Mavzu : XI- XV asrlarda Turkiya
Reja:
1. Usmoniylar davlatining tashkil topishi.
2. Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida turk istilolari.
3. Sulton Murod I ning olib borgan harbiy yurishlari.
4. Yildirim I Boyazid, Muhammad I Chalabiy va Murod II lar hukmronligi davrida Usmoniylar davlatining tashqi siyosati.
5. Konstantinopolning istilo qilinishi.
6. Usmoniylar davlatining g‘arb va sharqqa yurishlari.
Tayanch iboralar:
O’g’uzlar; Saljuqiy turklar; g’oziy; sulton; aqcha; Yanicharlar; sanjoq; ‘’Yildirim’’; dukat; sipohiylar; ‘’istin polin’’; Trapezund imperiyasi; mamluklar.
О‘g‘uzlar (о‘g‘uzlar turkiy qabila bо‘lib, Markaziy Osiyoda yashaganlar. VII asr boshida Turk hoqonligi tarkibida tо‘qqiz о‘g‘uz qabilasidan paydo bо‘lgan) ning О‘rta Osiyodan Kichik Osiyo kо‘chib kelishi va saljuq turklari (saljuq turklari XI-XIV asr boshida Yaqin va О‘rta Sharqdagi bir necha davlatlarda hukmronlik qilgan qabila bо‘lib, sulola nomi turk-о‘g‘uz qabilasi boshlig‘i Saljuq nomidan olingan) bilan aralashib ketishi natijasida Kichik Osiyoda XIII asr oxiri va XIV asr boshlarida yangi davlat tashkil topdi. Bu davlatda о‘g‘uz turklari yetakchi rol о‘ynadilar. Dastlab Ertо‘g‘rul о‘g‘uz turklarining rahbari bо‘lib, u Vizantiya imperiyasi bilan qо‘shni Sakare daryosi bо‘yidagi mulkka egalik qilardi. Ertо‘g‘rulning о‘g‘li Usmoniylar sulolasi va Usmon turk sultonligining asoschisi Usmon G‘oziy (1282-1324), g‘oziy (vatan himoyasiga, g‘ayridinlarga qarshi kurashga rahbarlik qilgan yoki alohida mahorat bilan urushgan jangchiga beriladigan faxriy unvon) Vizantiyaga qarshi urush boshlab, Brusu shahrini bosib oldi va 1299 yilda poytaxt qilib tanladi. Usmon Kichik Osiyodagi boshqa amirliklarni ham о‘ziga itoat qildirdi. Yangi tashkil topgan turk xalqi Kichik Osiyodagi barcha turklar uning nomi bilan ataldi.
1299 yil Anatoliyaning g‘arbida Usmon I G‘oziy tomonidan yangi turkiy davlat- Usmoniylar davlatiga asos solindi va 1299-1922 yillarda mavjud bо‘ldi.
Bu sulolaning birinchi sultoni (arab. hukmdor, podshoh, musulmon davlatlari boshliqlari unvoni, Turkiyada 1922 yilgacha amalda bо‘lgan) Usmon I G‘oziy (1258 yili Vifiniyada tug‘ilgan,1326 yili Bursada vafot etgan), va oxirgi sultoni Mehmed VI Vahobiddin (1918-1922 yillar) da jami bо‘lib 36ta sulton boshqarib, shulardan 19ta sulton о‘rta asrlar davrida boshqarishgan.
Usmon hokimiyat tepasiga kelgach barcha e’tiborini Vifiniyani bо‘ysundirishga harakat qildi. U 1291 yilda Melanpiyani zabt etdi va Vizantiyaning bu gо‘zal shaharchasini о‘ziga qarorgoh qilib oldi. Melanpiyaning aholisi bu yerni tashlab ketdi. Usmon bu yerga Garmiyon va Anatoliyaning boshqa hududlaridan aholini joylashtirdi. Xristianlar sobori Usmon buyrug‘i bilan masjidga aylantirildi va har jumada uning nomi xutbada yangray boshladi.
XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Usmon beyligi о‘z hududini kengaytirdi.
1301 yil Usmon Yenishehrni zabt etib, u yerga qal’a qurgach, Bursa shahrini qо‘lga kiritish uchun tayyorlana boshladi. 1302 yilning yozida Vizantiyaning Bursadagi vakili qо‘shinlarini Vafeyada tor-mor etdi.Bu usmoniy turklarning katta janglardagi ilk zafari edi. Vizantiya imperiyasi qarshisida kuchli raqib turganini angladi. Usmon mulklari bо‘lgan hududlarga kо‘plab aholi kochib kela boshladi. Bu Usmonning keyingi yurishlariga turtki berdi. Vizantiyaliklar Usmonning mavqei oshayotganini kо‘rib Anatoliya qishloqlarini tark eta boshlashdi.
1305 yili usmoniy turklar Levke jangida mag‘lub bо‘lishdi, ularga qarshi Vizantiyaliklar qо‘shinida xizmat qilayotgan kataloniyalik bо‘linmalar ham qatnashdi. Bu paytda Vizantiyada toju-taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi, bu turklar uchun harbiy harakatlarni davom ettirish uchun qulay vaziyat yaratdi. Usmon qо‘shinlari Anatoliyaning Qora dengiz sohilidagi Vizantiyaga tegishli bir qancha shaharlarni egalladi. Shu yili turklar birinchi marta Vizantiyaning Yevropa qismidagi hududlarga hujum qilishdi.
Usmoniylar Bursani Usmonning о‘g‘li Urxon davrida egallashdi.
Dostları ilə paylaş: |