Demografik jarayonlar, birinchi navbatda, ijtimoiy-mehnat sohasiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi


-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda tugʻilganlarning miqdori va tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti



Yüklə 395,15 Kb.
səhifə4/12
tarix24.02.2022
ölçüsü395,15 Kb.
#53047
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ijtimoiy siyosatda demografik omillar

2-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda tugʻilganlarning miqdori va tugʻilishning umumiy koeffitsiyenti

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018 yil maʼlumotlari

Mamlakatda nisbatan yuqori tugʻilish darajasi mavjudligi quyidagi holatlarga olib keldi: bugungi kunda Oʻzbekistonda mehnat resurslari mamlakat aholisining 57,7 foizini tashkil etadi. Ushbu nisbatning koʻrsatkichlariga koʻra, Oʻzbekiston dunyoda yetakchi oʻrinni egallaydi.

Demografik rivojlanish va innovatsion tendensiyalar taʼsirida iqtisodiyotning tubdan tarkibiy oʻzgarishlar

Oʻzbekistonning 2017 yil 1 yanvar holatiga koʻra 18,8 million mehnatga layoqatli resurslaridan 14,6 million kishi iqtisodiy jihatdan faol va 4,2 million kishi iqtisodiy faol boʻlmagan aholi toifasiga kirishadi. Iqtisodiy faol aholi sonining 5,3 mln. kishi yoki 40,2% iqtisodiyotning rasmiy sektorida va 7,9 mln. kishini yoki 59,8% norasmiy ishlab chiqarish sektorida ishlaydi. Bu raqam Oʻzbekistonning milliy iqtisodiyotining bozor tizimini chuqurlashganligi dinamik darajasining hozirgi holatini belgilab beradi va shu bilan birga jamiyatdagi mehnat resurslarini sanoat va hududlar miqyosida taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligi, malakaviy, jinsiy hamda yoshiga doir darajasi boʻyicha jiddiy muammolar mavjudligidan dalolat berib turibdi .



3-rasm. 2000-2017 yillarda Oʻzbekistonda band aholi sonining oʻzgarishi

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining 2018 yil maʼlumotlari

Oʻzbekiston iqtisodiyoti oldida mehnatga layoqatli aholini bandlik darajasini oshirish uchun prinsipial yangi, innovatsion talablariga muvofiq siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning dolzarb muammolari turibdi. Mamlakatimizda istiqbolda yuqori darajadagi demografik bosimni mehnat bozoriga salbiy taʼsirini eʼtiborga olgan holda iqtisodiy faol aholini ishga jalb qilish borasida davlat dasturlari va tadbirlari amalga oshirib kelinmoqda.

Yuqorida qayd etilganidek, respublika demografik oʻtishning uchinchi bosqichida, yaʼni yosh aholi tarkibiy tuzilishi hisobiga tugʻilish darajasi va oʻlim koʻrsatkichining pastligi bilan tavsiflanadi. Hozirgi paytda aholimiz oʻrtacha yoshi 25,7 yoshni tashkil etadi (erkaklar — 25,2, ayollar — 26,3 yosh). Aholining yillik tabiiy oʻsishi 450-500 ming kishini tashkil etadi. [3.15]. Oʻzbekistonning mehnat bozorini shakllantirishga taʼsir qiladigan yosh tarkibiy tuzilishining oʻziga xos xususiyati 30 yoshgacha boʻlgan aholining katta qismini tashkil etadi.

Demografik jarayonlar uchun yana bir muhim masala — Oʻzbekiston aholisi ulushida pensionerlarning oʻrni asta-sekin oʻsib borishi. Pensiya sohasida mavjud vaziyatga taʼsir koʻrsatadigan asosiy omillardan biri aholini ish bilan bandlik koʻrsatkichlarida tarkibiy oʻzgarishi hisoblanadi. Xususan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga mehnat resurslarining beqaror rasmiy sohalardan xususiy sektorga oqimi kuchayishi, kichik chakana savdo shaklida ifodalangan norasmiy ish bilan band aholi oʻsishi, asosan qishloq xoʻjaligi sohasidagi norasmiy ish bilan vaqtincha band boʻlganlar va boshqa turdagi xizmat qilayotgan shaxslar kiradi. Ushbu toifadagilar faoliyati asosiy xususiyati — mehnat shartnomalari va ijtimoiy himoya kafolatlarining mavjud emasligi, soliqlarni muntazam toʻlamaslik va ijtimoiy jamgʻarmalarga majburiy ajratmalar hamda Respublika Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasiga tushmayotgan badallardir.

Yaqin kelajakda respublikada “aholi keksayishi“, yaʼni pensiya yoshidagilarning miqdori 2050 yilga borib ikki baravariga oshishi prognoz qilinadigan hamda bosqichma-bosqich va uzoq muddatli boshqa demografik oʻzgarishlar kutilmoqda. “Aholining qarishi“ demografik jarayoni asosan hozirgi 30-35 yoshdagilarning pensiya yoshiga yetib borishi va ular oʻrniga kelganlar miqdori jihatidan nisbiy kamligi bilan ifodalanadi. Yaʼni, umr koʻrish davomiyligining sezilarli oʻsishi hisobiga emas, balki tugʻilish darajasi kamayganligi sababli, tugʻilishning asta-sekin kamayib ketishi sharoitida aholi reproduktivligini, tugʻilish darajasi va oʻlim darajasi va ularning nisbati, yoshi kattaroq davrda oʻlim darajasining pasayishi bilan bogʻliqdir. Yuqorida keltirilgan demografik tendensiyalar odatda aholi reproduktiv salohiyatiga mos keladi. 2000-yillarning boshlarida tugʻilgan bolalarning avlodi 2023 — 2030 yillari mehnatga layoqatli yoshga kiradi va 1960 yillarning avlodi esa shu davrda “mehnatga layoqatli“ yoshni tark etadi. Bu salohiyatli pensionerlar sonining keskin oʻsishining asosiy sababi hisoblanadi.

Oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda, bizning hisob-kitoblarga koʻra, mehnatga layoqatli aholi sonining oʻsishi davom etadi (ulush 2020 yilda 10 foizgacha, 2030 yilda 13 foizdan, 2040 yilga kelib esa 15 foizdan koʻp boʻlishi mumkin). Bu oʻsish pensiya tizimi va sogʻliqni saqlash sohasiga demografik “bosim“ni sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Oʻzbekistonda 2000-yillarning boshlarida pensiya tizimining faoliyati ish haqining miqdor darajasi pastligi va pensiya miqdori past boʻlishiga qaramay, nisbatan moliyaviy jihatdan yomon holatda emas edi. Bu aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga pensiya va nafaqalarni oʻz vaqtida kafolatli toʻlash imkonini berardi. Oʻsha davrda 1 nafar pensionerga 4 nafardan ortiq ishlovchi toʻgʻri kelib, oʻrtacha pensiya oʻrtacha ish haqining deyarli 39 foizni tashkil etdi (kamida 30 foiz chegara bilan). Iqtisodiyotda bozor mexanizmlari (inflyatsiya jarayonlari, ishsizlikning baland darajasi, norasmiy sektorda ishchilar sonining oʻsishi) sifatida pensiya toʻlovlari bilan bogʻliq pensiya tizimining tashkiliy va moliyaviy holati hamda qonunchilik bazasi tobora keskinlashib bormoqda.

Shunday qilib, soʻnggi yillardagi demografik tendensiyalar Oʻzbekiston aholisining yoshiga doir oʻrtacha qarish koʻrsatkichlarini tezlashtiradi. Bu tendensiya, oʻz navbatida, aholining ijtimoiy himoya va pensiya taʼminoti tizimlarining moliyaviy holatini istiqbolda jiddiy murakkabliklarga duchor qilishi mumkin. Yaʼni, demografik rivojlanishdagi umumiy barqarorlikka qaramasdan, Oʻzbekiston barcha rivojlangan davlatlar singari 2030 yildan boshlab pensiya jamgʻarmasi va sogʻliqni saqlash tizimlariga oʻzining moliyaviy bosimini xavfli kuchayishi davriga kirib boradi.

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, milliy iqtisodiyotimizda va jamiyatimizda quyidagi tashkiliy, qonuniy va moliyaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishni taqozo etadi:

Birinchidan, mamlakatdagi aholi tarkibida mehnatga layoqatli darajadagilar miqdori koʻp boʻlishiga qaramasdan ularning oʻrtacha daromad miqdorlari hali baland darajada boʻlmaganligini hisobga olib, pensiya tizimining barqaror faoliyat koʻrsatishi uchun institutsional, qonunchilik va moliyaviy mexanizmlarni tubdan isloh qilish, shu jumladan, 2026 yildan boshlab pensiya yoshini (ayollarga -60, erkaklarga 65 yosh) bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishish zarur.

Ikkinchidan, aholi turmush darajasi va sifatining oshishi, innovatsion texnologiyalarga xos ish oʻrinlarini tashkil etish va faoliyatini yuritish, ishchi xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish bilan jamiyatda ijtimoiy-mehnat munosabatlarining mazmun-mohiyatini sifat jihatidan oʻzgartirish, aholi hayotining umumiy umr koʻrish davomiyligini koʻpaytiradi. Jamiyatda tibbiy va maʼrifiy xizmatlarning sifatini yaxshilash aholining ijtimoiy va iqtisodiy madaniyatini oshirishga yordam beradi, bu shubhasiz aholining demografik tuzilmasini barqarorlashtirishga va chaqaloqlarning tugʻilish surʼatlarini nisbatan pasayishiga olib keladi.

Uchinchidan, “2050 yilgacha Oʻzbekiston aholisining demografik rivojlanish prognozi“ni ishlab chiqish va milliy maʼnaviyatning tarixiy anʼanalari va urf-odatlari talablarini hisobga olingan holda “Oʻzbekiston demografik siyosati konsepsiyasi“ni qabul qilish, yosh oilalarning reproduktiv salomatligini saqlashdagi salbiy tendensiyalarning oldini olish zarur.

Toʻrtinchidan, Oʻzbekistonda demografik jarayonlarining tezkor kuzatish uchun zamonaviy elektron tizimni yaratish, ularning haqqoniyligini oshirish va umum statistik shakllariga solish uchun 2022 yilda Oʻzbekistonda aholini umumiy roʻyxatdan qayta roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish zarur.

Beshinchidan, mamlakat mehnat resurslarining mavjud potensialini taqsimlash va ulardan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish maqsadida “Oʻzbekiston tarmoqlari va hududlari mehnat resurslari balansi“ni tahlilini qilish va 2050 yilgacha boʻlgan mehnat resurslarining prognozini ishlab chiqish.

Oltinchidan, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion shakllari va usullariga keng oʻtish istiqbollarini hisobga olgan holda, oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, barcha oliy taʼlim tizimini markazlashtirilgan maʼmuriy tizimdan shartnomaviy ijtimoiy sheriklar shakllariga haqiqiy iqtisodiyot vakillari (universitetlarning buyurtma portfelini shakllantirish), taʼlim sohasida aralash moliyaviy (byudjet, kontrakt va buyurtma) mexanizmni joriy etish zarur.

Demografik siyosat-aholi siyosatning asosiy qismi bo’lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o’ziga xos hususiyatlarga, yo’nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo’lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib botiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo’nalishi hisoblanadi.

Aholi rivojlanishi esa, o’z maqsadida uning xam miqdoriy sifatiy jixatlarini o’zgarib borishida namoyon bo’ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda ma’lum davrda, ma’lum hudud aholisi yoki millatining son jihatidan o’zgarib borshi tushiniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatligi, o’rtacha umr ko’rishi, bilim darajasi va ma’lum tarbiya olishi komilligida o’z ifodasini topadi. Aholi tivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo’lib, u o’z ichiga asosan oiladan, oila muhitida olar edi. Keyinchlik sanoat asta- sekin rivojlanib borishi natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo’lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta’lim tizimini yanda rivojlantirishda, yoshlarga naxsus bilim berib, kasb-xunar o’rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada o’lkamizda ta’lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Xozirgi davrda O’zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o’z ichiga oladi.

Respublikada aholi siyosati o’zaro chambarchas bog’langan bo’g’inlardan tashkil topgan. Ushbu bo’g’inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlari kiritish mumkin.

Demografik siyosat aholi siyosatini uzviy qismi bo’lib, uning asosiy maqsadi aholini miqdoriy rivojlanishi bosqichlaridan iboratdir. Demografik siyosatning asosiy obyekti aholining takror barpo bo’lish jarayoni xisoblanadi.

Demografik siyosat orqali kutilgan, istalgan aholi takror barno turiga erishiladi. Ma’lumki aholi takror barno bo’lishi tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog’liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo’li bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosat vaziyatlaridandir. Jamiyat taraqqiyotiga nazar tashlasak, demografik jarayonlarni, ayniqsa tug’ilish, nikohni jamiyat tomonidan boshqarilganligini guvohi bo’lamiz. Hatto bu haqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Aratsu asrlarida ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug’ilish va nikohni ozod insonlar o’rtasida qo’llab – quvvatlovchi, qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar yaratilganki, ularda nikoh, cheklanmagan tug’ilish va katta oilalar aholini muntazam ko’payib borishini omili sifatida ximoya qilingan, qo’llab – quvvatlangan Yevropada kapitalistik ishlab chiqarish usulini rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarini, yo’nalishlarni kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Sanoatni rivojlanishini shahar turmushi tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo’lgan talab kamaydi. Ko’p bolali ayollarda, kapitalistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi, natijada tug’ilish o’z-o’zidan kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarida tug’ilish XIX asrning birinchi o’n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu davlatlarda XX asirga kelib aholini ta’biy o’sishi nihoyatda kamayib ketdi.

Aholi takror barno bo’lishi kengaygan turgan qisqargan turdan o’tdi. Natijada bu davlatlarda aholini qarishini “Demografik qarish” jarayoni sodir bo’ldi. Bu xam davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib borishni taqozo etdi. 1946-yilda Fransiyada tug’ilishni ko’tarish orqali aholi miqdori ko’payishiga erishishi maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi ayniqsa uchinchi farzandlarining tug’ilishida alohida nfaqa ajratildi. 1960-1970-yillarda tu’gilishini ko’tarish maqsadidan demografik siyosat boshqa rivojlangan davlatlarga xam olib berildi. Lekin ushbu davlatlardagi siyosiy mulkchilik formasi tug’ilishini ko’paytirish uchun hamma chora tadbirlarni qo’llashda ba’zi muammolarni keltirib chiqarar edi . Shu bois yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug’ilish darajasini ko’tarib, optimal, normal xolgagina keltirishni juda mushkul bo’lmoqda. Rivojlanayotgan davlatlarga esa. Aksincha 1960-1990-yillarda tug’ilishning yuqori darajada turganligini va o’lim hollarining keskin kamayganligi natijasida aholining tibbiy o’sishi juda yuqori darajada bo’ldi. Natijada Osiyo, Afrika va janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan davlatlarda aholi soni birdan ko’payib ketdi. Bu xolini demografik mutahassislar “Demografik portlash” deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan. Xolda aholisining bunday tez ko’payishi tug’lilishini cheklashga majbur etdi. Natijada rivojlanayotgan davlatlarga davlat tomonidan “oilani rejalashtirishi” ya’ni “tug’ilishini nazorat etish” borasida demografik siyosat olib boriladi masalan, hitoyda bir oilaga bir bola siyosati olib boriladi.

Demografik siyosat-aholi siyosatning asosiy qismi bo`lib, jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlari va turli davlatlarda o`ziga xos hususiyatlarga, yo`nalishlarga egadir. Aholi siyosati demografik siyosatga qaraganda keng qamrovli bo`lib, aholini rivojlantirish maqsadida olib botiladigan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yo`nalishi hisoblanadi.

Aholi rivojlanishi esa, o`z maqsadida uning xam miqdoriy sifatiy jixatlarini o`zgarib borishida namoyon bo`ladi. Aholining miqdoriy rivojlanishi deganda ma`lum davrda, ma`lum hudud aholisi yoki millatining son jihatidan o`zgarib borshi tushiniladi. Aholining sifatiy rivojlanishi esa, asosan uning salomatligi, o`rtacha umr ko`rishi, bilim darajasi va ma`lum tarbiya olishi komilligida o`z ifodasini topadi. Aholi tivojlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining uzviy qismi bo`lib, u o`z ichiga asosan oiladan, oila muhitida olar edi. Keyinchlik sanoat asta- sekin rivojlanib borishi natijasida mexnatga tayyorlashda maxsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur bo`lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta`lim tizimini yanda rivojlantirishda, yoshlarga naxsus bilim berib, kasb-xunar o`rgatishga extiyoj yaratdi. Natijada o`lkamizda ta`lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi. Xozirgi davrda O`zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o`z ichiga oladi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin