697
SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY VOSITACHI
SIFATIDA
Reja:
Kirish
1.
Sug’urta bozorining mohiyati va tashkiliy-huquqiy asoslari
2.
O’zbekiston milliy sug’urta bozorining zamonaviy holati
3.
Sug’urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarishning xorijiy
davlatlardagi ko’rinishi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
Bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
ishlab
chiqarishning
uzluksizligini
ta’minlashda va aholini ko’ngilsiz hodisalardan moliyaviy himoya qilishda
sug’urta faoliyatining o’ziga xos muhim o’rni mavjud. So’nggi yillarda
mamlakatimiz iqtisodiyotining sug’urta sektorida barqaror o’sish sur’atlari
kuzatilmoqda. Uning o’rtacha yillik o’sishi oxirgi besh yil davomida 34,1%
tashkil etdi. Mamlakat moliya bozorida sug’urta tizimi o’zining
muhimligi va
alohida ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi.
Bugungi kunda rivojlanmagan sug’urta tizimisiz xo’jalik subyektlari
samarali ish yuritishi, investistion faoliyat bilan shug’ullanishi,
kredit olishi
mushkuldir.
Bank moliya tizimining yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va
xususiy mulkka asoslangan lizing, sug’urta
kompaniyalari, kredit uyushmalari,
mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning
qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya
sohasiga xususiy
kapitalni jalb qilish bilan ham bog’liqligi alohida ustuvor vazifa sifatida qaraladi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan kuchli siyosat olib borilayotgan bir
vaqtda, davlatning ijtimoiy qo’llab quvvatlash funksiyasi rolining bir qismi
sug’urta faoliyatining ham zimmasiga to’g’ri keladi. Ushbu rol sug’urta
xizmatlari bozorida olib boriladigan sug’urta faoliyatining maxsus: majburiy
sug’urta, mulkiy sug’urta, javobgarlik sug’urtasi, hayot sug’urtasi
kabi turlari
orqali amalga oshiriladi.
Davlatimiz
tomonidan
sug’urta
faoliyatini
rag’batlantirish
va
liberallashtirish bo’yicha olib borilayotgan salmoqli chora-tadbirlarga
qaramasdan, sug’urta iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy o’sishning
698
asosiy omiliga aylanmagan. Buning asosiy sabablari – xizmatlar taklifi torligi va
sifati pastligi,
raqobatning rivojlanmaganligi, sug’urta resurslari ta’minotining
yetarli emasligi va h.k. Ushbu holatlar O’zbekistonda sug’urta faoliyatini
rivojlantirish va uni maqsadli boshqarish muammolarining asosiy jihatlari
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: