Denov davlat universiteti tarix kafedrasi



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə60/77
tarix18.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#99727
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Denov davlat universiteti tarix kafedrasi

Usmoniylar imperiyasi; Mamluklar; beylarbeyi; sanjoq; zoimlar; timariotlar; riyolar; gayduklar; kleftlar; uskoklar; mitropolit; dukat; kazaklar.
Usmoniy turklar davlati (1299-1922). Poytaxti- Syogut (1299-1326), Bursa (1326-1365), Edirna (1365-1453), Istanbul (1453-1922). Hududi- 5,2mln.km.kv (1683). Davlat tuzumi- monarxiY. Davlat tili- usmoniy turk tili.
XV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati imperiyaga aylandi, shungacha Usmoniylar sultonligi deb atalgan bо‘lsa, endi Usmoniylar imperiyasi deb ataladigan bо‘ldi.
Usmoniylar davlati 1299-1922 yillarda mavjud bо‘lib, bu sulolani boshqargan hukmdorlar: Usmon I (1299-1324), Urxon (1324-1359), Murod I (1359-1389), Boyazid I (1389-1402), Boyazid I ning о‘g‘illari Sulaymon Chalabiy, Muso Chalabiy va Mehmed Chalabiylarning taxt uchun kurashi (1403-1413), Mehmed I (1413-1421), Murod II (1421-1444; 1446-1451), Mehmed II Fotih (1444-1446; 1451-1481), Boyazid II (1481-1512), Salim I (1512-1520), Sulaymon I Qonuniy (1520-1566), Salim II (1566-1574), Murod III (1574-1595), Mehmed III (1595-1603), Ahmad I (1603-1617), Mustafo (1617-1618; 1622-1623), Usmon II (1618-1622), Murod IV (1623-1640), Ibrohim (1640-1648), Mehmed IV (1648-1687), Sulaymon II (1687-1691), Ahmad II (1691-1695), Mustafo II (1695-1703), Ahmad III (1703-1730), Mahmud I (1730-1754), Usmon III (1754-1757), Abdulhamid I (1774-1789), Salim III (1789-1807), Mustafo IV (1807-1808), Mahmud II (1808-1839), Abdulmajid (1839-1861), Abdulaziz (1861-1876), Murod V (1876), Abdulhamid II (1876-1909), Mehmed V Rashid (1909-1918), Mehmed VI Vahiduddin (1918-1922) lar boshqarganlar.
Usmoniy turklarning XIV- XV asrlarda Yevropada olib borgan istilolari natijasida XV asr oxiri XVI asr boshlarida Bolqon yarim orolining qariyb barcha hududlari, Osiyo va Afrikaning kо‘pgina yerlari turklar zulmi ostida qoldi. Kо‘plab xalqlarni bо‘ysundirgan Usmoniylar imperiyasi о‘z davrining ilg‘or davlatlaridan biri, о‘rta asrlarning yagona asl harbiy davlatiga aylandi.
Turkiya imperiyasi 1453 yilda Konstantinopol shahrini bosib olgandan keyin yana kengaya boshladi. Muhammad II (1451-1481) 50 va 60- yillarda Bolqon yarim orolida Dunaybо‘yidagi Serbiyani, Bosniyani, Gersegovinani va Albaniyani istilo qildi. Bolqon yarim oroli bilan qо‘shni bо‘lgan Valaxiya vassal qaram qilib qо‘yildi. 70- yillarning о‘rtalarida turklar Qrimni va Tanu (Azov) shahrini bosib oldilar. Taxminan shu vaqtlarda turk­lar Kichik Osiyoda Trapezund shahrini, deyarli butun Anatoliyani to Frot daryosigacha istilo qildi. Ammo Muhammad II ikki marta katta muvaffaqiyatsizlikka ham uchradi, u Belgradni ishg‘ol qila olmadi, turklar uni 1456 yilda qamal qilgan bо‘lsalar-da, maqsadlariga erisha olmadilar shuningdek, Rodos orolini ham ololmadilar (1480 yilgi qamal muvaffaqiyatsiz bо‘ldi).
Usmoniylar davlatining geografik qulay, ya’ni Yevropa va Osiyo qit’alari hamda musulmon va xristian olami tutashgan yerda joylashuvi, ularning Yevropada olib borgan istilolari uchun muhim strategik sharoit yaratdi. Shunday istilochilik yurishlari natijasida Usmoniylar qо‘shinlari 1501 yili Albaniyadagi Durres shahrini zabt etdilar.
Muhammad II ning nabirasi Salim I zamonida (1512—1520) turklarning istilolari yana boshlandi. Salim Eronga qarshi qilgan g‘olibona, urushida Kavkaz bо‘yi mamlakatlaridan Ozarbayjon, Armaniston va Gruziyaning bir qismini, Dog‘iston va Kurdistonni istilo qildi. Sо‘ngra Salim Suriya bilan Misrni 1517 yilda bosib olib, butun islom dunyosining boshlig‘i sifatida о‘ziga xalifa (xalifa.arab.о‘rinbosar, noib-ilk davrda musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy va dunyoviy boshlig‘i, XVI asrdan boshlab turk sultonlari ham о‘zlarini xalifa deb ataganlar va bu 1922 yilgacha, ya’ni usmonli turklar davlati tugagancha davom etgan) unvonini oldi. Krit, Kipr va О‘rta dengizdagi boshqa yerlarini о‘z qо‘lida saqlab qolish uchun Venetsiya Turkiya sultoniga har yili katta xiroj tо‘lab turishga majbur edi.
Shialar ustidan qozonilgan g‘alabalardan sо‘ng, usmoniylar sultoni Salim I Misrni egallashga tayyorlana boshladi. 1515 yilning bahorida Qohiraga Salim I yurishga tayyorgarlik kо‘rayotgani haqida xabar yetkazildi. Misrdagi Mamluklar davlati (mamluk arab.qul-Misrda 1250-1517 yilgacha hokimiyat tepasida bо‘lishgan) va Usmoniylar davlati islomning sunniylik oqimiga mansub bо‘lsalar ham, ixtiloflar sababli urush holatiga kelib qolishgandi.
XV asr oxirlarida Misr va Usmoniylar davlati qarshi tomondagi siyosiy qochoqlarga boshpana berib, ulardan о‘z maqsadlari yо‘lida foydalana boshlashdi. Shuningdek, islom olamida hukmronlik qilish masalasida ham ikki davlat о‘rtasida tortishuv borardi.
1463 yili usmoniylar elchisining mamluk sultoniga ta’zim qilishdan bosh tortgani ixtiloflarning boshlanishiga sabab bо‘lgan. Endi oradan yarim asr о‘tib usmoniylarning Misrga xavf solishi oydinlashdi. Salim I Misr yurishiga tayyorlanarkan, Janubi-sharqiy Anatoliya va Kurdistonni bо‘ysundirdi. Kurd beylari usmoniylar sultonlar hukumatini tan oldi. Turklar bu muddat mobaynida Diyorbakr, Mosul va Mardin kabi shaharlarni ham qо‘lga kiritishdi. Keyin qо‘shinlar Misrga yо‘llandi. Bu davrda mamluk sultoniga qarashli yerlarda hukumatga qarshi kayfiyat juda kuchli edi. Dehqonlar ommasi ham, sulton Kansux Alg‘uriydan norozi edi. Askarlar g‘ayridinlarga qarshi urishishlarini, musulmonlarga qarshi urushmasliklarini aytishdi. Salim I esa zarba berishga tayyor bо‘lguncha tо‘qnashuvlardan qochib, diplomatik о‘yin olib bordi. 1516 yil iyulda Qohiraga sulton bilan savdo-sotiq aloqalari, xususan, Misr shakarini olish bо‘yicha elchilar yuborildi.
1516 yil 5 avgustda usmoniylar qо‘shini mamluklar chegarasidan о‘tishdi. 1516 yil 24 avgust kuni usmoniylar qо‘shini Halab bо‘yidagi Dabiq maydonida Kansux boshchiligida 60 ming kishilik mamluklar qо‘shini bilan tо‘qnashdi. Jang taqdirini о‘sha zamonda eng kuchli hisoblangan turk artilleriyasi hal qildi. Usmoniylar otliq qо‘shini о‘ziga qarshi tura oladigan mamluklar otliq qо‘shinini tor-mor keltirdi. Kansuxning zaxira bо‘linmalari jangga tushmayotgani mamluklar qо‘shini orasida sarosima keltirib chiqardi. Mamluk askarlari jang maydonini tashlab keta boshladi. Ayni shu vaziyatda turklarning qattiq hujumi mamluklarni betartib qochishga majbur qildi. Halokat yaqinligini sezgan Kansux zahar ichib о‘ldi. Bu jangdan sо‘ng Halab, Ayntab va Mamluklar davlatiga qarashli boshqa Suriya shaharlari mamluk harbiylarini quvib, Salim I ga taslim bо‘lishdi. 1516 yil 28 avgust kuni Salim I Halabga kirdi va tantanali kutib olindi. Ertasiga juma kungi xutbada unga “Ikki muqaddas shaharning xodimi” unvoni berildi.
Bu unvonni oldinlari Misr hukmdorlari olib yurishardi va musulmon olamining rahbari hisoblanishardi. О‘sha vaqtdan boshlab turk sultonlari о‘zlarini xalifalar deb atab, boshqa musulmon о‘lkalardan ularni oliy hukmdor deb tan olishlarini talab qilishdi.
1516 yil sentabrida Salim I qо‘shini qarshiliklarsiz Suriyaning barcha shaharlarini qо‘lga kiritdi. Yerli aholi usmoniylar qо‘shini tarafida bо‘lib, mamluklarga qarshi harakat qilishdi. Suriyaliklarning о‘zi shahar darvozalarini ochib berdi. Damashq 1516 yil 9 oktabrda Salim I ni kutib oldi. Noyabrning oxirlarida sulton qо‘shini Suriya va Falastin istilosini tugatdi. Oldinda Qohiraga yurish turardi. Mamluklarning yangi sultoni Tumanbay turk qо‘shiniga zarba berishga harakat qildi. 1516 yil 25 dekabrda Beysan (Falastin) jangida Sinon Yusuf poshsho boshchiligida turklar Tumanbay qо‘shinini mag‘lub etdi. Bir oydan sо‘ng Qohiraning shimolidagi Ridoniyya nomli joyda hal qiluvchi jang bо‘ldi. Tumanbay jangga 100 ta tо‘p tayyorladi. 1517 yil 22 yanvar kuni Tumanbay qо‘shini tor-mor qilindi. Mamluklar artilleriyasi turklar artilleriyasiga dosh berolmadi, mamluk qо‘shini jang maydonini tashlab qochdi.Tumanbay qо‘shiniga hech qanday yordam berolmadi. Turklar Qohirani qо‘lga kiritishdi.
Bir necha kundan sо‘ng kechasi Tumanbay bо‘linmalari bilan shaharga bostirib kirdi. Kо‘cha janglari boshlanib, unda 50 mingga yaqin qohiralik halok bо‘ldi. Salim I tartib о‘rnatgandan sо‘ng 800 nafar mamluk beyining boshini olishni buyurdi. Tumanbay yana ikki oy qarshilik kо‘rsatdi, biroq yaqinlari tomonidan ushlab berildi. 1517 yil 17 aprel kuni sо‘nggi mamluk sultoni Qohira darvozasining arki ostida dorga tortildi.
1517 yil avgustida Salim I an’anasiga kо‘ra minglab hunarmandlarni Istanbulga jо‘natgach Qohirani tark etdi. Zamondosh arab tarixchisi Ibn Ilyos Salim I qо‘lga kiritgan о‘ljalarni quyidagicha ifodalaydi:”Aytishadiki, Usmon avlodi Qohirani tark etayotganida, kо‘plab о‘ljalarni hisobga olmaganda, о‘zi bilan oltin va kumush yuklangan minglab tuyalarni olib ketdi. U о‘zining ota-bobolari yetisha olmagan narsalarga ega bо‘lgandi”.
Salim I Suriya va Misrni tark etgach о‘z tarafiga о‘tgan mamluk sarkardalariga ichki ishlarda ma’lum erkinliklar berib, u yerlarni boshqarish huquqini topshirdi. U Misr va Suriyaning yirik shaharlarida yanicharlar (yanicharlar. usmoniylar davlatida davlat xazinasidan maosh olib turadigan muntazam piyoda qо‘shinlar. Sulton Murod I davrida shakllangan. Dastlab asirga tushgan о‘spirinlardan, sо‘ng usmoniy turk imperiyasining xristian aholisi orasidan zо‘rlab islom diniga kiritilgan yoshlardan terib olingan. Shuningdek otliq askarlar ham bо‘lib, ular sipohiylar deb atalgan. Ularga xizmati tufayli yer berilardi, harbiy benefitsiy ulashilardi. 1826 yil 15 iyunda ular sulton Mahmud II ning harbiy islohotlariga qarshi fitna uyushtirishganligi uchun yanicharlar butunlay tugatilgan) korpusini qoldirgandi. 1521-1522 yillarda Misr va Suriyadagi avtonomiyalar tugatilib, markaziy hokimiyatga bо‘ysunuvchi viloyatlarga aylantirildi. Qohiradan ketishidan oldin Hijoz hokimi uni ziyorat qildi. Sultonni barcha musulmonlarning rahbari-xalifasi deb bilishni aytib unga ishonch bildirdi. Makka ulug‘larining qо‘llashi va uni yangi xalifa sifatida tan olishlari Salim I ga katta obrо‘ keltirardi.Shuning uchun Hijozni о‘zining davlatiga qо‘shib olgan sulton mintaqaning ichki ishlarini boshqarishni ularning ixtiyorida qoldirdi.
Oradan kо‘p о‘tmay sultonlarning Afrikada mulklari paydo bо‘la boshladi. Yirik bandargoh Al-Jazoir va unga yondosh hududlar 1516 yili qaroqchilar tomonidan egallangandi. Ularning rahbari Xayriddin Barbarossa 1518 yili Salim I hokimiyatini e’tirof etdi va sultondan beylarbeyi (yuqori ma’muriy unvon va lavozim, viloyat, katta shahar hokimlari) unvonini oldi.
Salim I Bolqondagi, Janubi-sharqiy Anatoliyadagi, Arabiston yarimorolidagi hamda Shimoliy Afrikadagi qо‘shilgan yerlari Usmoniylar davlati hududini deyarli ikki barobar kengaytirdi. Unga qarashli mintaqalarda hosildor yerlar va kо‘plab savdo-hunarmandchilik markazlari bor edi. Usmoniylar davlati Vengriya chegaralaridan va Adriatika sohillaridan tortib Fors kо‘rfazigacha bо‘lgan hududlarda muhim savdo yо‘llarini nazorat qilardi. Misrdagi Mamluklar davlatining tugatilishi va Eronning 1514 yilgi eron-turk urushidan sо‘ng kuchsizlanib qolishidan sо‘ng, usmoniylar urush maydonini Yevropaga kо‘chirishdi.
Mamluklarni jazolagan usmoniylar bо‘ldi. Keyingi usmoniylar davrida Suriya, Misr, Shimoliy Afrikaning boshqa yerlari, Qrim kabilar egallandi. Konstantinopol zabt etildi. Vengriya, Italiya, Germaniya, Moldova, Rus kabi boshqa qator davlatlar usmoniylar bilan kurashlarida tinkalari quridi.
1517-1798 yillarda Misr Usmoniylar davlati tarkibida bо‘lgan.
Sulton Sulaymon I Qonuniy davrida (1520—1566) Usmoniylar imperiyasi g‘oyat katta qudratga zrishdi. Misr egallab olinganidan sо‘ng Usmoniy sultonlarning hokimiyati butun Shimoliy Afrika qirg‘oqlaridan to Marokkogacha bо‘lgan hududlarda о‘rnatildi. 1522 yili turk floti Rodosni egalladi, bu esa usmoniylarga Sharqiy О‘rta Yer dengizida ustunlikka erishish imkonini berdi.
Yevropada esa Sulaymon I Gabsburglar imperiyasi bilan qattiq kurash olib bordi. Fransuz qiroli Fransisk I Gabsburglarga qarshi Sulay­mon bilan rasmiy suratda ittifoq tuzdi. 1529 yilda Sulaymonning Avstriyaga qilgan yurishi Gabsburglarning Valuaga qarshi olib borgan «katta urush»ning bir halqasi edi. Sulay­mon chet ellik savdogarlarga imtiyozli savdo yorliqlari bera boshlagan birinchi sulton edi. 1535 yilda u fransuz savdogarlariga turk suvlarida bemalol qatnash, Tur­kiyaning hamma portlarida, ozgina (5%) boj tо‘lash sharti bi­lan bemalol savdo qilish, huquqini berdi.
Belgradning bosib olinishi va 1526 yilda Moxach yonida chex va vengrlarning birlashgan armiyasini tor- mor keltirilishi Venetsiyani bosib olish uchun yо‘l ochib berdi. 1520 yili Venani egallashga harakat qilib kо‘rdi lekin bu muvaffaqiyatsiz chiqdi. 1547 qilgi shartnomaga kо‘ra, Vengriya hududlari Turkiya va Avstriya о‘rtasida bо‘lib olindi. Transilvaniya Turkiyaning vassaliga aylandi. Vengriyaning kattagina qismi Turkiya viloyati bо‘lib qoldi. Valaxiya bilan Moldaviya Portaga xiroj tо‘laydigan dav-latlarga, unga har yili kо‘plab pul tо‘lab turadigan va mustaqil tashqi siyosat yuritish huquqidan mahrum etilgan vassal knyazliklarga uzil-kesil aylantirilgan edi.
Sharqda esa turklar qator janglardan sо‘ng, 1555 yili Eron shohi Tahmospni tinchlik shartnomasi imzolashga majbur qildi. Unga kо‘ra, butun G‘arbiy Armaniston (Van kо‘li havzasi), G‘arbiy Gruziya va Iroq (Bag‘dod bilan birga) Turkiyaga о‘tdi.
Sulaymon zamonida turk qо‘shinlari Qizil dengizning butun qirg‘oqbо‘yi yerlarini va Janubiy Arabistonni bosib oldi. 1537 yili turklar yirik flot tuzib, Qizil dengiz orqali savdoga katta zarar yetkazayotgan portugallarni Hind okeanidan quvishga harakat qilishdi, biroq bu ekspeditsiya muvaffaqiyat keltirmadi. Uch qit’ada joylashgan XVI asr Usmoniylar imperiyasi ilgari Vizantiya imperiyasi bilan Arab xalifaligiga qarashli bо‘lgan yerlarning hammasini о‘z qо‘l ostida birlashtirdi. О‘rta dengizning kattagina qismi, Qizil dengiz, Fors qо‘ltig‘i ham sulton qо‘lida edi. Sulton har xil hind rojalariiing portugal mustamlakachilarga qarshi olib borgan kurashlariga homiylik qildi.
Sulaymon о‘zining 46 yillik hukmronligi davrida 13 marotaba harbiy yurishlarda ishtirok etdi, shulardan 10 tasi Yevropada olib borildi.
XVI asrning birinchi yarmida turk armiyasi uyushtirgan yirik bosqinchilik yurishlari, uning katta harbiy kuchga ega bо‘lganligini tasdiqlaydi. Usmoniylar imperiyasining aholisi 25-30 mln kishini tashkil etgan. Bu paytga kelib turk sultonlari sharqdan g‘arbgacha 7 ming km, shimoldan janubgacha 5 ming km va hammasi bо‘lib, 8 mln.km.kv. yerni egallab turishar edi. Turk manbalarinig guvohlik berishicha, sulton Sulaymon I vafot etgan 1566 yili Usmoniylar imperiyasining hududi 14 mln 893 ming km.kv. ni tashkil etardi. Shundan 2 mln km.kv ga yaqini Yevropada, 4,5 mln km.kv ga yaqini Osiyoda va qolgan qismi Afrikada joylashgan.
Sulaymon о‘zining qonunlar tо‘plamini («Qonunnomai Sulaymoniy») ni qoldirib ketdi. Bu qonunnomaga 1566 yil sanasi qо‘yilgan. XVI asrda Turkiyaning ichki tuzilishi qanday bо‘lgani haqida shu tо‘plamga qarab ham fikr yuritish mumkin. Turk sultonlari istilo qilgan kо‘pdan-kо‘p hududlarning ma’muriy tuzilishi Sulaymon vaqtida bir xil formaga solindi. Butun imperiya 21 viloyatga bо‘linib, ular о‘z navbatida 250 sanjoq (Usmoniylar imperiyasida asosiy ma’muriy-hududiy birlik) ga taqsim qilindi. Har bir viloyatning tepasida beklarbegi turar, har bir beklarbegi о‘z saroyi, devonxona va devoniga ega edi. Sanjaq boshlig‘i esa sanjaqbey, deb atalardi.
XVI asrning birinchi yarmida turk floti ispan, portugal va Venetsiya eskadralari ustidan g‘alaba qozonib, О‘rta Yer dengizida hukmronga aylandi. Birgina Maltani qamal qilishda 300 tagacha harbiy kemalar ishtirok etgan. Usmoniylar imperiyasining quruqlikdagi armiyasi ham juda kuchli edi. Bu armiya “Saroy qullari” deb ataluvchi markaziy qо‘shin va viloyatlardagi kо‘ngillilar qismlaridan iborat edi.
Sulaymon armiyasida 300 dan ortiq turli hajmdagi tо‘plar bor edi. Sulaymon turk qо‘shinlarining yanicharlar deb atalgan imtiyozli qismini tartibga solgan maxsus reglament tuzdi. Yanicharlarning soni 12 mingdan 20 mingga yetkazilgan edi. Umuman muntazam armiyada shu davrda 50 ming kishi xizmat qilardi. Ular muntazam suratda katta maosh olib tu­rar edi.
Yanicharlarga urushdan bо‘sh vaqtlarida hunar va savdo bilan mashg‘ul bо‘lish uchun har xil imtiyozlar berilgan bо‘lsa-da, lekin bu narsa amalda ularni harbiy ishdan chalg‘itgan, jangovarlik qobiliyatlarining pasayishiga sabab bо‘lgan edi. Ammo yanicharlar turk qо‘shinining ozgina qismini tashkil qil­gan.
Yanicharlar piyodalar korpusidan tashqari sultonning otliq gvardiyasi ham mavjud bо‘lib, u yurishlar paytida sulton va buyuk vazirni qо‘riqlar, janglarda yanicharlarga yordam berardi.Turkiyaning asosiy harbiy kuchini feodallar lashkari tashkil etgan. Har xil yer egalari, chunonchi yirikroq yer egalaridan — zoimlar va beylar, ulardan maydaroq yer egalari bо‘lgan timariotlar va sipohiylar (sipohiylar.Usmonli turk imperiyasi armiyasida aniq shartnoma asosida harbiy xizmatni о‘tovchi shaxs) sulton chaqirgan hamono yerlariga yarasha miqdordagi qurolli dehqonlari bilan birgalikda yurishlarda qatnashish uchun yetib kelishlari lozim bо‘lgan. XVI asr о‘rtalarida sipohiylar armiyasi soni 130 mingdan 250 ming kishigacha bо‘lgan.
1571 yilda turklar Kipr orolini zabt etdilar. XVI asr oxirida venetsiyaliklar Dalmatsiyadagi dengizbо‘yi hududlarini, Ioanna va Krit orollarini о‘zlarida saqlab qolishga muvaffaq bо‘ldilar, xorvat va sloveniya yerlari Gabsburglar hukmronligi ostida qoldi. Usmoniy sultonlarning oliy hukmronligini tan olgan mustaqil shahar-respublika Dubrovnik hamda Valaxiya va Moldaviya usmoniylarga yillik tovon tо‘lab turadigan bо‘ldilar. Usmoniylar imperiyasining Bolqondagi harbiy-siyosiy ustunligi, muntazam kuchli armiyaning mavjudligi, Yevropada о‘z istilolarini davom ettirish, kengaytirish va bо‘ysundirilgan xalqlarni qattiq itoatda ushlab turish maqsadiga qaratilgan siyosatni olib boruvchi harbiy-ma’muriy apparatning qat’iy markazlashtirilganligiga asoslangan edi.
Turk dehqonlarining ahvoli qanchalik og‘ir bо‘lgan bо‘lsa, diniy e’tiqodi jihatidan xristianlarga mansub bо‘lib, istilo qilingan mahalliy aholi­ning ahvoli undan ham og‘ir edi. Serblar, greklar, bolgarlar, valaxlar (ruminlar) va boshqa riyolar (musulmon bо‘lmaganlarning hammasi turk tilida shunday deb atalardi) musulmonlarga qaraganda davlatga ikki baravar kо‘proq soliq tо‘lashga majbur edilar. Ular mol-mulkining daxlsizligi butunlay ta’min etilmagan edi, о‘zlari ham doim turk ma’murlari va harbiylarining о‘zboshimchaligidan va tahqirlashidan azob chekar edilar. Diniy rasm-odatlarning ijro qilinishiga ijozat berilar ekan, buning uchun xristian aholisidan yana qо‘shimcha ravishda og‘ir soliqlar olinardi. Riyolar ozgina norozilik bildirganlari taqdirda, ular ustiga jazo ekspeditsiyalari yuborilar va bu eskpeditsiyalar tinch aholini talar, о‘ldirar edi.
Bolqon yarim orolidagi xalqlar turklar istilosi natijasida qandaydir sun’iy bir tо‘siq bilan butun Yevropadan ajratilganidan turklar zulmi sharoitida juda sekin rivojlanib bordilar. Savdo-sotiq ishlari tor doirada olib borildi. Sanoat juda sekin rivojlandi.
Bolqon yarim oroli xalqlari (juda kо‘pchiligi slavyan xalqlari) boshiga ofat bо‘lib tushgan turklar istilosi natijasida bu xalqlarning yuz yillar davom etgan qismati shu bо‘ldiki, qishloq xо‘jaligi texnikasi pastligicha qolaverdi, bir qator viloyatlarda natural xо‘jalik hukmron bо‘lib, keldi, krepostnoylik munosabatlari saqlanib qoldi.
Turklar tomonidan bо‘ysundirilgan Bolqon xalq­lari turklar zulmiga indamasdan bо‘ysunavermadilar. XV asr — XVI asrning boshlarida Bolqon yarim orolidagi mamlakatlarning turklar tomonidan zabt etilgan davrdan boshlab keyingi asrlar mobayiida Bolqon yarim orolidagi mazlum millatlarning kurashi ularning butun tarixi davomida davom etib keldi. Juda katta armiya, turk feodallarining zulmini ag‘darib tashlash imkoniyatiga ega bо‘lmagan tobe aholi partizanlar urushini olib bordiki, bu urush aslida XVI— XVII asrlar davrida ham, shundan keyingi davrda ham mustaqil davom etdi. Partizanlar tog‘lik joylar sharoitidan foydalanib va dehqon jamoalari madadiga tayanib yarim orolda turk hukmronligiga putur yetkazdilar, turklar obrо‘sini tushirdilar, hamda turk ma’muriyati va turk mahal­liy feodallarining eng yovuz vakillariga qarshi xalq qasoschilari bо‘lib chiqdilar.
Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin