o’quvchi: 1-modda: O’zbekiston suveren demokratik Respublika. Davlatning O’zbekiston Respublikasi va O’zbekiston degan nomlari bir xil ma’nonibildiradi
Karnay-surnay ovoz berdi jahonga, Jahonni qaratdi O’zbekistonga.
Temurning ruhiga qilib qasamyod, Yolboshchimiz etdi xalq dilini shod, Yo’lboshchi so’zini ettirdi davom,
Dilida xalqiga chuqur ehtirom Hech hazon bo’lmasin biz kezgan chaman,
Bizdan qolsin ozod va obod Vatan.
o’quvchi:
Ey, ozod diyorim, O’zbekistonim. Ey obod diyorim O’zbekistoni!
“ Do`ppi tikdim” raqs
o’quvchi: 3-modda: O’zbekiston Respublikasi o’zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini,davlat hokimyati va boshqaruv organlarining tizimini
belgilaydi, ichki va tyashqi siyosatini amalgam oshiradi. O’zbekistonning davlat chegarasi va hududi dahlsiz va bo’linmasdir.
Dunyo xaritasin bezab shersimon, Qulochini yoydi hur O’zbekiston. Xaritaga soling diqat nazarin, Ko’ring, havas qiling yurtim manzarin.
U qaddin rostlagan sherga o‘xshaydi.
Pahlavon, bahodir erga o’xshaydi. Istibdod zanjirin uzib batamom, O’zligin olamga etdi namoyon.
Ozod nafas oldi bu jaho aro,
Va dunyo bog’iga baxsh etdi oro.
o’quvchi: 4-modda: O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o`z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an`analari hurmat qilinishini ta`minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoityaratadi.