulkan hissa qo’shgan buyuk vatandoshlarimiz — Imom 
Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturudiy, Abu Muin 
Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Najmiddin Kubro, 
Burhoniddin Marg’inoniy, Bahouddin Naqshband, Xo’ja Ahror Valiy kabi 
allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur tadqiq etish, ularning ilmiy-
ma’naviy jasorati, ulug’ insoniy fazilatlarini keng targ’ib qilish; 
- jahon ilm-fani tarixida o’chmas iz qoldirgan Muhammad Xorazmiy, 
Ahmad Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, 
Mahmud Zamahshariy, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi kabi olim va mutafakkirlar 
merosining tarixiy va zamonaviy tsivilizatsiya taraqqiyotidagi o’rni va 
ahamiyatini, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Kamoliddin Behzod, 
Mahmud Muzahhib singari mumtoz adabiyot va san’at namoyandalari ijodining 
insonparvarlik mohiyatini chuqur ochib berish. 
20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazini tashkil 
etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2774-son qarori

21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi “Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom 
tsivilizatsiyasi markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3080-son qarori. 


53 
Bunday sa’y-harakatlar buyuk mutafakkirlarimiz ilmiy-ijodiy merosini 
chuqur tadqiq etish, jumladan, ular-ning moliya fanining shallanishi va 
rivojlanishi jarayon-lariga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganishga xizmat qilishi 
shubhasiz. Mazkur tadbirlarning eng muhim ahamiyati shunda-ki, ular islom 
iqtisodiyoti va moliyasini o’rganish bugun mamlakatimizda davlat darajasidagi 
muhim vazifalar qatoriga kiritilganligidan dalolat berishyapti.
Lekin bu uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, uni hal etish bugun fan 
olamiga kirib kelayotgan yosh vatandoshlari-miz zimmasiga tushadi. Yoshlarimiz 
ajdodlarimizning buyuk merosini o’rganish va shu yo’l bilan tarixiy adolatni 
tiklash ishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shishadi, deb umid qilamiz.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin