2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning vazifalari
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning oliy hokimiyat va
boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida
moliyaviy boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi
mumkin:
1.
Prezident;
–
Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq
va bank masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
100
–
Vazirlar Mahkamasi;
–
Hisob palatasi;
–
Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;
–
Markaziy bank;
–
Davlat soliq qo’mitasi;
–
Davlat bojxona qo’mitasi;
–
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
–
Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari
–
va boshqalar.
Mamlakat Prezidenti moliyaviy tizimning faoliyatini tartibga soladi,
mamlakat byudjetini tasdiqlaydi, Parlament tomonidan qabul qilingan moliyaviy
qonunlarga “veto” qo’yish huquqiga ega.
Ikki palatadan (Senat va Qonunchilik) iborat bo’lgan Oliy majlis soliqlar,
yig’imlar, soliq xarakteriga ega bo’lmagan to’lovlarni o’rnatadi, davlat byudjetini
ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, davlat byudjetining ijrosi to’g’risidagi
hisobotni ham tasdiqlaydi, moliyaviy qonunlarni (masalan, Soliq kodeksi va
boshqalar) qabul qiladi. Bir vaqtning o’zida davlat ichki va tashqi qarzining
chegaralarini belgilash ham Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning umumiy boshqaruv organi sifatida Vazirlar
Mahkamasi davlat byudjetini ko’rib chiqadi, moliyaviy boshqaruvning yagona
umumiy markazi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Davlat moliyaviy nazorat organi sifatida Hisob palatasi moliyaviy
boshqaruvga oid quyidagi vazifalarni bajaradi:
–
hajmi va maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha davlat byudjeti va davlat
maxsus fondlari daromadlar va xarajatlarining o’z vaqtida ijro etilishi ustidan
nazoratni tashkil qilish va amalga oshirish;
–
davlat mablag’larining sarflanish va davlat mulkidan foydalanishning
maqsadga muvofiqligi va samaradorligini aniqlash;
–
davlat byudjeti va davlat maxsus fondlarini shakl-lantirish va ulardan
foydalanishga ta’sir ko’rsatadigan yoki xarajatlarning davlat byudjeti hisobidan
qoplanishini ko’zda tutayotgan davlat hokimiyatining qonunlari va normativ-
huquqiy aktlarini moliyaviy ekspertiza qilish;
–
davlat byudjetining ijrosi va amalga oshirilayotgan nazorat tadbirlarining
natijalari to’g’risida Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga doimiy
ravishda ma’lumotlarni taqdim etish.
Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning
joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliya, byudjet,
soliq va valyuta siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi. Moliya
vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
101
–
yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
–
davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
–
byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining oqilona va
maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
–
davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;
–
mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli
takliflarni ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
–
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini
ta’minlash uchun moliyaviy resurslarni to’plash;
–
davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni
tayyorlash;
–
davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning
ichki va tashqi qarzlarini boshqarish;
–
uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat
taraqqiyotining ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
–
iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta
qurish, mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni
bajaruvchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-
tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda qatnashish;
–
mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi
hisob-kitoblar va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab
chiqishda ishtirok etish;
–
faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga
yo’naltirilgan choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat
Taraqqiyot byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishda qatnashish;
–
moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida
metodik (uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
–
mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot
vazirligi bilan birgalikda) faol ishtirok etish;
–
moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki umuman
to’xtatib qo’yish.
Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va
boshqarmalar bo’lishi mumkin:
–
davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
–
valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
–
hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
–
agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
–
ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
102
–
nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
–
investitsiyalar boshqarmasi;
–
iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx
orqali tartibga solish boshqarmasi;
–
boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
–
soliq siyosati boshqarmasi;
–
buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
–
qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
–
moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
–
sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi
boshqarmasi;
–
mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni
moliyalashtirish boshqarmasi.
Moliya vazirligining muhim bo’linmasi G’aznachilik
31
tizimi bo’lib, u davlat
byudjetining kassa ijrosini ta’minlashga mas’uldir. Moliyaviy boshqaruvga
bevosita daxldor bo’lgan G’aznachilik tizimining asosiy vazifalari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
–
mamlakat byudjetining ijrosini tashkil qilish, amalga oshirish va nazorat
qilish;
–
kassaning yagonaligi prinsipidan kelib chiqib, G’aznachilikning bankdagi
hisobvaraqlarida bo’lgan byudjet daromadlari va xarajatlarini boshqarish;
–
davlat maxsus fondlarining moliyaviy ijrosini ta’-minlash;
–
davlat moliyaviy resurslarining hajmlarini qisqa muddatli bashoratlash va
ularni operativ boshqarish;
–
Markaziy bank bilan birgalikda davlatning ichki va tashqi qarzlarini
boshqarish;
–
byudjet bo’yicha hukumatning moliyaviy operatsiyalari to’g’risida va
shuningdek, mamlakat byudjet tizimining ahvoli to’g’risida qonunchilik va
ijroiya organlariga hisobot taqdim etish.
Mamlakatning Markaziy banki moliyaviy siyosat va uning tarkibiy qismi
bo’lgan pul-kredit siyosatini amalga oshirishda muhim rol o’ynab, u G’aznachilik
tizimi organlari bilan birgalikda byudjetning kassa ijrosini ta’minlaydi va boshqa
kredit institutlarining faoliyatini nazorat qiladi.
31
“G’azna” iborasi “xazina” iborasining buzilgan shakli bo’lib, u “xazina” bilan bir xil ma’noni anglatadi. “Xazina” esa
o’zbek tilida ko’p ma’noli ibora bo’lib, u yurtimizda qadimda, jumladan, “davlat byudjeti” iborasining ham sinonimi sifatida
ishlatib kelingan.
Qarang: O‘zbek tilining izohli lug’ati: 80 000 dan ortiq so’z va so’z birikmasi. J.2. E – M // Tahrir hay’ati: T.Mirzayev
(rahbar) va boshq.; O‘z.R FA Til va adabiyot in-ti. – T.: “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
– 375-b.
103
Moliyaviy boshqaruv tizimida Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari
ham muhim rol o’ynab, ular yordamida soliqlar, yig’imlar va boshqa
to’lovlarning to’g’ri hisoblanishi, ularning tegishli byudjet fondlariga to’liq va o’z
vaqtida o’tkazilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda
moliyaviy boshqaruvga oid Davlat soliq qo’mitasi va uning quyi organlari
quyidagi vazi-falarni bajaradi:
–
byudjetga va maxsus fondlarga soliqlar, yig’imlar va to’lovlarning to’g’ri
hisoblanishi, to’liq va o’z vaqtida o’tkazilishi masalalari bo’yicha moliyaviy
qonunchilikka qay darajada rioya etilayotganligini nazorat qilish;
–
soliq to’lovchilarni hisobga olish va ularni tekshirish;
–
moliya organlariga va g’aznachilikka soliqlar va boshqa to’lovlarning
haqiqatdagi tushumlari to’g’risida har oyda ma’lumot taqdim etish;
–
ortiqcha to’langan soliq summalarini va soliq to’lov-chilardan noto’g’ri
undirilgan jarima va penyalarni egalariga qaytarish bo’yicha tegishli ishlarni
amalga oshirish.
Davlat bojxona qo’mitasi va uning tegishli organlari moliyaviy boshqaruv
tizimida o’ziga xos bo’lgan o’ringa ega. Ular bojxona bojlarining o’z vaqtida
tushishi uchun mas’ul hisoblanadi va bu borada quyidagi asosiy vazifalar
ularning zimmasiga yuklatilgan:
–
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlar bo’yicha soliq
tekshiruvlarini amalga oshirish;
–
bojxona organlari tomonidan undiriladigan soliqlarni hisoblash va to’lash
bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni tekshirish;
–
soliq qonunchiligini buzganligi yoki unga to’liq rioya qilmaganligi uchun
soliq to’lovchilarning bankdagi operatsiyalarini to’xtatib turish;
–
soliq qonunchiligida ko’zda tutilgan jarima va boqi-mandalarni undirish.
O‘z navbatida, Davlat mulki qo’mitasi moliyaviy boshqa-ruvga oid soliq
xarakteriga ega bo’lmagan daromadlarni (ijara haqi, davlat mulkini sotishdan
keladigan daro-madlar va boshqalarni) olish maqsadida davlat mulkini
boshqarishni tashkil qiladi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya fond bozori ishtirokchilarining
faoliyatini nazorat qilib, byudjet fondiga tushuvchi tushumlarning ortishiga o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |