XX asrning 20 yillaridan boshlab aholi o`sishining asosiy komponentlari,tug`ilish, o`lim jarayonlaridagi o`zgarishlarni xisobga olgan xolda, takomillashgan uslublar yordamida demografik bashoratlar xisoblana boshlandi. Ana shu yillarda Fransiya, Germaniya, Iraliya, Daniya davlatlari aholisining kelajakdagi miqdori demografik bashoratlar orqali, aniqlandi.
1921 yili EM. Tarsov, S.G. Struminlar 1921-1941 yillar uchun Rossiyaaholisining demografik istiqbolini ishlab chiqdilar.
A.S.Novoselskiy, B.B Poevskiy, M.B. Ptux, Yu.A.Korchak-Chepurkovskiy, A.P.Komnko, B.Babaninlar tomonidan xam demografik bashoratlar ishlab chiqilgan. Demografik bashoratning uslublari eas Rossiyalik aholishunos olimlar A.Ya. Boyarskiy B.Tsi. Urlanis, V A. Borisovishlarida keng o`rin olgan. O`zbekistonda demografik bashoratni ishlab chiqishi asosan 1960 yillardan boshlanadi. Respublikada dastlabki demografik bashoratlar aholishunos olim M.K.Qoraxonov. raxbarligida 1962-1980 yillarda ishlab chiqilgan. Keyinchalik Respublikada Mullajonov, Ubaydullayeva, Ali-Qoriyev, Boriyeva, Maqsakova boshqalar xar tomonlama mukammal bashoratlar ishlab chiqishdi. 30 yilgacha bo`lgan davr uchun xisoblanadi. Ushbu bashoratda aholini tug`ilish va o`lim jarayonlari, aholi migrassiyasida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan o`zgarishlar ilmiy asosda o`rganiladi va bashorat tuzishda xisobga olinadi.
Uzoq muddatlidemografik bashoratlar 30-60 yilda qo`llanadi. Bunday bashoratlar aholi tug`ilishi va o`liminign kelajakdagi o`zgarishlar xaqidagi gepotezalarga asoslangan. Uzoq muddatli demografik bashoratga aholi tigrassiyasini xisobga olish bir muncha murakkabroq kechadi. Chunki aholi migrassiyasi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar bilan bir qatorda jamiyatda, tabiatda yuz bergan yasodifiy jarayonlar bilan xam bog`liqdir. Shu tufayli uzoq muddatli demografik bashoratlarning aniqlik darajasi nisbatan pastroq bo`lishi mumkin.