«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə139/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

tb= K x m = 0,67 x 1000 =670 min. =11 soat 10 min. bo’ladi.
O’zgaruvchan oqim bilan sug’orishda oqim egat oxirigacha yetib boradigan vaqtni tb hisobga olish zarur, bu davrda oqim maksimal bo’ladi. Shundan keyin egatdagi oqim ikki hissa kamayadi va bu oqim bilan sug’orishning davom etish muddati quyidagicha bo’ladi:
t2 = (tb - tdob ) x 2.
O’zgaruchan oqim Bilan sug’orishning umumiy davom etish muddati quyidagicha bo’ladi:
t = tdob + 2 (tb - tdob )
Bu yerda:
tdob – oqim egat oxiriga yetib boradigan vaqt, soat.
tb – qmbx bo’lganida sug’orishning davom etish muddati, saot.
O’zbekistonning sug’oriladigan rayonlarida g’o’za suv o’tkazuvchanligi bir xil bo’lmagan mexanik tartibli tuproqlarda ustiriladi. Shu boisdan oqim miqdori qb va sug’orishning davom etish muddati turlichadir.
Egatlarga suv oqizishning suvchilar unumli ishlashini va sug’orishning yaxshi sifatli bo’lishini ta’minlovchi makbul sarfini tanlashga doir misollar Bilan tanishamiz.
3-masala. O’rtacha suv o’tkazuvchan tuproqda g’o’zani sug’orish 36 soat ichida tug’allanishi lozim, sug’orish egati uzunligi lb= 200 m. qator oralig’i birinchi sug’orish qator oralab o’tkazilishi sababli a=120 sm, sug’orish meyori m =1000 m3/ ga va qb= 0,1 l/s bo’lganda egatga okiziladigan oqim yuqorida ko’rsatilgan shartlar uchun makbul bo’lishi yoki bo’lmasligi aniqlansin.
Yechish. Agar qb = 0,1 l/s bo’lsa, unda grafik bo’yicha 1-shkala «K» kaeffisentning qiymati 4 ga teng. Demak, sug’orishning davom etish muddati tb=4x1000=4000 min. yoki taxminan 67 soat. Shart bo’yicha birinchi sug’orishning davom etish muddati 36 soatdan oshmasligi lozimligi sababli, egatdagi oqimning qabul qilingan miqdori goyat oz bo’lib, uni deyarli 2 marta ko’paytirmoq lozim.
4-masala. Qator oralig’i 60 sm va sug’orish egati uzunligi 120 metrli g’o’za ekilgan sug’oriladigan uchastkada navbatdagi sug’orish tug’allanadi. Sug’orish egatga suvni 30 soat mobaynida sekundiga 0,1 litrdan o’zgarmas miqdorda oqizilgan holda o’tkaziladi.
30 soat mobaynida 0,1 a/s oqim sug’orishda 1 gektarga yetkazib beriladigan suv miqdori aniqlansin.
Grafik bo’yicha koeffisiyent qiymati K=1,2 bo’lib, bunda qabul qilingan meyorda sug’orishning amaldagi davom etish muddati
T=1,2x900 =1080 min. yoki 18 soatga teng.
Binobarin, sug’orishning amaldagi davom etish muddati 30 = 1,66
18
barobar ko’pdir va amaldagi sug’orish meyori quyidagicha bo’lib chiqdi:
900x1,66 = 1500 m3/ga , ya’ni mo’ljaldagidek 600 m3/ga ortiqdir.
5-masala. Uzunligi 200 m.li polga suv quyganda bedani sug’orishning davom etish muddati aniqlansin: Pollarga suv sarfi qn/02 l/s, hisobiy sug’orish meyori /m/1200 m3/ga.
Grafikning o’ng shkalasidan foydalanib va qn ni 10 barobar kamaytirib qn/02 l/s, koeffisent miqdorini topamiz K = 1,67. Bunda bedani sug’orishning davom etish muddati bo’ladi: t =1,67x1200=2004 min. va uni 10 barobar kamaytirib, pirovardida t =200 minutni hosil qilamiz.


1- topshiriq. Qator oralig’i 60 sm, tuproqning suv o’tkazuvchanligi o’rtacha, sug’orish meyori 1100 m3/ga, sug’orishning davom etish muddati 1 kundan ortiq bo’lmasligi uchun xar bir egatga beriladigan suv miqdori aniqlansin.
2- topshiriq. Qator oralig’i 90 sm., suv o’tkazuvchanligi yuqori bo’lgan tuproq, sug’orish egati uzunligi 120 m, hisobiy sug’orish meyori 1200 m3/ga va sug’orishni 35 soat ichida tugalash keak bo’lsa, sug’orishdan foydalanib egat oqimi miqdorini aniqlang.
Turlicha mexariq tarkibli yerlarda g’o’za ustirishda kupincha hisobiy sug’orish meyori amalda yetkazib beriladigan hajmga muvofik kelmaydi. Buni quyidagi misollar bilan ko’rsatib utamiz.
Chipoletti, Tomson suv o’lchash asbobi maketlari, suv o’lchash reykalari, gidrometrik parrak, plakatlar, jadvallar



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin