7-15-19 , -/20-24 , 725-29 , 745 49 v 7-15-49
z2011 + z 201 1 + z2011 + " ' z 201 1 ~ Z-z20ll •
Mazkur yo‘l bilan 2011 yilda tug‘ilishi kutilayotgan bolalar soni aniqlanadi.
Shu tariqa keyingi prognoz qilinayotgan yillar uchun ham tug‘iladigan bolalar soni aniqlanadi. Buning uchun yosh guruhlari bo‘yicha tug‘ilish
koeffitsentlari, tug‘ilishdagi o‘zgarishlar, o‘lim holatlari, migratsiya, aholining reproduktiv maylidagi o‘zgarishlar hisobga olinishi kerak.
Shunday qilib, kogort tadqiqotlarining natijalari demografik tahlilda borgan sari kengroq qo‘llanilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, demografik prognozlashtirishda tug‘ilish tendentsiyasining istiqbollarini asoslash uchun ularning ahamiyatining oshirishni belgilab bermoqda.
O‘lim tendentsiyalarini istiqbolli
baholash usullari
Demografik prognozlashtirishda o‘lim ko‘rsatkichlarining istiqboldagi dinamikasi bo‘yicha gipotezalarni ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Buning uchun necha yoshda, qancha yil va qanday sabablar oqibatida insonlarning o‘rtacha hayot davomiyligi o'zgarishini hisoblab chiqishimiz lozim bo‘ladi. Faqat shunday holatdagina prognozlar yosh va jins, sabablar bo‘yicha o‘lim ko‘rsatkichlarining chuqur tadqiqiga asoslanadi.
Aholi 0‘limining yosh-jins ko'rsatkichlarining istiqboldagi o'zgarishlarini inobatga oladigan turli usullar mavjud. Bunday usullardan biri tarixiy analogiyalar (o'xshashliklar) usulidir. Bu usul muayyan vaqtda biron-bir mamlakat yoki hudud aholisining yoshi va jinsi bo‘yicha o‘lim kohsatkichlarining shunday
taqsimo- tini tanlashi kerakki, unga ko‘ra, u istiqbolli hisob-kitob qilina- yotgan aholining zamonaviy o‘lim ko'rsatkichlari, uning istiqbol- dagi dinamikasini aniqlash uchun eng yaxshi analog bo‘lib xizmat qilsin. Bunday analog sifatida istiqbolli baholash amalga oshirilishi uchun tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlarga o‘zining yosh-jins taqsimoti tavsifi bo‘yicha eng yaqin bo'lgan o‘lim ko‘rsatkichlari tanlanadi. O‘lim dinamikasining istiqbolli hisob-kitoblarida tarixiy analoglar usulining qo‘llanilishi juda ham sodda bo‘lib ko‘rinsa- da, aslida bu juda murakkab masaladir. Amaliyotda kamdan-kam hollarda mos tushadigan tanlovni amalga oshirish mumkin bo'ladi, chunki o‘limning yosh-jins ko‘rsatkichlari muayyan bir aholining yosh-jins taqsimoti xususiyatlariga bog‘liq bo'ladi va biron-bir yosh guruhidagi o‘lim darajasi keyingi guruhdagi u yoki bu o‘lim darajasini oldindan belgilab beradi. Shuning uchun istiqbolli hisob- kitob qilinayotgan aholi uchun haqiqatda o‘limning yosh-jins ko‘rsatkichlari o'rtasidagi boshqacha bog‘liqlik xos bo‘lgan o‘lim ko'rsatkichi mos tushadigan boshqa aholini tanlab olish mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko'ra, tarixiy analogiyalar usuli faqatgina tadqiq etilayotgan aholi o'limining istiqbolli dinamikasini baholashning juda ham o‘xshash bo‘lgan usuli sifatida qo‘llaniladi.
Aholi o‘lim darajasining istiqbolli dinamikasini aniqlash uchun hozirgi kundagi yetarli darajada keng qo'llanilayotlan usullardan yana biri — ekspert baholashlar usulidir. U tibbiyot va sog'liqni saqlash mutaxassislarining aholining o'limi va kasallanishi dinamikasining taxminiy istiqboli haqidagi fikrini bilish uchun imkoniyat sifatida, shu jumladan, inson o‘limining eng keng tarqalgan va eng og‘ir sabablariga qarshi kurash bo‘yicha tadqiqot yo‘nalishlari sifatida qo‘llaniladi. Ushbu
usul shunisi bilan yaxshiki, u istiqbolli hisob-kitoblarda, birinchidan, o‘lim ko‘rsat- kichlarining istiqboldagi o‘zgarishlariga nisbatan qo‘llaniladigan gipotezalar haqida asosli
tarzda gapirish imkonini, ikkinchidan esa ayrim yosh-jins guruhlarida yoki ayrim sabablar bo'yicha o‘lim natijasida aholi ko'rayotgan yo'qotishlarni baholash nuqtai nazaridan o‘limni prognozlashtirish imkonini beradi.
Sabablar bo‘yicha aholi o‘limini prognozlashtirish mashhur frantsuz demograflari D.Burjua-Pisha va R.Presslarning ishlariga asoslaniladi. Ushbu mualliflar o‘limning ekzogen omillariga rivojlanishning tug‘ma nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarni kiritgan va ularni davolab bo‘lmaydi,
shuningdek, ular ushbu kasalliklar tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi rivojlanishga hech qanday bog'liq bo'lmaydi, deb ta'kidlashgan. 0‘limning endogen sabablariga keladigan bo‘lsak, bu real hayotda yo‘q qilinishi mumkin bo‘lgan sabablar hisoblanadi.
O‘lim sabablarining tahliliga asoslangan ko‘rsatkichlar yosh- jins dinamikasining istiqbolli hisob-kitoblari, shuningdek, o‘lim sabablarini qisman yoki to‘liq yo‘qotilish imkoniyatlarini inobatga olinishi u yoki bu yoshga yetganlar uchun o‘rtacha hayot davomiyligi necha yilga qisqarishi yoki uzayishini ko‘rsatib beruvchi miqdoriy natijalarni olish uchun asos bo‘la oladi.
Ayrim yosh-jins guruhlari uchun o‘lim ko‘rsatkichlarining istiqbolli dinamikasini bevosita miqdoriy baholash aholining