5.
Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta’minlash.
6.
Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish.
KORXONA KASSASIDAGI PUL MABLAG‘LARINING HISOBGA OLINISHI
Kassa muomalalarini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bank
boshqarmasining 1998-yil 24-yanvardagi 376-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Yuridik
shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi.
Korxona kassasidagi pul mablag‘larining hisobga olinishi buxgalteriya hisobining 9-sonli
BHMA- ga asosan tartibga solinadi. Korxonaga tegishli pulning bank tomonidan
belgilangan uncha katta bo‘lmagan miqdoridagi qismi naqd pul sifatida kassada
saqlanadi.
Kassa muomalalarini yuritish uchun korxonada kassir shtati ajratiladi. U o‘zi qabul
qilib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq
moddiy javobgar shaxs
hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruq chiqqanidan so‘ng korxona rahbari uni
kassa muomalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy
javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini hech kimning
zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik al- mashtirishga ehtiyoj tug‘ilganida
korxona rahbarining qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi.
O‘z navbatida, u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir
to‘satdan ishni tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda)
uning hisobdorligidagi boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat
komissiya boshqa kassirga o‘tkazadi. Bunda qayta hisoblash natijalari va boyliklarni
berish
haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi. Korxona
rahbari pul mablag‘larining kassada but saqlanishini ta’minlaydigan zarur sharoitlarni
yaratishi lozim. Kassa uchun keragicha jihozlangan alohida xona, seyf ajratilishi zarur.
Ish oxirida kassir kassa seyfini kalit bilan bekitishi va surguchli muhr bilan muhrlashi
shart. Seyf kaliti va muhr kassirda saqlanadi, kalitning boshqa nusxalari kassir muhrlagan
paketlar, qutichalarda korxona rahbarida turadi.
Hisob-kitob schyotidan kassaga olingan pul ishchi-xizmatchilarga ish haqi, mukofot
to‘lash, nafaqa berish, xizmat safari xarajatlarini qoplash
va boshqa maqsadlar uchun
sarflanadi. Bankdan olingan mablag‘lar belgilangan maqsadlar uchun sarflanishi lozim.
Kassaga pul topshirilayotgan paytda KO-1 shakldagi kirim kassa orderi
rasmiylashtiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi (blankning chap qismi) va unga
oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh
buxgalter yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi. Kassa kirim orderini pul
topshirayotgan shaxslar qo‘liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita
kassaga topshiriladi, bu yerda kassir orderning to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini, bosh
buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi
va kvitansiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitansiyasi beriladi.
Kassa kirim orderi bo‘yicha pullar faqat ushbu hujjat to‘ldirilgan kunda qabul qilinadi.
Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan
kassaga naqd pul kelib
tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitansiyasi to‘ldiriladi. Kvitansiya
hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko‘chirmasiga
qo‘shib qo‘yiladi.
Pulning kassadan berilishi KO-2 shakldagi chiqim kassa orderi bilan
rasmiylashtiriladi. Kassadan pul ish haqi, mukofot, nafaqa, stipendiyalar berilganda
«To‘lov vedomosti»da rasmiylashtiriladi. Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona
rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa
chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining
ruxsat beruvchi qaydi
bo‘lsa, orderda uning imzosi bo‘lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish
jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini
pul oluvchi shaxs qo‘liga berishga ruxsat etilmaydi.
Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa
hujjat ko‘rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon
berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo‘yadi hamda oluvchining tilxatini oladi.
Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to‘lov hujjati bo‘yicha pul olishda ham shaxsni
tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatilishi shart.
Korxonaning ro‘yxati tarkibida bo‘lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi
bo‘yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o‘rnini
bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko‘rsatilgan shaxsga beriladi.
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo‘lsa, buxgalteriya orderda pul olish
ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko‘rsatadi. Agar pul qaydnoma bo‘yicha
berilsa, pulni olganligi haqida imzo chek- tirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo‘yicha»
deb yozib qo‘yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma
kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo‘shib qo‘yiladi.
Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar
kassir tomonidan to‘lov qaydnomalari bo‘yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib
o‘tirmasdan beriladi. To‘lov qaydnomaning titul (birinchi) varag‘iga pul berishga ruxsat
haqida yozuv qayd etiladi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat
bergan shaxslar
imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko‘rsatiladi.
Agarda xodimlar ushbu pullarni o‘z vaqtida (ya’ni 3 kun ichida), olmasa, ular
deponentga o‘tkaziladi.
Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar bo‘yicha pul
olinganidan yoki berilganidan so‘ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ilova qilingan
hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To‘langan» (chiqim hujjatlariga)
shtampi bosiladi yoki so‘zlar qo‘lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko‘rsatiladi. Kassa
orderiga hech qanday o‘zgartirish kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar unda xato borligi
aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi.
Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki
berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar
harakatini hisobga olish
uchun mo‘ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi. Kassa jarayonlari
kassirning kassa daftarida ro‘yxatga olinadi. Kunning oxirida kassa daftarida pul qoldig‘i
hisoblanib, varaqning bir nusxasi dastlabki hujjatlar bilan buxgalteriyaga topshiriladi.
Korxona kassasidagi pul mablag‘lari, qimmatbaho qog‘ozlar, markalar, talonlar bir
oyda bir marta yo‘qlama qilish yo‘li bilan ro‘yxatga olinadi. Kassa muomalalari
buxgalteriya hisobida quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
5010-«Milliy valutadagi pul mablag‘lari».
5020-«Xorijiy valutadagi pul mablag‘lari».
Ushbu schyotlarning debet tomonida korxona kassasiga pul mablag‘larining kirimi
aks ettiriladi. Kredit tomonida korxona kassasidan to‘lanadigan pul mablag‘lari va
limitdan ortiqcha pullarni bankka topshirish aks ettiriladi.
Kassa muomalalarining hisobga olinishi quyidagi misollarda aks ettirilgan: