Denov tadbirkorlik va pedadagogika instituti



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#169668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
AMALIYOT FAZLIDDIN 1

 
BANKDAGI 
HISOB-KITOB 
VA 
VALUTA 
SCHYOTLARIDA 
PUL 
MABLAG‘LARINI HISOBGA OLISH 
Har bir tashkilot tuzilayotgan vaqtda o‘zining pul mablag‘larini va naqd pulsiz 
muomalalarini yuritish maqsadida davlat va tijorat bankida hisob-kitob schyotini ochadi. 
Bankda schyot ochish uchun tashkilotlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 
1.
Schyot ochish uchun ariza. 
2.
Davlat vakolatli organlari tomonidan korxonalar, tashkilotlarning yagona davlat 
ro‘yxatiga kiritilganligi to‘g‘risidagi notariusda tasdiqlangan guvohnomaning 
ko‘chirmasi. 
3.
Yuqori organ yoki ta’sischilar majlisida tasdiqlangan ustav yoki nizomdan 
notariusdan tasdiqlangan ko‘chirma. 
4.
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat. 
5.
Soliq organidan ro‘yxatdan o‘tib idensifikatsiya nomeri berilganligi to‘g‘risidagi 
t/r
Muomalalar mazmuni
Schyotlar 
aloqasi
D
K
1
Hisob-kitob va valuta schyotidan 
kassaga pul kelib tushdi (chek va 
uning kirim kassa orderiga asosan)
5010
5110
5210
2
Mahsulot, ish va xizmatlar naqd pulga 
sotildi
5010
9010
9030
3
Hisobdor shaxslar tomonidan olingan 
va ishlatil- magan ortiqcha summa 
qaytarildi
5010
4230
4
Ta’sischilar tomonidan korxona ustav 
kapitaliga o‘z badallari sifatida naqd 
pul mablag‘lari kelib tushdi
5010
4610
5
Kassadan mehnat haqi va boshqa 
to‘lovlar berildi
6710
5010
6
Umum xo‘jalik sarflari uchun 
hisobdor shaxslarga pul berildi
4230
5010
7
Inventarizatsiya natijasida kassadagi 
pul mablag‘la- rining kamomadi 
aniqlandi
5910
5010
8
Kassadagi limitdan ortiqcha pullar 
bankka topshirildi
5110
5010


ma’lumot. 
6.
Imzo namunalari va muhrning izi tushirilgan kartochka. 
Hisob-kitob schoti aktiv 5110-schyotida yuritilib, pul mablag‘larining 
harakati, holati haqidagi ma’lumotlarni umumlashtirib boradi. 
Hisob-kitob schyotining debetida pul mablag‘larining kelib tushishi, kreditida esa 
pulning o‘tkazilishi yoki sarflanishi aks ettiriladi. Bu schyotda yozuvlar bankning 
ko‘chirmasiga asosan amalga oshiriladi. 
Pulning tushumi va o‘tkazilishi quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi
1.
To‘lov topshiriqnomasi. 
2.
To‘lov talabnomasi. 
3.
Inkassa topshiriqnomalari. 
4.
Pul cheki. 
5.
Pul badallari haqidagi e’lon. 
To‘lov topshiriqnomasi korxonaning o‘ziga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z 
schyotidan muayyan summani boshqa korxonaning va shu bankdagi yoki ana shu 
shaharda yoxud boshqa shaharda joylashgan bank muassasasidagi schotiga o‘tkazish 
to‘g‘risidagi topshirig‘i hisob- lanadi. Bunda to‘lovchi bankka belgilangan shakldagi 
blankda topshiriq- noma taqdim etadi. 
Topshiriqnomalar yozilgan kun — 1 kun davomida amal qiladi. 
Tomonlarning kelishuviga ko‘ra topshiriqnomalarga asoslangan to‘lovlar muddatli, 
muddatdan oldin va muddati uzaytirilgan bo‘lishi mumkin. 
Muddatli to‘lov quyidagi variantlarda amalga oshiriladi: 

bo‘nak to‘lovi, ya’ni tovarlarni yuklab jo‘natish yoki xizmatlar ko‘rsatishdan 
oldin; 

tovar yuklab jo‘natilganidan so‘ng, ya’ni tovarni to‘g‘ridan to‘g‘ri akseptlash yo‘li 
bilan; 

yirik bitimlarda qisman to‘lovlar. 
To‘lov talabnomasi hisob-kitob hujjati bo‘lib, mol yetkazib beruvchi (yuk 
jo‘natuvchi) va vositalarni boshqa oluvchilarning to‘lovchiga muayyan summani bank 
orqali to‘lash to‘g‘risidagi talabini o‘z ichiga oladi. 
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilish zarurati O‘zbekiston Respublikasi 
hukumati tomonidan, yuzaga kelgan moliyaviy vaziyatdan va to‘lovlarni ta’minlash 
zaruratidan kelib chiqib belgilanadi. 
To‘lov talabnomalari bilan hisob-kitob qilishda vositalarni oluvchi unga xizmat 
ko‘rsatuvchi bankka inkassa uchun to‘lovchidan muayyan summani bank orqali to‘lash 
talab qilingan hisob-kitob hujjatini taqdim etadi. 
To‘lovchilarning akseptli yoki akseptsiz talabli hisob-kitoblari korxonalar o‘rtasida 
yuklab jo‘natilgan (berilgan) tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun, 
boshqa to‘lovlar bo‘yicha esa - amaldagi qonunlar yoki shartnomada ko‘zda tutilgan 


hollarda qo‘llanadi, talabnomada mazkur to‘lov shaklini belgilagan tegishli me’yoriy 
hujjat, shartnoma bandiga, albatta, havola qilinishi kerak. 
Olingan aksept belgilangan hisob-kitoblarda talabnoma aksept muddati tugagan 
kunning ertasiga to‘lanadi. 
To‘lovchi unga xizmat ko‘rsatadigan bank muassasasiga mazkur bank muassasasi 
talabnomani olgan kundan so‘ng 3 kun davomida, talabnoma kelib tushgan kunni hisobga 
olmaganda, akseptdan voz kechishi to‘g‘risida aytish huquqiga ega. 
Zarurat tug‘ilganda korxonaning so‘roviga binoan bank muassasasi rahbari 
talabnoma aksepti muddatini 10 kunga qadar uzaytirishi mumkin. 
Inkassa topshiriqnomalariga binoan to‘lovlar hisobi korxonalar schyotlaridagi 
mablag‘larni ular roziligisiz hisobdan o‘chirishning quyidagi hollarida qo‘llanadi: 
budjetga to‘lovlar bo‘yicha boqimandalar, jarimalarni undirishda va mablag‘larni 
hisobdan o‘chirishning so‘zsiz tartibi belgilangan boshqa hollarda: undiruvchilarning 
farmoyishlari bo‘yicha; ijro etish va unga tenglashtirilgan hujjatlar bo‘yicha. 
Mablag‘larni schyotlardan so‘zsiz tartibda hisobdan o‘chirish undiruvchilarning 
to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi blankida taqdim etiladigan farmoyishlari asosida 
amalga oshiriladi. 
Mijoz (korxona) chek daftarchalarini unga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasasidan 
oladi. Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar, kasallik varaqasi bo‘yicha nafaqalar, mukofotlar, 
xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari uchun naqd pullarni bank cheki asosida 
korxonaning hisob- kitob schyotidan shu korxona kassasiga beradi. 
Pul cheki korxonaning hisob-kitob schyotidan chekda ko‘rsatilgan naqd pul 
summasini berish to‘g‘risida bankka bergan farmoyishidan iborat. Chek siyohda yoki 
sharikli ruchkada to‘ldiriladi. Unda summa, chek berilgan vaqt, oluvchining nomi
shuningdek, olingan summaning nima maqsadda ishlatilishi ko‘rsatiladi. 
Pul badallari haqidagi e’lon bilan hisob-kitob schyotiga naqd pullar topshirilganligi 
rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat bir nusxada to‘ldiriladi va unda to‘lanadigan pulning 
hosil bo‘lish manbayi ko‘rsatiladi. Bank qabul qilingan pulga kassirga kvitansiya beradi, 
u buxgalteriyada kassa chiqim orderini tuzish va kassa bo‘yicha pul mablag‘larini 
hisobdan chiqarish uchun asos vazifasini o‘taydi. 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin