Sinf elementlariga murojaatni boshqarish uchun protected
(himoyalangan) va private (xususiy) direktivalardan foydalaniladi.
Himoyalangan, ya’ni protected sinf elementlariga sinfdan
tashqari
faqat voris sinflarga murojaat qilish mumkin. Odatda, protected
seksiyasiga sinf usullari ta’rifi joylashtiriladi.
Yopiq, ya’ni private sinf elementlari faqat modul ichida murojaat
qilishi mumkin. Odatda, bu seksiyaga sinf maydonlari ta’riflari
joylashtiriladi.
Quyida murojaatni boshqarish direktivalaridan
foydalanilgan
TPerson sinfi ta’rifi keltirilgan:
TPerson =
class private
FName: TName;
FAddress: TAddress;
protected
Constructor Create(Name:TName);
Function GetName: TName;
Function GetAddress: TAddress;
Procedure SetAddress(NewAddress:TAddress);
Property Name: TName
read GetName;
Property Address: TAddress
read GetAddress
write SetAddress;
end;
Polimorfizm — bu har xil sinfga kiruvchi usullar uchun bir xil
nomlarni ishlatish imkoniyatini yaratishdir.
Polimorfizm prinsipi
shundan iboratki, sinf obyektiga mos bo‘lgan
biror ishning
bajarilishida bir xil usulga murojaat qilish mumkinligini ta’minlab
beradi. Misol uchun biz yangi sinf tashkil qilishga qaror qildik. Bu
sinfningbosh sinfdan farqi uning usulida algoritm o‘zgartirilgan deylik.
Natijada biz, bir xil nomli usulga ega bolgan ikkita sinfni tashkil
qilgan bolamiz. U holda, tashkil qilingan yangi sinf «polimorfizm»
xossasiga ega boladi. Sinflar dasturning
Type bolimida umumiy
holda quyidagicha e’lon qilinadi:
Type