Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

korxonalar moliyasi
yoki 
korporativ moliya
deb ataladi.
Tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun har qanday firma, hajmi 
(o‘lchami)dan qat’iy nazar kapital
25
ga ega bo‘lishi kerak. Bino, inshoot, mashina 
uskunalari va ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan boshqa zarur resurslar 
firmaning 
jismoniy kapitali
hisoblanadi. Firmalarga jismoniy kapitalni sotib 
olishni moliyalashtirish imkonini beruvchi aksiyalar, obligatsiyalar va kreditlar 
moliyaviy kapital
deyiladi. Bularni chizmali ko‘rinishda quyidagicha aks ettirsa 
bo‘ladi: 

4-rasm.
Kapitalning eng umumiy tarkibiy tuzilmasi 
Birinchi gal (navbat)da har qanday firma aynan qanday biznes bilan 
shug‘ullanishini belgilab olishi kerak va bu jarayon 
strategik rejalashtirish
deb 
ataladi. Strategik rejalashtirish vaqt omilini inobatga olgan holda xarajat va 
daromadni baholash bilan bog‘liq ekan, ko‘p jihatdan, uni moliyaviy qarorga 
kiritish mumkin.
Ko‘pincha, firma o‘zining mahsulot liniyasi (yo‘nalishi)dan kelib chiqqan 
holda asosiy yo‘nalishga ega bo‘ladi va shu bilan bir qatorda birinchisi bilan 
o‘zaro bog‘liq boshqa faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, kompyuter 
ishlab chiqaradigan firma o‘z faoliyatining ma’lum bosqichida kompyuterlarga 
25
Ona tilimizga “kapital” so‘zi nemischa “kapital” va lotincha “capitalis” so‘zlaridan kirib kelgan bo‘lib, so‘zma-so‘z “bosh”, 
yoki “asosiy” deb tarjima qilinsa-da, iqtisodiy nuqtai-nazardan, eng oddiy tarzda, quyidagi ma’nolarda ishlatilishi mumkin: a) 
o‘zini o‘zi ko‘paytirish uchun foydalaniladigan, o‘z egasiga foyda, daromad keltiradigan boylik (qimmatli qog‘ozlar, pul 
mablag‘lari, moddiy mol-mulk va sh.k); b) katta mablag‘, ko‘p pul, boylik; v) kimgadir katta boylik, qadriyat hisoblangan, 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ahamiyatga molik narsa. Qarang: o‘sha manba. J.II. –B. 316.,
Kapital 
Jismoniy kapital 
Moliyaviy kapital 
Bino, inshoot, mashina uskunalari 
va ishlab chiqarish jarayonida 
ishlatiladigan boshqa zarur 
resurslar 
Jismoniy kapitalni sotib olishni 
moliyalashtirish imkonini beruvchi 
aksiyalar, obligatsiyalar, kreditlar 


68 
xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan ham shug‘ullanishga ahd qilishi mumkin.
Vaqt o‘tishi bilan korxonaning strategik maqsadlari o‘zgarishi, o‘zgarganda 
ham keskin o‘zgarishi mumkin. Ba’zi korxonalar bir vaqtning o‘zida biznesning 
bir-biri bilan mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sohalarida ishlashi uchrab turadigan hol. 
Bundan tashqari, shunaqasi ham bo‘ladiki, firma o‘zining dastlabki faoliyati bilan 
umuman shug‘ullanmay qo‘yadi, natijada firmaning nomi uning bugungi 
vazifalari va maqsadlariga mutlaqo mos kelmay qoladi.
Masalan, 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin