«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonuni



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə7/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

Tuproqdan olingan moddalarni qaytarish qonuni. Bu qonun 1840 yil nemis olimi Yu.Libix tomonidan ixtiro qilingan. K.A.Timiryazev va D.N.Pryanishnikovlar bu qonun fandagi yirik ixtiro deb baholaganlar. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, o’simliklar hosili bilan tuproqdan oziq moddalarni oladi, ammo o’simliklar o’zlashtirgan oziq moddalardan bir qismigina go’ng tariqasida tuproqqa qaytadi, qolgan qismi olinadigan mahsulotimiz bilan chiqib ketib tuproqqa qaytib tushmaydi. Shunday ekan, dehqonlar yerdan olingan moddalarni tuproqqa qaytarish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi kerak.
Yu. Libix tuproq unumdorligi masalasiga bir tomonlama yondashib, o’sha davrning ijtimoiy rivojlanish qonunlariga e’tibor qilmay, dehqonchilikdagi kamchiliklarni sezgan holda u qaytarish qonuniga to’la amal qilinganda tuproq unumdorligini saqlab turish mumkinligini qayd qilgan, tuproq unumdorligini talon- taroj qilish halqni kambag’allikka mahkum etadi, unumdorlikni saqlash esa ularning hayoti, boyligi va kuch- quvvati degan edi.
Masalan, 1 t paxta hosil bo’lish uchun 30-70 kg gacha (o’rtacha –50 azot), 10-20 kg gacha fosfor va 30-60 kg gacha (o’rtacha – 50) kaliy; ingichka tolali g’o’za navlarida esa o’rta tolalilarga qaraganda oziq moddalar 20-25 % ko’proq sarflanadi. Bugungi kunda Libix fikriga amal qilib paxta ekiladigan maydonlarga mineral o’g’it sifatida paxta hosili bilan birga tuproqdan chiqib ketgan oziq moddalarning o’zini va ko’rsatilgan miqdor qo’llanilsa, tuproqning unumdorligi qonuniga ko’ra bir me’yorda saqlanishi lozim. Ammo, amalda bunday bo’lmaydi, chunki dehqonchilikda oziq moddalarning asosiy qismi hosil bilan tuproqdan chiqib ketadi, Lekin uning bir qismi tuproqning pastki qatlamlariga o’tadi, oqar suvlar bilan tuproq eroziyasi natijasida ham kamayadi va ularni aniq hisobga olish ancha murakkab. Ishlab chiqarish sharoitida mineral o’g’it sifatida tuproqqa asosan azot, fosfor va kaliy hamda ayrim mikroelementlar qaytariladi xolos.
Qaytarish qonunining ta’sirini faqatgina oziq elementlari doirasidagina emas, balki keng ma’noda tushunmoq kerak, chunki u o’simliklarining hayot omillariga ham talluqlidir.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin