qx=qx+qx+qx+.... + q*. (12.21)
Yosh-jins guruhlari bo'yicha aholi o‘limining pasayishini hisob-kitob qilish yuqorida keltirilgan formula qatori A.Boyarskiy tomonidan taklif etilgan hisob-kitoblar bo‘yicha amalga oshiriladi va quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
( i-Qr
(12.22)
Bu yerda: qx — muayyan bir o'iim sababidan vafot etishning pasayishini hisobga olgan holdagi x yilga teng bo‘lgan yoshdagi o'lim ehtimoli; Qx — xyoshdagi barcha o‘limlardan berilgan o'lim sababining ulushi; qx — o‘lim jadvallari bo‘yicha x yilga teng bo‘lgan yoshda o‘lim ehtimoli.
Berilgan har bir o‘lim sabablari kasallik (har 1000 kishiga io‘g‘ri keladigan kasallanganlar soni) va o‘lim holati bilan aniqlanadi.
U yoki bu profilaktik tadbirlar natijasida kasallanishning kamayishi bir qator holatlarda miqdoriy jihatdan aniqlanishi mumkin. Masalan, bezgakni to‘liq bartaraf qilishni oldindan rejalashtirish mumkin yoki u bilan kasallanishni muayyan bir miqdorga u yoki bu tumanlarda mos ravishdagi suv havzalariga ishlov berish va boshqa tadbirlarni qo‘llash orqali kamaytirish mumkin. Yuqumli kasallik bilan og‘rigan bemorlarni majburiy gospitalizatsiya qilishni kiritishda awalgi gospitalizatsiya qilishning, 259
kasallikning qanchaga kamayganligi tajribasini umumlashtirish asosida amalga oshirilishi mumkin. Profilaktikemlashlami kiritishda va uning keng qoMlanilishini amalga oshirishda qanchalik miqdorda kasallikni kamaytirishga qodir ekanligi rna'lum.
Shunday qilib, kasallanish va o‘Iimni kamaytiruvchi chora- tadbirlarning samaradorligini birgalikda olib borish orqali ayrim sabablar (kasalliklar) bo'yicha o‘lim darajasining umumiy miqdo- rini kamaytirishni baholash mumkin.
Aholining oilaviy tarkibini prognozlashtirish
Hozirgi kunda istiqboldagi aholining oilaviy tarkibi va oilalar miqdorini hisoblashning turli hisob-kitob usullari mavjud. Ko‘pgina mamlakatlarda, masalan, Frantsiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya va AQSHda bunday hisob-kitoblar ikkinchi jahon urushidan buyon amalga oshirilib kelinmoqda. Bunda qo‘llana- liyotgan hisob-kitoblar usuli qo‘yilgan maqsadi, shu jumladan, ma'lumotlar bazasining mavjudligi bilan ham farqlanadi. Bundan tashqari, usullarning o‘zlari ham ancha oddiy yoki murakkab bo‘lishi mumkin. U yoki bu usulni tanlash statistik ma’lu- motlarning to'liqligiga bog'liq bo'ladi.
Nikoh — oila tarkibini istiqbolli hisob-kitob qilish usullari avlodlarning tahliliga yoki muayyan bir vaqtdagi aholi tavsiflarini ko'rib chiqishga asoslangan bo‘lishi mumkin. Birinchi holatda shaxslar guruhi hayotining boshlang‘ich davridan, masalan, ularning nikohga kirishi davridan to ushbu oila parchalanib ketishigacha bo‘lgan davr ko‘rib chiqiladi. Avlodlar bo‘yicha hisob- kitoblar shaxslar jamlanmasining dinamikasida, rivojlanishida amalga oshadigan jarayonlarni kuzatish va bir vaqtning o‘zida ushbu omillarni tahlil qilish imkonini beradi, chunki ushbu omillar turli demografik o‘zgarishlarning kelib chiqishini taqozo qiladi. Bunda real avlodlarda kogort, shartli avlodlarda esa demografik jadvallar usuli qo‘llaniladi.
Oilalarning rivojlanishini prognoz qilishda kogort usulining qo‘llanilishi qator murakkabliklar bilan bog'liq. Awalambor, ushbu tisiil oilaning hozirgi vaqtdagi emas, balki ko‘p jihatdan awalgi davrga taalluqli bo'lgan hodisalarini oila hayotida vujudga kelishini ko‘rsatib beradi. Bundan tashqari, kogort usulida zarur ma'lumotlarni olish bilan bog‘liq bo'lgan qiyinchiliklar ham mavjud. Kogortlarni tahlil qilish uchun yig'iladigan ma'lumotlarga asoslangan oilalaming anamseptik kuzatishni amalga oshirish juda qiyin va aniq bo'lmagan ma'lumot olish xatari ham mavjud. Keyinchalik parchalanib ketadigan oilalar hayotini retrospetiv jihatdan tahlil qilishning amalda imkoni yo‘q va ular birlamchi jamlanmadan tushib qoladi. Shu bilan birgalikda, ushbu oila kategoriyalari oilaning rivojlanish qonuniyatlarining bir shakli hisoblanadi va ularni tadqiq etmasdan turib oilaning rivojlanish tendentsiyalarini to‘iiq va yorqin tahlilini amalga oshirish mumkin cmas. Bir vaqtning o‘zida migratsiya oqibatida oilaning rivojlanish jarayonini tahlil qilishda ham murakkabliklar vujudga keladi. Shunday qilib, oilalar sonining istiqbolli hisob-kitoblarida kogort usulidan foydalanish qiyinchiliklar keltirib chiqaradi, turfa va boy statistikaga ega bo'lgan bir qator mamlakatlar haligacha oilalar tarkibini va miqdorini kogort usuli bo‘yicha istiqbolli hisob- kitoblarini amalga oshira olmagan.
Demografikjadvallar usulidan foydalanish esa umuman boshqa masala. Unga ko‘ra, muayyan bir shaxslar jamlanmasining hayoti kuzatilib boriladi, lekin ushbu jamlanma shaxslarning gipotetik miqdorini tashkil etib, ular hayotining ma’lum bir davrining konkret alomatlari tavsiflarini o‘zida namoyon etadi. Mohiyatan, aholining nikoh-oilaviy tarkibini o‘rganish uchun demografik jadvallar usulini qo'llash aholining oilaviy holati va o‘lim jadvallarining kombinatsiyalashgan jadvallarini tuzishni nazarda tutadi.
Aholining nikoh-oilaviy tarkibini istiqbolli hisoblashda demo- grafikjadvallar usulidan foydalanish matematik-statistik modellari yordamida oilalarning vujudga kelishi va parchalanib ketishi jarayonini kuzatish va shu bilan unga ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’sir qilishini inobatga olish imkonini beradi.
Kanadalik olim VJlling oilalar sonini prognoz qilish uslubiyotini ishlab chiqqan va u quyidagicha amalga oshiriladi:
£j = Eq + E(M, - Dj' -S, +/V"'), (12.23)
bu yerda: E — istiqboldagi oilaiar soni; Eo — ro‘yxatga olish ma’lumotlari bo'yicha oilalar soni; M. — nikohlar soni; Dj" — nikohda bo‘lganlar orasidagi o‘lganlar soni; 5, — ajralishlar soni; jVw — rvaqt davomidagi oilalar migratsiyasining saldosi.
Ushbu berilgan usul aholining tabiiy harakatlanish tenden- tsiyasini inobatga olishga asoslangan, uning qo‘llanilishi kelajakdagi nikoh, o‘lim, ajralish, shu jumladan, prognoz qilinayotgan davrda emigratsiya va immigratsiya qilgan oilalarning soniga nisbatan ma'lum birgipotezalarni qabul qilish va ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Odatda, hisob-kitoblarning ushbu barcha komponentlari vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadi, biroq ushbu jara- yonlar dinamikasining tendentsiyalari ancha batafsilroq ishlab chiqilishi mumkin.
Bugungi kunda oilalar (uy xo‘jaliklari) tarkibi va miqdorini prognozlashtirish uslubi keng qo'llanilib kelinmoqda. Ushbuusul birinchi marta 1930-yili AQSHda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari asosida uy xo'jaliklari prognozlarini ishlab chiqishda qo'llanilgan. 1950-yillarda esa ushbu usul Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida qo‘llanila boshladi, chunki bu paytga kelib aholini ro‘yxatga olish ma'lumotlari asosida aholining (oila) tarkibi haqida yetarli darajada statistik to‘liq va ishonchli ma’lumot- lar yig‘ilgan.
Oila boshliqlari koeffitsientini hisoblash usuli bo‘yicha aholi- ning oilaviy tarkibini prognozlashtirish nafaqat istiqboldagi oilalar, balki ularning o'rtacha kattaligi to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham olish imkonini beradi. Ushbu usul yordamida aholining real yosh- jins tarkibining kelajakdagi oilalar va uy xo'jaliklari soni dinamika- siga ta’sir ko‘rsatish darajasini baholashni amalga oshirish mumkin. Yoshlar va jinslar bo'yicha oila boshliqlarining (uy xo'jaliklari) taqsimoti istiqbolda oilalarning shakllanishiga turli ijtimoiy- iqtisodiy omillarning ta'sirini ko‘rib chiqish orqali tahlilni chuqur- lashtirish imkonini beradi.
Oila boshliqlari koeffitsientini hisoblash usuli bo‘yicha oilaviy holalning hisob-kitoblari aholining yosh-jins tarkibi va miqdorini prognozlashtirish ma'lumotlariga asoslangan. Ushbu hisob-kitob- lardagi birinchi qadam — bu oilaviy holat bo'yicha har bir yosh- jins guruhlaridagi aholini istiqboldagi miqdorining taqsimlanishidir. Bu taqsimlashni aks ettiruvchi koeffitsientlar yordamida amalga oshiriladi, masalan, awalgi yillar uchun. Koeffitsientlar quyidagicha hisoblanadi:
z-jinsdagi va y-yosh guruhlaridagi aholining miqdori 5: z- jinsdagi va y-yosh guruhlaridagi shaxslarning Zc-oilaviy holati bo‘lgan aholining soni 5 . ,k ga teng bo‘lsin.
Unda
^=4“’ (12-24)
bu yerda: i = 15-19, k ~ X (bo‘ydoqlar)
20-24 B (nikohda bo‘lganlar)
... V (bevalar)
70+ R (ajralishganlar)
Ushbu koeffitsientlar asosida aholining oilaviy holati bo‘yicha tarkibi t yildan keyin quyidagicha aniqlanadi:
-P'jj,. (12.25)
Hisob-kitoblarning ikkinchi bosqichi — bu oila boshliqlarining yosh, jins va oilaviy holati bo'yicha koeffitsientlarini aniqlashdir. Ushbu koeffitsientlar oila boshliqlari (uy xo‘jaliklari) sonining H k hisob-kitoblar uchun asos bo‘ladigan xuddi o‘sha yosh-jins guruhidagi va ro‘yxatga olish ma’lumotlari bo‘yicha xuddi o‘sha oilaviy holatda boigan aholining soniga nisbati sifatida aniqlanadi.
Bundan oila boshliqlari (uy xo‘jaliklari)ning kelajakdagi soni t-yildan keyin H,jkt - SitJ k ■ h, j kni tashkil qiladi.
Oila boshliqlarining umumiy soni oilalarning umumiy soni bilan mos tushadi. Xuddi shunday yo‘l bilan to‘liq bo'lmagan oilalar boshliqlari va yakka yashovchilarning soni hisoblab chiqiladi.
Oilalarda yashovchi oilaning boshqa a’zolarining soni barcha aholining soni va tugal, tugal bo'lmagan oilalar hamda yakka yashovchilarning sonlari o'rtasidagi farq sifatida kelib chiqadi. Oilaning boshqa a'zolarining soni istiqbolda oilalarning o‘rtacha kattaligini hisob-kitob qilishda yordam beradi. Natijada oilaning o‘rtacha kattaligi t-yilda quyidagiga teng bo'ladi:
(12.26)
Dostları ilə paylaş: |