Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа
Dehqonchilik fanining rivojlanish tarixi. Qishloq xo’jaligining rivojlanishi jarayonida “Dehqonchilik” tushunchasi ham o’zgargan, ya’ni ilk tarixiy davrda uni qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi deb tushungan. Keyinchalik chorvachilik alohida ajralib chiqgandan so’ng, dehqonchilik faqat o’simliklar bilan shug’ullanadigan bo’ldi.
Nemis olimi A.Teyer XIX asr boshlarida yezgan “Qishloq xo’jaligining rasional asoslari” nomli 4-tomli kitobida dehqonchilik yana 2-qismga bo’lindi. 1-qismda umumiy masalalar o’rganilib umumiy dehqonchilik deb yuritildi, 2-qismida har qaysi o’simliklar texnologiyasi o’rganilib, “o’simlikshunoslik” deb yuritildi.
Keyinchalik dehqonchilikdan bir nechta maxsus fanlar ajralib chiqdi. M: mexanizasiya, o’simliklar fitopatologiyasi, entomologiya. 20-asr boshlariga kelib esa, agroximiya, meliorasiya fanlari ajralib chiqdi. Shunday qilib, umumiy dehqonchilik fani uchun ekin maydonlaridan rasional foydalanish, tuproqning effektiv unumdorligini oshirish, begona o’tlar va ularga qarshi kurash, almashlab ekish va dehqonchilik tizimi to’g’risidagi masalalar ko’riladi.
Dehqonchilik fanini rivojlanishida qator olimlar o’z hissasini qo’shgan. Masalan: M.V.Lomonosov (1711-1765) “Yer qatlamlari haqida” nomli asarida qora tuproq kelibchiqishini bayon qildi. A.T.Bolotov XVIII asrning ikkinchi yarmida yer tuzilishi, almashlab ekish, begona o’tlarga qarshi kurash, o’g’itlash masalalari buyicha maqolalar bilan dehqonchilikning asosiy prinsiplarini ta’rifladi. U yetti dalali almashlab ekishning 3 ta dalasi quruq bo’lishini bayon etdi. I.M.Komov 1898 yilda ”Dehqonchilik xaqida” asarida partov sistemasiga qarshi chiqib u ko’p dalali va ekinlar navbatlab ekiladgan almashlab ekishni tavsiya qildi. D.I.Mendeleyev mineral o’g’itlarni qo’llashni tekshirib, dehqonchilikni intensifikasiyalashga da’vat etdi. M.G.Pavlov (1793-1840) almashlab ekishni keng tashviqot qildi. K.A. Timiryazev, D.N. Pryanishnikov A.G.Doyarenko, K.K.Gedroys va boshqa olimlar o’simliklarni oziqlanishi va uni boshqarish masalalari buyicha qator asarlar yaratganlar. S.N. Rijov (1903-1981) O’zbekiston paxtachilik mintaqalarida g’o’zani sug’orish, tuproqning fizik xossalarini o’rganib, dehqonchilik rivojlanishiga katta hissa qo’shdi. M. Muhammadjonov., Tursunxo’jayev va boshqalar qadimdan sug’orib dehqonchilik qilinayotgan mintaqalarda g’o’za, yem-xashak ekinlari ekiladigan yerlarda almashlab ekishni joriy qilish, yerlarni chuqur haydash va haydalma qatlam qalinligini tabaqalashtirish va tuproq unumdorligini tubdan oshirishga undovchi dehqonchilikni yangi tizimini ishlab chiqdi va shu borada ish olib bordilar. A.K.Qashqarov dehqonchilikda asosiy haydov chuqurligini tabaqalashtirish, o’tmishdosh ekinlarni o’rganish, va yerlarga ishlov berishga oid asarlar muallifidir. Institutimiz olimlari professorlar Ye.P.Gorelov va R.O.Oripovlar dehqonchilikda oraliq ekinlar va ularning tuproq unumdorligi va g’o’za hosildorligiga ta’sirini yoritib bergan bo’lsalar, D.Kuguchkov, P.Uzoqov, F.Hoshimov, I.Sulaymonov va boshqa ko’pgina olimlarning ishlarida tuproq unumdorligini oshirish, shu bilan birga mineral va organik o’g’itlarni ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqarishga tavsiya etilgan.