«dehqonchilik va meliorasiya asoslari»


-jadval Sizot suvlarning minerallashganligi



Yüklə 18,75 Mb.
səhifə74/152
tarix15.09.2023
ölçüsü18,75 Mb.
#143772
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152
Dehqonchilik va meliorasiya asoslari фанидан мажмуа

8 -jadval
Sizot suvlarning minerallashganligi



Tartib№

Minerallashganligi



Minerallashganlik
darajasi,g/l

1
2
3
4
5
6
7
8

Minerallashmagan
Juda kuchsiz minerallashgan
Kuchsiz minerallashgan
O’rtacha minerallashgan
Kuchli minerallashgan
Juda kuchli minerallashgan
Namakobga yaqin
Namakob

1
1-3
3-4
5-10
10-20
20-40
40-50
50

Sizot suvlari minerallashgan mintaqalarda, ular sathini mutlaqo yuqoriga ko’tarilishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Buning uchun ekinlarni sug’orish rejimini to’g’ri belgilash, sug’orish tarmoqlaridan filtrasiyaga sarf bo’layotgan suvlarni kamaytirishga erishish lozim.
3. Tuproqning paydo bo’lish jarayonida hamda sho’rlanish va botqoqlanishda tabiiy gidrogeologik sharoitlar, yani sizot suvlarining joylashish chuqurligi, oqim tezligi va minerallashganligi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham daryo havzalari, yani suv ayirgichlardan to sohilgacha bo’lgan masofa to’rtta gidrogeologik mintaqalarga bo’linadi (M.Legostayev, 1959).
I-Gidrogeologik mintaqa-yer usti suvlarining singib kirish mintaqasi. Bu mintaqa tog’ va tog’ oldidagi suv yig’ish va daryolarning konus yoyilmalarining ustki qismlardagi maydonlarni o’z ichiga oladi. Iqlimi ancha salqin, yillik yog’ingarchilik miqdori 400-600 mm va undan ko’p, bug’lanish esa kam (1000-1200 mm) bo’ladi. Joyning relyefi asosan makro relyef, mezorelyefli va katta nishablikka ega.
Tuproqning ustki qatlami uncha qalin bo’lmagan (1,5-2 m) qumoq va gil zarrachalaridan iborat.
Sizot suvlari bosimsiz, joylashish sathi 10-30 m va undan ham chuqurda bo’ladi, oqim tezlig juda katta. Sizot suvlari chuchuk (minerallashganlik darajasi 0,2-0,3 g/l).
Birinchi gidrogeologik mintaqa tuproqlarining meliorativ holati sho’rlanmaganligi va botqoqlanmaganligi jihatidan juda qulay hisoblanadi. Lekin tuproq eroziyasi jihatidan juda noqulaydir.

Yüklə 18,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin