ushbu shartlar, o‘z navbatida, kreditorlar bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko‘zda tutilgan bo‘ladi va boshqaruv xodimlari faoliyatini cheklaydi. Ushbu shartnoma
cheklovlari tufayli kreditorlar ma’lum darajada korxona menejerlarining ishi
(faoliyati)ni nazorat qila oladilar.
Aylanma kapitalni boshqarish sifati firma muvaffaqiyatiga ulkan ta’sir
ko‘rsatadi. Agar menejerlar korxonaning kunlik moliyaviy ishlariga doimiy
diqqat qilmasalar (e’tibor bermasalar), eng oqil tuzilgan uzoq muddatli reja ham
ko‘ngildagidek amalga oshmasligi mumkin. Hatto o‘sib kelayotgan
muvaffaqiyatli firmada ham kiruvchi va chiquvchi pul oqimlari vaqt jihatidan
aniq bir-biriga mos tushmasligi mumkin. Menejerlar mijozlar o‘z hisoblari
bo‘yicha to‘lovlarni vaqtida amalga oshirishlarini muntazam tekshirib turishlari
kerak va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, menejerlar firma moliyasi ustidan
umumiy boshqaruvni shunday amalga oshirishlari kerakki, pul mablag‘larining
operatsion defitsiti doimo to‘ldirilib turishi, ortiqchasi yaxshi daromad olib
keladigan tarzda investitsiya qilinishi kerak
27
.
Firma moliyaviy qarorlar qabul qilishi vaqtidagi har bir qaror, xoh u
investitsiyalash, xoh moliyalashtirish yoki aylanma kapitalni boshqarish masalasi
bo‘lsin, muayyan ishlab chiqarish texnologiyasiga, shuningdek tadbirkorlik
faoliyatini boshqarish tizimi, soliq tizimi va firma faoliyat yuritadigan raqobat
muhiti kabi omillarga bog‘liq. Firma tanlaydigan moliyaviy siyosat variantlari
ham bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir.
27
Amaliyotimizda bunga qay darajada rioya qilinayotir? Uning natijasi qanday bo‘layapti? Misollar keltira olasizmi? Unga,
eng umumiy tarzda, qanday baho bergan bo‘lur edingiz? Nima uchun?