a ro y ib qutqaruvchi moslamalar
1950-yillar oxiri va 1960-yillar boshida yengil va o‘ta yengil ver-
tolyotlarga
qiziqish ortgan vaqtda, konstruktorlar hattoki original
ravishda katapultatsiya qilinadigan o'rindiq, ya’ni uchib keta turib
mikrovertolyotga
aylanadigan o'rindiq variantini ham taklif qilishdi.
Bunday g'aroyib g'oya texnik jihatdan murakkab bo'lganligi
sababli
qo'llab-quvvatlanmadi. 2 ,5 -3 tovush tezligiga teng tezlikda uchadi
gan tovushdan tez strategik bombardimonchilarni tark etayotgan-
da katapulta ham yordam bera olmadi. Bunday tezlikda shitob bilan
uriladigan havo oqimining bosimi betonga urilganga teng va u o'zini
qutqarishga harakat qilayotgan uchuvchini pachaqlab tashlashi
mumkin. Shundan keyin start oldidan uchuvchini o'z ichiga olib yopi-
ladigan va shu yo'l bilan uchuvchini qarshisidan kelayotgan oqimdan
saqlovchi
katapultatsiya qilinadigan kapsulalar
yaratildi.
Biroq bu
kapsulalar keng tarqalmadi, sababi kapsula konstruksiyasi o'ta og'ir
bo'lib, yopilayotgan paytida uchuvchiga jarohat yetkazishi - masa
lan, uning qo'li yoki oyog'ini qirqib tashlashi mumkin edi. Katapultat
siya qilinishidan oldin uchuvchi tezlikni pasaytirishi lozim edi.
Ekipajning ajralib chiqadigan
kabinasi o'ta o g 'ir
va konstruksiyasi m urakkab bo'lib chiqdi,
shu sababli и keng tarqalm adi
Katapultatsiya qilinadigan kapsulalar bilan jihoz-
langan, o'ta ishonchli tuyulgan, tajribaviy «Val-
kiriya» bom bardim onchisi halokatga uchraganda
uchuvchilardan b iri katapultatsiya qilishga ulgurib qoldi, biroq
jid d iy ja ro h a t oldi, ikkinchisi esa sam olyotni tark etishga ulgur-
may halok bo'ldi. Buning sababi shunda ediki, kabinani tark
etishdan oldin yopiq kapsulalar ozroq orqaga ketishi kerak edi.
Sam olyot tekis shtoporda aylanib tusha boshladi, kapsulaga
ta ’sir etadigan markazdan qochuvchi kuch shunchalik katta
bo'lib chiqdiki, kapsulalar o'rnidan qim irlayolm ay qoldi.
Samolyot ekipajini qutqarishning yana bir usuli ekipaj joylashgan
butun bir kabinani «otib yuborish»dan iborat bo'ldi. Bunday usul fa
qatgina ikki samolyot - Amerikaning «Rokuell» B-1A va «Jeneral
Daynemiks» F-111 konstruksiyasida qo'llanildi.
Maxsus poroxli pat-
ronlar otish yo'li bilan kabinaning samolyot fyuzelyajiga mahkam
langan joyini buzish orqali samolyotdan ajralib chiqqan kabinada
qattiq yonilg'ida ishlovchi dvigatel ishga tushadi va kabina yuqoriga
ko'tariladi, avariyaga uchragan samolyotni oldinga o'tkazadi, shun
dan so'ng
u parashutni ochadi, uning yon tomonlaridagi maxsus
rezina qoplar havo bilan to'la boshlaydi,
ular yerga qo'nish
paytida amortizatorlar
va suvga qo'nganda suvga cho'kib ket-
maslik uchun po'kak vazifasini o'taydi.
Dostları ilə paylaş: