Davlatiy moliya



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

 
Bu yerda: 
K
s
 
– moliyaviy oqim samaradorligining koeffitsienti;
 H
mo
– davriy koeffitsientga o’zgartirilgan (korrektirovka 
qilingan) haqiqatdagi moliyaviy oqim
R
mo
 
- rejadagi moliyaviy oqim 
Moliyaviy oqimlar moddiy resurslarning uchrashma harakatini o’zida aks 
ettiradi. Ular orqali iqtisodiyotning makro- va mikrodarajalarida (korxonalar, 
firmalar, korxonalar va boshqalarda) mulkdan foydalanishning holati, dinamikasi 
va samaradorligi nazorat qilinadi. 
Tushumlar va boshqa pul mablag’larining kelib tushishini (oqib kelishini) 
aks ettiradigan moliyaviy oqimlar ijobiy oqimlar deyiladi. Aksincha, pul 
mablag’larining oqib ketishini xarakterlaydigan moliyaviy oqimlar salbiy oqimlar 
deyiladi. Korxonaning moliyaviy ahvolini mustahkamlash uchun ijobiy 
moliyaviy oqimlar salbiy moliyaviy oqimlardan ancha yuqori bo’lishi kerak. 
Bunday sharoitda korxonaning ixtiyorida qoluvchi pul mablag’-larining 
miqdorini aks ettiruvchi sof moliyaviy oqimning bo’lishi ta’minlanadi. Sof 
moliyaviy oqim korxona moliyaviy salohiyatining o’sish, ular daromadlarining 
kapitalizatsiyalashuvi 
darajasini 
aniqlash, 
investitsion 
va 
innovatsion 
imkoniyatlarining manbai bo’lib hisoblanadi. 
Korxona va korxonalar sof moliyaviy oqimining o’sishi ular rentabelligi va 
investitsion samaradorligini oshirish imkoniyatlarini xarakterlaydi hamda 
moliyaviy ahvolini mustahkamlashning muhim shart-sharoiti hisoblanadi. 
Makrodarajada moliyaviy ahvolni xarakterlaydigan quyidagi bir necha 
ko’rsatkichlar mavjud: 

bir ishlovchi to’g’ri keladigan ishlab chiqarilgan YaIMning miqdori; 

inflyatsiya darajasi va dinamikasi; 

davlat byudjetining ahvoli (defitsit, profitsit); 

oltin-valyuta zaxiralarining miqdori va dinamikasi. 
Davlatning moliyaviy ahvoli mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy kompleksi 
faoliyatining natijasidir. 
Jahon taraqqiyoti tendensiyalarining ko’rsatishicha, hozirgi sharoitda davlat 
moliyaviy ahvolini mustahkamlashning asosiy joriy va istiqboldagi rezervi 
ijtimoiy intellektning (sotsial kapitalning) to’planishi (jamg’arilishi) va uni 
iqtisodiy 
o’sishning innovatsion-investitsion strategiyasida foydalanish 
jarayonida samarali moddiy-lashtirish hisoblanadi. Sotsial xarakterdagi 


106 
muammolarni (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va boshqalarni) hal etish,
hayotning sifat darajasini oshirish bilan birga-likda, iqtisodiy taraqqiyotning 
kuchli omili va buning oqibatida esa, mamlakat joriy va istiqboldagi salohiyatini 
mustahkamlashning muhim shartidir. 
Davlat qarzlarini o’z vaqtida qaytarish (uzish) davlat-ning moliyaviy 
ahvolini ko’rsatuvchi muhim ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Murakkab 
moliyaviy vaziyatda davlat defolt, ya’ni bir tomonlama tartibda qabul qilingan 
xalqaro moliya-kredit majburiyatlardan bosh tortish e’lon qilishi mumkin. Bir 
vaqtning o’zida davlat qarzlarini restrukturizatsiya qilish va uning qaytarilish 
muddatlari bo’yicha kreditorlar bilan muvofiqlashtirilgan holda choralarni ishlab 
chiqish va ularni amalga oshirish kerak. 
Korxonalar, firmalar va korxonalar darajasida moliyaviy ahvol to’lovga 
qobillilik bilan, ya’ni bozor iqtisodiyotining boshqa subyektlari va soliq organlari 
oldida moliyaviy majburiyatlarini o’z vaqtida uzish imkoniyati bilan 
xarakterlanadi. To’lovga qobillik bu korxona barcha pul aktivlari (P
a
) va to’lov 
muddati kelgan (yoki o’tgan) moliyaviy majburiyatlar (M
m
) o’rtasidagi nisbat 
demakdir. Sog’lom ishlayotgan korxonalar uchun to’lovga qobillik koeffitsienti 
(T
qk
) doimo birdan yuqori (katta) bo’lishi kerak: 
𝑻
𝒒𝒌
=
𝑷
𝒂
𝑴
𝒎
> 𝟏
 
Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun likvidlilik, aylanma 
aktivlarning o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik ko’rsatkichi va 
boshqa shu kabi ko’rsatkichlardan foydalaniladi. 
Ma’lum bir aniq sanada va iqtiqbolda korxona to’lov majburiyatlari va 
uning moliyaviy imkoniyatlari o’lchamini balanslashtirishning asosiy metodi 
moliyaviy oqimlar byudjetidir (balansidir). U o’z ichiga korxona ixtiyoriga kelib 
tushadigan pul mablag’lari va korxona tomonidan sarflanadigan pul mablag’larini 
oladi. Bu narsa doimiy ravishda korxona pul mablag’larining harakatini nazorat 
qilish, ular dinamikasini baholash va bashoratlash imkonini beradi. Ana shunday 
byudjet asosida korxonaning to’lovga qobilligini boshqarish amalga oshiriladi. 
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu korxona to’lovga qobilligining 
kengaytirilgan koeffitsienti, demakdir. Agar uning chap tomoni (daromadlar 
qismi) o’ng tomoniga teng yoki undan katta bo’lsa, unda korxona to’lovga 
qobildir. Agar uning o’ng tomoni (xarajatlar qismi) chap tomonidan oshsa, u 
holda korxona to’lovga qobil emas hisoblanadi. Moliyaviy oqimlar byudjeti 
(balansi) pul mablag’larining tushilmalari va ularning sarflanish yo’nalishlari 
bo’yicha bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lgan rejali-istiqbolli hisob-kitoblar 
tizimidan iborat bo’lib, u byudjetlashtirish tizimiga (sotuvlar byudjeti, to’g’ridan-


107 
to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va 
boshqalardan) asoslanadi. 
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsif-nomalari orqali korxonaning 
faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining 
qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi 
boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa
moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning 
aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini 
ko’zda tutadi. 
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda 
hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik, 
dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning 
bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga 
imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’min-laydi. 

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin