O'qituvchi kasbi umrbod davom etadigan kasb hisoblanadi. Inson paydo bo'lgandan buyon u o'z tajribasini o'rgatishga xoxish va extiyoj sezgan. Bu vazifani bajarish, asosan katta tajribalilar zimmasiga tushgan. O'qituvchi kasbining xususiyatlaridan biri uning jamiyatda o'rgatuvchi, ustoz deb belgilanishidir. O'qituvchi jamiyat o'sib kelayotgan shaxs o'rtasidagi vositachisidir. Shuning uchun ham o'qituvchi jamiyatda eng qiyin jarayonni boshqaradi-bu shaxsni shaqllanishi jarayonidir. Bu jarayonni qiyinligi tarbiyalanuvchi shaxsning o'zgaruvchanligidadir.
Respublikamiz prezidenti I.A.Karimovning ushbu aytgan so'zlari o'qituvchilarga bo'lgan hurmatini yanada ortirib, bu kasbni qanchalik sharafli ekanligini yana bir bor ta'kidlaydi: «O'z-o'zini el ishiga bag'ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan oliyjanob o'qituvchilarni, mo''tabar muallimlarni bundan buyon ham boshimizga ko'taramiz», chunki muallim va ustoz shunday zotki, u har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma'naviy boylik bilan to'ldiradi. Har qanday ruhiy va ma'naviy kamchilik va illatlardan poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan holi va ozod etadi. Muallim va ustoz shunday zotki u imkoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va ёqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil insonlik darajasiga yetkazuvchi bilim xazinasini ularning qalbiga joylaydi.
O’qituvchilik kasbiga Komenskiy, Ushinskiy, Desterveg qarashlari
Komenskiy---O’qituvchilikni “Yer yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb” deb hisoblaydi.O’qituvchi sof vijdonli,ishchan sabotli,axloqli bo’lishi’o’z ishini sevishi, o’quvchilarga otalardek muomala qilishi,bilimga havas tug’dirishi, o’quvchilarni o’ziga ergashtira olishi birinchi vazifasidir.
Desterveg fikricha “Yomon o’qituvchi haqiqatni aytib bera qoladi,yaxshi o’qituvchi esa haqiqatni topishga o’rgatadi. ”O’qituvchi o’z faniga doir asarlarni bilishdan tashqari tarix va adabiyotni bilishi, pedagogika psixologiyaga doir asarlarni kuzatib borishi kerak