REJA: 1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari. 2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo’nalishlari). 3. O‘zbekistonning moliyaviy siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari. 1. Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari Moliyaviy boshqaruv tizimida eng asosiy element moliyaviy siyosat
hisoblanadi. Shu bois moliyaviy boshqaruv-ning barcha tizimi davlatning
moliyaviy siyosatiga asosla-nadi. Qisqa qilib aytganda, moliyaviy siyosat
davlatning moliyaviy munosabatlar sohasidagi faoliyatidir. Bu faoliyat davlatga
yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun etarli miqdorda va kerakli muddatda
moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga qaratilgan.
Siyosat davlat faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab oladi. Siyosiy
ta’sir obyekti hisoblangan ijtimoiy munosabatlar sohalariga bog’liq ravishda
iqtisodiy yoki sotsial, madaniy yoki texnikaviy, byudjet yoki kredit, ichki yoki
tashqi siyosat to’g’risida so’z yuritiladi.
Moliyaviy siyosat davlat faoliyatining nisbatan musta-qil sohasi bo’lib, bir
vaqtning o’zida ijtimoiy faoliyatning har qanday sohasida davlat siyosatini
amalga oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. Bu yerda uning iqtisodiyot,
sotsial soha, harbiy islohotlar yoki xalqaro munosabatlar bo’lishi prinsipial
ahamiyatga ega emas.
Siyosat, siyosiy ta’sir va siyosiy rahbarlik quyidagi uch elementlardan tarkib
topadi:
bosh maqsadni aniqlash va qo’yish hamda jamiyat hayotining ma’lum bir
davriga xos qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun echilishi zarur bo’lgan
istiqboldagi va yaqin kunlardagi vazifalarni aniqlab olish;
qo’yilgan maqsadlarga qisqa muddatlarda erishila-digan, yaqin davrdagi
va istiqboldagi vazifalar esa oqilona tartibda hal qilinadigan munosabatlarning
metodlari, vositalari va konkret shakllarini ishlab chiqish;
qo’yilgan vazifalarni yechishga qodir bo’lgan kadr-larni tanlash va joy-
joyiga qo’yish, ularning bajarilishini tashkil qilish.
Demak, takror ishlab chiqarishning alohida ehtiyoj-larini qondirish va
uzluksiz takror ishlab chiqarish jarayonini moliyaviy resurslar bilan ta’minlash
uchun ijtimoiy boylikni shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlash
jarayonlariga yo’naltiriladigan maqsad va vazifalarning echilishini aniqlash