19 Modul TARKIBIDAGI TUZ VA SUV ZAHIRALARINI ANIQLASH.
Qishloq xo’jalik ekinlarini sug’orish va sho’r yuvish meyorlarini to’g’ri belgilash uchun tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorini aniqlash ishning maqsadi hisoblanadi.
Tuproq tarkibidagi suv va tuz miqdorini aniqlash tuproqqa meliorativ baho berish va uni yuvish meyorini belgilashda muhim ahamiyatga ega. Tuproqdagi suv miqdori tuproqning mexanik tarkibiga va uning adsorbsiyalash xususiyatiga bog’liqdir. Tuproq tarkibidaga tuz va suv miqdorlarini aniqlash, tuproqning hajmiy massasini, namligini, tuz miqdorlarini % va hisobiy qatlam qalinligi bo’yicha ma’lumotlarni olish lozim. Suv va tuz miqdorlarini aniqlash uchun 1 ga maydondagi h qatlam qalinligidagi d hajmiy massadagi tuproqning og’irligini quyidagi ifoda orqali hisoblaymiz:
V = F x h x d
Bu yerda: V – tuproq og’irligi, t/ga,
F – 1 ga maydon yuzasi, 10000 m2
h – hisobiy qatlam qalinligi , m,
d – tuproqning hajmiy massasi, t/m3.
Agar hisobiy qatlam 10 sm tuproq hajmiy massasi 1,30 t/m3 bo’lsa 1 ga maydondagi tuproq og’irligi quyidagiga teng:
V = F x h x d = 10000 x 0,1 x 1,30 = 1300 t/ga.
Demak, 10 sm qalinlikdagi 1,30 t/m3 hajmiy massadagi tuprpokning og’ir ligi 1 gektarda 1300 tonnaga teng. Agar uning 19,6 % ini namlik tashkil etsa, 1 gektardagi suv miqdori Wv quyidagiga teng.
1300-100%
Wv -19,6%
Wv = 1300 x 16,6 = 254,8 t/ga yoki 254,8 m3/ga, chunki
100
1 m3 suv 1 tonna og’irlikka ega. Yuqoridagi hisoblashlarni ifoda holatiga keltirsak, quyidagilarni olamiz:
Wv = V x λ = F x h x d x λ = 10000 x h x d x λ = 100 x h x d x λ.
100 100 100
Bu yerda: Wv –tuproq tarkibidagi suv miqdori, m3/ga,
d – tuproqning hajmiy massasi, t/m3,
λ - tuproqning namligi, %.
Tuproq tarkibidagi tuz miqdori Ws ham xuddi shunday ifoda yordamida aniqlanadi:
Ws = 100 x h x d x c,
Bu yerda: Ws – tuproq tarkibidagi tuz miqdori, t/ga
s – tuproq tarkibidagi tuz miqdori, %
Agar tuproq tarkibidagi tuz S 0,85% ni tashkil etsa, 1 gektar maydonida Wc = 100 x 0,1 x 1,30 x0,85 = 11,05 tonna tuz bo’lar ekan.
Quyidagi (10-jadval) malumotlardan foydalanib tuproq tarkibidagi tuz va suv zahiralarini hisoblab toping.
10-jadval
Tuproqdagi tuz va suv miqdorlarini aniqlashga doir ma’lumotlar.
Tuproq gorizonti,
Sm
|
Tuproq hajmiy massasi, t/m3
|
Tuproq tarkibi, %
|
Miqdorlar, t/ga
|
Namlik
|
Tuzlar
|
Suv
|
Tuz
|
Sho’rlangan o’tloqi tuproqlar
|
0-10
|
1,35
|
18,3
|
1,12
|
|
|
10-20
|
1,40
|
19,6
|
0,82
|
|
|
20-30
|
1,42
|
20,1
|
1,02
|
|
|
30-50
|
1,45
|
19,2
|
1,21
|
|
|
50-70
|
1,41
|
19,6
|
0,96
|
|
|
70-100
|
1,40
|
18,8
|
1,10
|
|
|
0-100
|
1,41
|
19,2
|
1,06
|
|
|
Sho’rlangan bo’z tuproqlar
|
0-10
|
1,42
|
19,6
|
0,62
|
|
|
10-30
|
1,46
|
20,4
|
0,81
|
|
|
30-50
|
1,38
|
21,2
|
0,92
|
|
|
50-100
|
1,36
|
20,9
|
0,75
|
|
|
100-200
|
1,42
|
22,6
|
1,04
|
|
|
0-100
|
1,42
|
20,8
|
0,83
|
|
|
0-200
|
1,41
|
21,7
|
094
|
|
|
Sho’rlangan och tusli buz tuproqlar
|
0-10
|
1,36
|
20,6
|
0,72
|
|
|
10-20
|
1,40
|
21,4
|
0,91
|
|
|
20-30
|
1,42
|
219
|
085
|
|
|
30-50
|
1,39
|
22,2
|
0,91
|
|
|
50-100
|
1,38
|
83,6
|
1,14
|
|
|
100-200
|
1,41
|
21,8
|
0,93
|
|
|
0-100
|
1,40
|
20,8
|
0,86
|
|
|
0-200
|
1,44
|
22,7
|
094
|
|
|
20 Modul: Zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan sharoitda sho’r yuvishning umumiy me’yorini aniqlash.
Mashg’ulotning maqsadi:Zovurlashtirilgan hamda zovurlashtirilmagan sharoitlarda tuproqdan yuvib chiqariladigan tuz miqdorini inobatga olgan holda sho’r yuvishning umumiy meyorini hisoblab topishni o’rganish.
Mashg’ulotning mazmuni: Sho’r yuvish tuproqlar sho’rlanganligiga qarshi kurashning asosiy vositasi bo’lib, uning samaradorligi yuvish me’yorini to’g’ri belgilanganligiga bog’liqdir.
Ortiqcha, katta me’yorlarda sho’r yuvishni o’tkazish suv isrofgarchiligiga, tuproqning melorativ holatini yomonlashuviga olib keladi, tuproqqa bahorgi ishlov berish va ekin muddatlarini kechiktirib yuboradi. Bu holat ayniksa, sho’r yuvish bahorda, fevral oylarida o’tkazilganda namoyon bo’ladi. Sho’r yuvishni kam me’yorlari esa tuproqdan tuzlarni yetarli darajada yuvilmasligiga olib keladi.
Sho’r yuvish me’yori tuproqning mexanikaviy tarkibiga, zovurlashtirilganligiga, undagi tuzlar tarkibi va miqdoriga, sizot suvlari chuqurligiga va boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
1. Zovurlashtirilgan yerlar uchun sho’r yuvishning umumiy me’yori A.Ye.Nerozin formulasi bilan aniqlanadi:
M=(P-m)+__S_ +(n-A)
K
Bu yerda:
M- Sho’r yuvishning umumiy me’yori, m3/ga,
P- tuproq hisobiy qatlamining maksimal nam sig’imiga to’g’ri keladigan suv hajmi, m3/ga,
m- Sho’r yuvish arafasidagi tuproq hisobiy qatlamining suv zahirasi, m3/ga,
S- tuproq hisobiy qatlamidan yuvilishi lozim bo’lgan tuz miqdori, kg/ga,
K- suvning sho’r yuvish qobilyatini ko’rsatuvchi koeffisiyenti (xlor bo’yicha), kg/ m3,
n- Sho’r yuvishdan ekin ekkunga qadar suvning bug’lanishiga sarfi, m3/ga,
A- shu davrda tushadigan yog’in miqdori, m3/ga. P, m va S ning qiymatlarini aniqlashda hisobiy qatlam qalinligi har xil sharoitlari uchun turlicha belgilanadi. Masalan, Farg’ona vodiysining sharqiy tumanlaridagi suv ko’taruvchanlik xususiyati kichik bo’lgan mexanik tarkibli yengil tuproqlari uchun 0,7-0,8 m. suv ko’taruvchanlik xususiyati o’rtacha bo’lgan o’rtacha qumoq tuproqlari uchun 0,8-1,0 m va Mirzacho’ldagi suv ko’taruvchanlik uchun 1-1,3 m qilib belgilanishi mumkin.
Tuproq hisobiy qatlamining nam zahirasi (m3) quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |