Komponentalar—sinflarning nusxalari bolib. TComponent sinfining
davomchilaridir (avlodidir). Boshqa hamma sinf nusxalari obyektlar deyiladi. Komponentalar bilan obyektlar orasidagi farq shundaki,
formada komponentalarbilan (manipulatsiya qilish) ish ko‘rish mumkin,
lekin obyekt bilan ish ko‘rish mumkin emas. Masalan, komponenta
bolmagan TFont sinf obyektini qaraydigan bo‘lsak uni formaga
joylashtirib bolmaydi. Komponentalar Label yoki Edit lami formaga
joylashtirish mumkin va ulamijoylashtirishda TFont sinfturiga ktruvchi
Font xossasidan foydalaniladi.
VCLga kimvchi sinf TObject boshqa hamma sinflarning eng
yuqorisi bo‘lib. obyektlami tuzish vaboshqarish imkoniniberadi. Bu
sinfga bir necha usullar birlashtirilgan.
63
VCLga kiruvchi TPersistent sinfi TObject sinfidan kelib chiqadi va u
obyektlami tashkil qilish uchun o‘zida bir necha usullami saqlaydi.
VCLga kiruvchi TComponent sinfi barcha komponentalar
iyerarxiyasining eng yuqorisida joylashadi. TComponent sinfi
davomchilari vizual bolmagan komponentalar bo‘lib hisoblanadi.
Vizual bolmagan komponentalar dastuming loyihalash bosqi-chidagi
tashqi ko‘rinishi dasturning bajarilishi bosqichidagi ko‘rinishidan
mutloq farq qiladi. Ayrimlari dastuming bajarilishi vaqtida umuman
ko‘rinmaydi. TComponent sinfi vizual komponentalar uchun asos
sinf bolib hisoblanadi.
VCLga kiruvchi TControl sinfi katta qismdagi xossalar, usullar va
vizual komponentalar hodisalarini ta’minlab beradi. Bular yordamida
klaviaturadan va sichqonchadan foydalangan holda ma’lumotlarni
ekranga chiqarish va dasturga kiritish mumkin.
TWinControl sinfi TControl sinfining davomchisi bo‘lib. oyna
elementlarini boshqarishni yaratish uchun ishlatiladi.
TGraphicControl sinfi TControl sinfining davomchisi bo‘lib. grafik
elementlarini boshqarish uchun ishlatiladi. TGraphicControl sinfining
asosiy a’zolari quyidagilardir: Shape —geometrik figura; PaintBox —
rasm chizish uchun panel; Image —tasvir; Bevel —uch olchovli
ramka. TGraphicControl sinfi bitta usul va bitta xossaga ega.