99
ko’rsatadigan boshqa omillar bilan belgilanadigan o’ziga xos bo’lgan moliyaviy
munosabatlar maydonga chiqadi. Davlat moliyasi, mahalliy moliya va xo’jalik
yurituvchi subyektlar moliyasida moliyaviy boshqa-ruvning subyekti bo’lib
moliyaviy apparat deb nomlanuvchi maxsus xizmatlar hisoblanadi.
Davlatning xo’jalik yurituvchi subyektlar va uy xo’jaliklari bilan moliyaviy
munosabatlar sohasidagi o’zaro
munosabatlari soliq tizimi, kredit
munosabatlarini boshqarish (tartibga solish), moliya
bozorini tartibga solish,
davlatning qo’llab-quvvatlash tizimi, pensiya ta’minoti tizimi, ishlovchi aholining
daromadlarini tartibga solish mexanizmi va boshqalar orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy boshqaruvning maqsadi makroiqtisodiy muvozanatda,
byudjet
profitsitida, davlat qarzining kama-yishida, milliy
valyutaning barqarorligi va
mustahkamligida va, nihoyat, davlat va jamiyat barcha a’zolari iqtisodiy
manfaatlarining yagonaligida (mushtarakligida) namoyon bo’ladigan moliyaviy
barqarorlik va moliyaviy mustaqillikni ta’minlashdir.
Shunga monand ravishda
uning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat:
–
pirovard maqsadga bog’liqlik;
–
xo’jalik barcha tarmoqlarining makroiqtisodiy muvo-zanatliligi;
–
jamiyat barcha a’zolarining manfaatlariga mos kelish;
–
iqtisodiy qonunlardan foydalanish;
–
real imkoniyatlar asosida ichki va tashqi iqtisodiy sharoitlarni hisobga
olish.
Moliyaviy boshqaruvning konkret metodlari
va shakllari quyidagilardan
iborat bo’lishi mumkin:
–
moliyaviy rejalashtirish;
–
bashoratlash (prognozlashtirish);
–
dasturlashtirish;
–
moliyaviy tartibga solish;
–
moliyaviy nazorat;
–
moliyaviy qonunlarni (qonunchilikni) qabul qilish;
–
moliyaviy resurslarni jalb qilish metodlari tizimi.
Dostları ilə paylaş: