Muntazam ko’pyoqlarning xajmlari Koʻpyoqlik — tekis koʻpburchaklar bilan chegaralangan geometrik jism. Bu tekis koʻpburchaklar K.ning yoklari, koʻpburchak tomonlari K.ning qirralari, koʻpburchak uchlari esa K.ning uchlari deyiladi. K.ning yoklari koʻpyoqli sirt hosil qiladi Odatda, tasvirlangan jismlarga oʻxshash jismlar K. qatoridan chiqarib tashlanadi. Shuning uchun K.ni taʼriflashda koʻpyoqli sirtga (yoqqa) quyidagicha cheklash qoʻyiladi:1) har bir qirra ikki va faqat ikki yoq uchun umumiy boʻlsin (bunday yoklar qoʻshni deb ataladi); 2) har bir ikki yoqni ketma-ket qoʻshni yoqlar zanjiri bilan tutashtirish mumkin boʻlsin; 3) har bir uch uchun yoklarning shu uchga tegishli burchaklari biror bir koʻp yokli burchakni chegaralasin. K. ixtiyoriy yogʻidan oʻtuvchi tekislikning bir tomonida yotsa, u qanariq deyiladi. Har qanday qanariq K. uchun uning uchlari soni U, qirralari soni Q va yoqlar soni Yo orasida quyidagi Eyler formulasi oʻrinli: U — Q + Yo = 2. Qanariq boʻlmagan K. uchun umuman olganda, Eyler formulasi oʻrinli emas. Odatda, X = U— Q+Yo miqdor K.ning Eyler harakteristikasi deyiladi.