Davolash ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy imtixon savollari Hamshiralik ishi asoslar


Klinik va bioximik tekshiruv texnikasi



Yüklə 77,73 Kb.
səhifə13/13
tarix23.08.2022
ölçüsü77,73 Kb.
#63218
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Davolash ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy im

Klinik va bioximik tekshiruv texnikasi
1. Biologik kimyo fani nimani o`rgatadi?
2. Kasalliklarga tashxis qo`yishda qanday laboratoriyalardan foydalaniladi?
3. Oqsillar qanday elementar tarkibga ega?
4. Oqsillar necha guruhga bo`linadi ?
5. Immunoglobulin qanday vazifani bajaradi ?
6. Me`da ichak tizimida oqsillarning parchalanishi qaysi fermentlar ta`sirida yuz beradi?
7. Oqsillar meda-ichak tizimining qaysi qismida parchalanadi.?
8. Gemolitik sariq kasalligini keltirib chiqaruvchi sababni ko`rsating.
9. Gipoproteinemiya bu....
10. Qondagi oqsil fraksiyalari nisbatining buzilishi quyidagicha ataladi….
11. Uglevodlar qanday vazifani bajaradi?
12. Glyukoza uglevodlarning qaysi guruhiga kiradi.?
13. Uglevodlar me`da – ichak tizimining qaysi qismida parchalanadi?
14. Qandli diabetning kelib chiqishiga asosiy sabab bu...
15. Glyukozuriya nima?
16. Giperglikemik koma qachon yuz beradi?
17. Oddiy lipidlarga quyidagilar kiradi…
18. Lipidlarning hazm bo`lishida qaysi fermentlar ishtirok etadi?
19. Semirish kasalligi quyidagi sabablar tufayli yuzaga keladi …
21. Gipovitaminoz rivojlanishiga nimalar sabab bo`ladi?
22. Yog`da eruvchi vitaminlarga quyidagilar kiradi.
23. Bolalarda rahit kasalligi kelib chiqishining sabablari?
24. Qaysi Vitamin yetishmasligi shapko`rlikka olib keladi?
25. K vitamini yetishmaganda qanday holat yuzaga keladi?
26. Qaysi kasallikni davolashda vitamin C, B12, va folat kislota kompleksi qo`llaniladi.?
27. Endokrin bezlari tizimiga quyidagilar kiradi...
28. Ko`rsatilgan garmonlarning qaysi biri endokrin bez faoliyatini boshqaradi?
29. Buyrak usti bezlarida ishlab chiqariladigan garmonlar qaysilar?
30. Me`da osti bezning Langerganz orolchalarida qanday garmonlar ishlab chiqariladi?
31. Buqoq kasalligi qaysi endokrin bez faoliyati buzilganda kelib chiqadi ?
32. Paratgarmon va kalsitonin garmonlarini ishlab chiqaradigan endokrin bez qaysi?
33. Katabolizm (dissimilatsiya) va anabolizm (assimilatsiya) qaysi jarayonning
bosqichlari hisoblanadi?
34. Organzmda asosiy energiya manbai nimalar hisoblanadi?
35. Fermentlar 5- xalqaro biokimyogarlar konferensiyasida vazifasiga ko`ra necha sinfga bo`lingan?
36. AlAT (alaninaminotransferaza) va AsAT (aspartataminotransferaza) fermentlari faolligi qaysi kasallikda keskin oshib ketadi.
37. O`tkir va surunkali pankreatitga tashxis q`oyishda qanday biokimyoviy tekshiruv o`tkaziladi?
38. Gemopoez nima?
39. Qonning shaklli elementlariga nimalar kiradi?
40. Qaysi kamqonlik turi eng ko`p kuzatiladi?
41. Leykoz qanday kasalliklar guruhiga kiradi?
42. Bezgak kasalligini aniqlashda qon qaysi usulda tekshiriladi?
43. Eritrositlar qanday vazifani bajaradi?
44. Leykositoz nima?
45. Qaysi kasallikda qon tahlilida trombositopeniya aniqlanadi?
46. Qonning umumiy tahlilida qaysi ko`rsatkichlar aniqlanadi?
47. Berilgan kasalliklardan qaysi biri siydik ajratish tizimiga tegishli emas?
48. Siydikning fizik hususiyatlari, kimyoviy tarkibi, patologik elementlari qaysi usulda tekshiriladi?
49. Poliuriya nima?
50. Zimniskiy sinamasida qanday ko`rsatkichlar aniqlanadi?
51. Me`da – ichak tizimiga kirmaydigan a`zoni aniqlang?
52. Me`da va o`n ikki barmoq ichak suyuqligi qanday tekshiriladi?
53. Koprogramma nima?
54. Najasni yashirin qonga tekshirish uchun bemor necha kun mobaynida tayyorlanadi?
55. Gelmintozlarni aniqlash uchun qanday laborator tekshiruvlar o`kaziladi?
56. Balg`am umumiy tahlil uchun qanday yig`iladi?
57. Flotasiya usuli qachon qo`llaniladi?
58. Atipik xujayralarni aniqlash uchun balg`am qanday yig`iladi?
59. Nafas a`zolari kasaliklarida qanday asbob-uskunali tekshiruvlar o`tkaziladi?
60. Spirometriya nima?
61. Qaysi kasallik tanosil a`zolari kasalliklariga kirmaydi?
62. Tanosil a`zolari kasalliklarini a`niqlashda qaysi laborator usuldan keng foydaliniladi?
Yüklə 77,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin