Demografik prognozlashtirish


ishchi kuchi ~ ~ > (12.11)



Yüklə 139 Kb.
səhifə5/10
tarix27.05.2022
ölçüsü139 Kb.
#59826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Demografik prognozlashtirish matn

^ishchi kuchi ~ ~ > (12.11)
bu yerda: / — milliy daromad miqdori; m — mehnatsamaradorligi. Bundan
5,h h . h. = ' (12.12)
isnchi kucni 1
t
bu yerda: / — daromad birligini yaratish uchun kerak bo‘ladigan ishlab chiqarish fondlarining hajmi yoki kapital qo'yilmalar kattaligi.
Mos ravishda,
5., h.b h. = I t. (12.13)
ishchi kuchi x '
[shchi kuchi miqdori mehnat samaradorligi o'zgarmagan holda milliy daromad miqdorining o'sishiga proportsional ravishda o'sadi, deb faraz qilaylik. Agar mulohazalarni soddalashtirish uchun yana barcha aholi va ishchi kuchi o‘rtasidagi nisbat doimiy, deb faraz qiladigan bo‘lsak, keltirilgan formulalarga muvofiq aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan milliy daromad agar mehnat samaradorligi ham o‘zgarmay qolsa o‘zgarmaydi. Bunday holda aholi sonining o'sishi muammolar keltirib chiqarmaydi. (Jshbu mulohazadan xulosa qilish mumkinki, milliy daromadning o‘sishiga aholi o'sishining ta'siri darajasini aniqlash muammosining mohiyati ishchi kuchi yoki aholining o'sishida mehnat samaradorligini o‘zgarishidan iborat bo‘ladi. Endi bilvosita ko'rsatkichlar yorda- mida mehnat samaradorligini bizning bog'liqliklarimizga kiritishga harakat qilamiz:
/
m - _ J_ - ishchi kuchi = (12.14)
,£ T f ’
ishchi kuchi —
bu yerda: T — ishlab chiqarish fondlari (asosiy va aylanma) yoki barcha kapital; i — mehnatning texnik ta’minlanganligi, u mehnatni texnik ta’minlanganligi va kapital kattaligi funktsiyasi sifatida mehnat samaradorligini ko'rsatib beradi.
Kapital qo‘yilmalar kattaligi, ijtimoiy mehnat samaradorligi mexanik ta'minlanganlikka proportsional holda o'zgaradi, deb t'araz qiladigan bo'lsak, boshqa holda mehnat samaradorligi o'sadi, ishlab chiqarish fondlari ishchi kuchining o‘sishiga nisbatan tez o‘sadi va texnik ta’minlanganlikning kamayishida esa qisqaradi.
Ushbu oddiy model nima uchun rivojlanayotgan mamlakat- larda aholi sonining tezkor o‘sishi bilan bog‘Iiq bo‘lgan jiddiy iqtisodiy muammolar mavjudligini tushuntirib beradi. Chunki, ushbu mamlakatlarda yanada jadal iqtisodiy rivojlanish uchun ishlab chiqarish fondlari aholiga nisbatan tezroq o'sishi kerak bo'ladi. Buning uchun esa kapital qo‘yilmalarga mablag‘lar talab etiladi. Biroq, kishi boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha daromad kam bo'lgan mamlakatlarda jamg‘armani (kapital qo'yilmalar manbai) yanada yuqori sur'atlarini ta'minlash juda qiyin, chunki aholi o‘z daromadlarining juda katta qismini o'zlarining kundalik ehtiyojlarini qondirish uchun sarflaydi.
Aksincha, iqtisodiyjihatdan rivojlangan mamlakatlarda texnik ta'minlanganlikni yuksaltirish bunday muammolarni keltirib chiqarmaydi, chunki bir tomondan, ularda aholi sekinroq o‘sadi va ikkinchi tomondan esa umume'tirof etilgan qonuniyat ta’sir qiladi, unga ko‘ra, aholi jon boshiga to‘g'ri keladigan milliy daro- mad qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning katta qismi ham o‘z navbatida jamg‘armaga olib qo‘yiladi.
Demografik prognozlashtirishda qo‘llaniladigan usullardan yana biri regression modellar bo‘lib, ular odatda, aholi dinamikasi va ijtimoiy-iqtsodiy omillarning muayyan bir darajadagi bog‘liq- ligining taxminiga asoslanadi. Ko‘pincha maxsus adabiyotlarda prognozlarning ushbu shakli «demografik prognozlarning iqtisodiy ko‘rinishi» deb nomlanuvchi shakli sifatida ko‘rib chiqiladi.
Regression modellar yordamida amalga oshiriladigan prognozlar matematik ekstrapolyatsiya usullari orqali amalga oshiriladigan hisob-kitob natijalariga nisbatan mantiqiy (mazmuniy) tahlilga muvofiq keladi. Regression modellarda aholi dinamikasining bir qator tadqiq etilayotgan omillarga bo‘lgan bog‘liqligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Vaholanki, regression modellar uchun ko‘pgina kamchiliklar xos, xususan, ular demografik o‘sish va ijtimoiy- iqtisodiy omillarning o‘zaro sabab-oqibat alaqadorligini juda sod- dalashtirib yuborsa ham, demografik prognozlashtirishda ma'lum bir miqdorda qiymatga egadir.
Aholining istiqboldagi umumiy miqdorini baholashning qulay va sodda yechimlari haqidagi masalaga qaytadigan bo‘lsak, murakkab foizlar formulasi bo‘yicha hisob-kitoblar usulini aytib o‘tishimiz kerak bo‘ladi. Murakkab foizlar formulasi (algebra kursidan ma'lum bo‘lgan) quyidagi ko‘rinishga ega:
(12.15)
a = lgfl0 + /lg(l+1J0), bundan

Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin