Davlatiy moliya


“Moliya” fanini o’rganishda mustaqil ta’limning ahamiyati



Yüklə 8,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə296/402
tarix24.10.2023
ölçüsü8,01 Mb.
#161216
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   402
moliya umk sirtqi (3)

6.1.
“Moliya” fanini o’rganishda mustaqil ta’limning ahamiyati 
“Moliya” yo’nalishi bilan bir qatorda , “Baholash ishi”, “Sug’urta ishi”, 
“Bank ishi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Buxgalteriya hisobi va audit”,
“Menejment”, “Pensiya ishi”, “Davlat byudjeti g’azna ijrosi” va boshqa 
yo’nalishlar talabalari uchun ham o’quv rejasida “Moliya” fani bo’yicha mustaqil 
ta’limni bajarishga alohida o’rin berilgan. 
Mustaqil ta`lim mavzulari va topshiriqlari ma`ruzachi pedagog xodim 
tomonidan o`quv semestrining birinchi mashg`ulotida talabalarga taqdim 
etiladi.Ular tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Shuningdek, mustaqil ta’lim 
soatlarida talabalar ma’ruza darsida “ochiq qolgan” savollarga mustaqil ravishda


683 
tayyorlanishlari lozim bo’ladi. Bunda talabalarda mustaqil fikrlash va mustaqil 
o’zlashtirishga ko’nikma hosil qilish imkoniyati yuzaga keladi.
Mustaqil ta’limni joriy etishning yana bir afzalligi shundan iboratki, bu 
jarayon keyinchalik talabalarni ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlariga zamin 
yaratadi.
5.2. Mustaqil ta’limni tashkil etishning mazmuni va shakllari 
Talabalarning mustaqil ta’lim uchun tanlagan mavzulari kelgusida 
bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan 
uzviylikda bajarilishi maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta’limni tashkil etish 
jarayonida talabalarga mavzu doirasida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, risola, 
ilmiy maqola va jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek, talabalar 
mavzuni yoritishda me’yoriy huquqiy hujjatlarni o‘rganishga alohida ahamiyat 
qaratishi lozim. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident 
Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmunini 
diqqat bilan o‘rganish tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganishda axborot 
tizimlaridan foydalanish mumkin. Internet saytlari ma’lumotlaridan samarali 
foydalanish, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va ularning rasmiy saytlaridan yangi 
ma’lumotlarni olib foydalanish lozim.

Yüklə 8,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   292   293   294   295   296   297   298   299   ...   402




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin