o’quvchi: 55- modda Yer,yer osti boyliklari , suv, o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlatmuhofazasidadir.
Yer,yer osti boyliklar, Suv, o`simlik dunyosi- Umummilliy xazina, Topilmaydi qiyosi.
Qanoat, insof darkor, Tagi mo`l bo`lgan bilan, Kelajakning haqqi bor, Oqilona foydalan!
o’quvchi: 64-modda: Ota- onalar o`z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdilar. Davlat va jamiyat yetim bolalarni va ota- onalarining vasiyligidan mahrum bo`lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o`qishni ta`minlaydi, bolalarga bag`ishlangan xayriya faoliyatlarni rag`batlantiradi.
Ko`zlarida mehr bor, so`zlarida sehr bor, Beshik ustida bedor- mehribon onaizor. Oq yuvib, oq taragan, yo`limizga qaragan, Ko`nglimizga qaragan- mehribon onaizor.
Ota-oila suyanchi,tog`dek ulug` tayanchi, Biz tufayli quvonchi, baxtimizdan baxtiyor,
Sog`-salomat yursinlar, kamolimiz ko`rsinlar, Ertaga ham bo`lsinlar baxtimizdan baxtiyor
o`quvchi: 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o`z ota- onalari haqida g`amxo`rlik qilishgamajburdirlar
Jonajon onajon! Mehribon otajon! Siz hayotferdingiz, Bol, novvot berdingiz. Quyoshim,oyimsiz, Bor bo`ling doim Siz! Ulg`ayib albatta,
Bir umr xizmatda Bo`lamiz begumon, Otajon, onajon