69
Firmalar turli-tuman moliyaviy instrumentlarni muomalaga chiqa-rishi
mumkin. Bu tashkillashtirilgan bozorlarda savdo (sotuv)ga chiqari-ladigan
standartlashtirilgan qimmatli qog‘ozlar – oddiy va imtiyozli aksiyalar,
obligatsiyalar va konvertatsiya qilinadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, korxonaga qo‘yilgan bozordan tashqari (nobozoriy)
moliyaviy
talablar, ya’ni bank ssudalari, xodimlar uchun opsionlar, ijara shartnomalari va
pensiya ta’minoti bo‘yicha majburiyatlar ham savdo (sotuv)ga qo‘yilishi mumkin.
Korxona kapitali tuzilmasi kapitalning ma’lum qismi egala-ridan har biri
korxona daromadining qancha qismini olishini belgilab beradi. Masalan,
obligatsiya egalari, odatda, belgilangan (qat’iy) to‘lovlar olib turadi,
aksiyadorlarga esa daromadga da’vogarlarning barchasi o‘z ulushini olgandan
keyin qolgan mablag‘ to‘lanadi. Korxona ishining
qanday nazorat qilinishi
qisman kapital tuzilmasiga bog‘liq. Odatda, aksiyadorlar firmani direktorlar
kengashiga o‘z vakillarini saylash huquqidan foyda-langan holda boshqaradilar,
obligatsiyalar chiqarish va korxonaning boshqa kredit kelishuvlariga kirishi, ko‘p
hollarda, undan ma’lum shartlarni bajarishni taqozo etadi,
Dostları ilə paylaş: