«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Modul: Ekinlarni sug’orish rejimini aniqlash. (4 soat)



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə140/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

15 Modul: Ekinlarni sug’orish rejimini aniqlash. (4 soat)


Mashg’ulotning maqsadi:Asosiy qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun sug’orish muddati, soni, me’yorlari hamda sug’orish davomiyligini tuproq-iqlim va gidrogeologik sharoitlarni inobatga olgan holda optimal qilib belgilash.
Mashg’ulotning mazmuni: Qishloq xo’jalik ekinlarning sug’orish rejimi deb, parvarish qilinayotgan ekinlarning mo’ljallangan hosilni olish uchun iqlim, tuproq va gidrogeologik sharoitlarni hisobga olgan holda sug’orish muddatlari, soni va me’yorlarini to’g’ri belgilashga aytiladi.
Ekinlarning suvga bo’lgan umumiy ehtiyojini transpirasiyaga sarflangan va tuproq yuzasidan bo’g’lanib ketgan suv yig’indisi tashkil etadi. Uni quyidagi ifoda yordamida aniqlash mumkin:


Ye = U x Ks
Bu yerda:
Ye – suvga bo’lgan umumiy ehtiyoj, m3/ga
U – rejalashtirilgan hosildorlik, s/ga
Ks – suvga bo’lgan ehtiyoj koeffisiyenti, m3/s
Masalan, g’o’zaning rejalashtirilgan hosildorligi 36 s/ga; suvga bo’lgan ehtiyoj koeffisiyenti 200 m3/s bo’lsa, suvga bo’lgan umumiy ehtiyoj quyidagiga teng:


U = U x Ks = 36 x 200 = 7200 m3/ga

Ekinlarning suvga bo’lgan umumiy ehtiyojiga tuproq, iqlim va gidrogeologik sharoitlar ta’sir etadi.


Ekinlarning mavsumiy sug’orish me’yori deb, 1 ga maydondagi ekinlarni butun o’suv davri davomida qondirib sug’orish uchun berilgan jami suv miqdoriga aytiladi.


O’zbekistonning turi mintaqalari uchun ekinlarning mavsumiy sug’orish me’yorini V.Ye.Yeryomenko taklif etgan quyidagi ifoda bo’yicha aniqlash mumkin.


M = U x Ks x Z x Kx i
Bu yerda:
M – mavsumiy sug’orish me’yori, m3/ga
Z – mintaqalarning koeffisiyentlari (shimoliy mintaqa uchun 0,85 markaziy mintaqa uchun 1,0 va janubiy mintaqa uchun 1,15)
K – gidrogeologik kaeffisiyent, sizot suvlari sathi 3,0 m dan pastda joylashgan yerlar uchun 1,0 ga teng, 2-3 m chuqurlikda bo’lsa 0,80 1-2 m – 0,65 va undan yuqorida bo’lsa 0,40 ga teng.
i –serunum yerlar uchun suv iste’mol qilishning tuzatish koeffisiyenti 0,90-0,92 ga teng.
Ekinlarning mavsumiy sug’orish me’yorini quyidagi ifoda bo’yicha xam hisoblab topish mumkin.



Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin