Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
mf 1167 Bu yerda:
mo – sug’orish rejimi bo’yicha sug’orish meyori, m3/ga
mf – amaldagi sug’orish meyori, m3/ga
G.A.Danov taklif etgan, ariqdagi bir soat ichidagi suv oqimi miqdori qiymatini topish imonini beruvchi suv sarfi shkalalari ishlab chiqarish sharoitida keng qo’llanilmoqda.
G.A.Danovning taklif etayotgan grafigi bo’yicha va u tavsiya etgan K koeffisentidan foydalanib sug’orish meyorlarini, sug’orish vaqti va egatlarga oqizilayotgan suv miqdorini hisoblab chiqish mumkin.
Ma’lumki, sug’orishning davom etish muddati va sug’orish meyori sug’orish texnikasi elementlariga, ya’ni sug’orish egati uzunligi, qotarlar orasi kengligi va egatdagi oqim mikdoriga bog’liq bo’ladi. Bular o’z navbatida sug’orish uchastkasi nishabligiga va tuproqning suv o’tkazuvchanligiga bog’liq.
G.A.Danov grafikni shunday tuzganki unda sug’orish texnikasi elementlari sug’orish meyori va sug’orishlarning davom etish muddati bilan muvofiqlashtirilgan:
m = 600 x qb x tb a x l Bu yerda:
m – sug’orish meyori, m3/ga
qb – qatorlar orasi kengligi, m
tb - egatga suv berishning davom etish muddati, min.
Keltirilgan ifoda m, a, l, qiymatlari ma’lum, binobarin qb va tb ni aniqlash kerak. Egatga berilayotgan suv sarfi o’qariqdagi suv sarfi Q bir paytda suv berilayotgan sug’orish egatlari soniga n bo’lish orqali aniqlanadi.
qb = Q , l/sekund n Sug’orishning davom etish muddati egatga suv berishni quyidagi ifoda bo’yicha topamiz:
tb = m x a x l , min. 600 x qb Agar a x l , ni «K» bilan belgilasak quyidagi ifodani olamiz:
600 x qb t = K x m.
«K» koeffisent qiymatini G.A.Danov grafigi bo’yicha aniqlash mumkin. U qatorlar orasi turlicha kenglikda 0,6, 0,8, 0,9, va 1,20 m, bo’lgan egatlar uchun to’rtta shkalaga ega. Absissalar o’qi bo’yicha egatning suv sarfini qb, ordinatalar o’qi bo’yicha «K» qiymatini topib m ning shunga mos qiymatlari aniqlanadi.
Grafik asosida pollar bo’yicha sug’orishning davom etish muddatini ham aniqlash mumkin. Buning uchun o’ng tomonda pollar uzunligi shkala olinadi. Pollar bo’yicha sug’orishning solishtirma sarfidan polosaning 1 metr kengligi uchun sekundigi litrlarda foydalaniladi. Bu egatning sarfidan 8-10 barobar ko’pdir. Shu boisdan hisoblashda 2 – shkaladan solishtirma oqimni 10 barobar ko’paytirib, foydalanish mumkin.
Sug’orishlarning davom etish muddati va sug’orish texnikasi elementlarini aniqlashning grafik usulini o’rganib olish uchun quyidagi masalalarni yechib ko’ramiz.
1-masala. Egatdagi doimiy oqim qb = 23 l/s, egat uzunligi l -180 m, qator oralig’i a – 0,9 m, sug’orish meyori m -900 m3/ga bo’lganda g’o’zani sug’orishning davom etish muddati aniqlansin.
Yechish: aniqlaymiz, bu holda sug’orishning davom etish muddati quyidagi ifoda bo’yicha hisoblanadi:
tb = K x m = 900 x 1,2=1080 min. =18 soat
Sug’orish meyoridan ortiqcha suv isrofgarchiligi 900 x 1,2 = 1080-900=180 m3/ga ni tashkil etadi.
2-masala. Agar sug’orish egati uzunligi l =200 m, qator oralig’i a = 0,6m., sug’orish meyori m =1000 m3/ga, egatning boshidagi suv oqimi qb= 0,3 l/s bo’lsa, g’o’zani o’zgaruvchan oqim q bilan sug’orishda egatga suv borishning davom etish muddati aniqlansin.
Yechish. K= f(qb) grafigi bo’yicha K ning qiymati 0,67 ta teng, egat boshidagi suv oqimi qb = 0,3 l/s bo’lganda suv uzatish davomiyligi.