o’quvchi: 5-modda: O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan o’z davlat ramzlari- bayrog’i, gerbi va madhiyasiga ega.
Olam ahli bilan qilib barobar, Ayladi qadrdon, do’st-u birodar. Chiqardi millatlar uyin to’riga, Umr qo’shdi O’zbekiston umriga. Mulki jahon bayroqlari qatori,
Shula sochdi bayrog’imiz sharori. Olam aro madhiyamiz yangradi, Eshitganki, kishi joni yayradi.
Mustaqillik bergan oliy baxtdir bu, O’zbekka yarashgan toj-u taxtdur bu!
“Yurt bayrog`i” qoshig`i
o’quvchi: 6-modda: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent shahri.
Ey ko’hna diyorim, ona Toshkentim, Tarixda nomi Choch, gohi Shoshkentim!
Binkentu, Banokat, ko’zi yosh kentim,
Egilgan, sinmagan, boshi Toshkentim!
o’quvchi: 7-modda: Xalq davlat hokimyatining birdan-bir manbayidir.
Adolatning qo’yib tamal toshini, Yo’lboshchi ko’tardi xalqning
boshini.
U tinim bilmasdan ishladi shoyon. Konstitutsiyaga fido qildi jon.
Birnchi o’ringa qo’yib insonni, Inson sharafiga baxsh etdi jonni. Qonunlar insonga qilmasa xizmat,
Qonunlar insonni etmasa izzat. Qonun emas, dedi undayin qonun, Qonunda Insondir zori Humoyun. Davlatning sharafi, shoni insondir, Tanasi, yuragi, joni insondir.
o’quvchi: 29-modda.Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.
Har kim o`zi istagan axborotni izlash , olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi
konstitsiyaviy tizimga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa
cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin
Fikrlash, so’z, e’tiqod
Erkinligi bor bizda.
Tafakkur , erkin ijod
Jo’sh urar qonimizda.
“Avval o’yla”, deganlar
Fikrlaymiz o’ylaymiz.
So’zga navbat kelganda
Odob bilan so’zlaymiz.
|