107
to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) xarajatlar byudjeti, investitsion byudjet va
boshqalardan) asoslanadi.
Moliyaviy oqimlarning miqdoriy va sifat tavsif-nomalari orqali korxonaning
faoliyati ifoda-lanadi. Ular ishlab chiqarish barcha omillari harakatining
qiymatdagi ifodasidan iboratdir. Menejmentda sifat jihatdan farqlanuvchi
boshqaruv tizimi - korxonani moliyaviy boshqarish tizimi shakllandiki, bu narsa
moliyaviy oqimlar orqali ishlab chiqarish, mahsulot sotish, resurslarning
aylanuvchanligi, xarajatlar, rentabellik va boshqa jarayonlarning boshqarilishini
ko’zda tutadi.
Moliyaviy oqimlar byudjeti bu haqiqatda turli davriy muddatlarda
hisoblanadigan korxonaning moliyaviy rejasidir. Turli davrlar uchun (kunlik,
dekadalik, oylik, choraklik, yillik va uzoq istiqboldagi) moliyaviy oqimlarning
bashoratli byudjetlarini tuzish korxonaning to’lovga qobillik darajasini oshirishga
imkon beradi va kelajakda uning moliyaviy holati barqarorligini ta’min-laydi.
Dostları ilə paylaş: