Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Boshlang`ich ta`lim (sirtqi) yo`nalishi 103- guruh talabasi Do`sanova Charosning Dinshunoslik fanidan tayyorlaganmustaqili sh I mavzu : Yahudiylik dinining xususiyatlari Reja



Yüklə 1,42 Mb.
tarix18.05.2020
ölçüsü1,42 Mb.
#31233
Do`sanova Dinshunoslik SLAYD

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti Boshlang`ich ta`lim (sirtqi) yo`nalishi 103- guruh talabasi Do`sanova Charosning Dinshunoslik fanidan tayyorlagan M U S T A Q I L I SH I

Mavzu : Yahudiylik dinining xususiyatlari

R e j a :

  • Yahudiylik dini tarixi
  • Yahudiylik ta`limoti
  • Yahudiylikdagi oqimlar
  • Yahudiylik urf-odatlari
  • Yahudiylarning milliy bayramlari

Yahudiylik dini eramizdan avvalgi 2000 yillarning oxirlarida Falastinda vujudga kelib, yakkaxudolik goyasini targib qilgan dindir. Yahudiylik dinining asoschisi Allohning payg’ambari hazrat Muso alayhissalomdir (mil. avv. 1666-1546 yy.).

Muso alayhissalom Ibrohim alayhiyssalomning o’g’li Ishoq alayhiyssalom, uning o’g’li Ya’qub alayhiyssalom, uning o’g’li Loviy, uning o’g’li Kaaf, uning o’g’li Amram (Imron)ni o’g’li bo’lgan. Horun alayhissalom esa Muso alayhissalomning akasi hamda yordamchisi bo’lgan.

Ya’qub alayhissalomning o’n ikki o’g’lidan to’rtinchisi Yahudo (Iuda) boshchiligidagi qabila ota-bobolari – ibroniylar e’tiqod qilib kelgan yakkayu-yagona xudo–Yahvega sig’inishgan. I u d a so’zi shukur ma’noni beradi. Turli tomonlarga tarqalib ketgan Ya’qub alayhiyssalom o’g’illari bosh bo’lgan qabila ahllari dastlab ya’qubiylar deb atala boshlangan

Yahudiylik (iudaizm) dinining nomi esa qabilaning ilk boshlig’i bo’lgan Yahudo (Iuda) nomidan kelib chiqqan. Keyinchalik bu xalq yahudiylar deb yuritila boshlangan.

Yahudiylikda Yahve nomini tilga olish man etiladi, o’rniga «adonay» (mening parvardigorim) deb o’qiydilar va gapiradilar. «Yahve» so’zining ma’nosi hozirgacha noaniq. Yahve qadimgi ibroniylarning xudolaridan birining nomi bo’lgan, u avval bosh xudo. Keyinchalik bu qabila uni yagona xudo deb e’tiqod qila boshlaganlar

Yahudiylikning ta’lim berishicha, xudo Yahve Isroil xalqi bilan ikki tomonlama shartnoma – «Ahd» orqali bog’langan bo’lib, shunga ko’ra yahudiylar o’zlarini «Xudo tomonidan tanlab olingan mumtoz xalqmiz, bu ahd bo’yicha xudo Falastin va uning atrofidagi barcha erlarni bizga berishga va’da qilgan» degan e’tiqodda yashab kelganlar va hozir ham shu aqidani mahkam tutib tunmay kurash olib boradilar.

Yahudiylikdagi oqimlar

Saduqiylar

Saduqiy nomi podshoh Dovud payg’ambar davrida yashagan ruhoniy Saduq nomi bilan bog’liq. Ko’plab mansabdor ruhoniylar saduqiy bo’lganlar. Ular diniy ishlarda faqat Qonun (Musoning besh kitobi)ni tan olganlar. Qonunda ruhoniylar, qurbonliklar, ibodat haqida so’z boradi, lekin oxirat va qiyomat haqida hech narsa deyilmagan. Shuning uchun saduqiylar qiyomatda o’lganlarning qayta tirilishini tan olmaganlar.

Esseylar

Esseylar, Quddusdagi ko’pgina ruhoniylar ulardan talab qilganidek yashamas edilar. Undan tashqari rimliklar ba’zi diniy mansablarga Musoning Qonuniga muvofiq, munosib bo’lmagan shaxslarni tayinlagan edilar. Buni ko’rgan bir guruh ruhoniylar Quddusda ibodat qilish va qurbonlik qilish Qonunga to’g’ri kelmay qoldi deb hisobladilar. Ular Quddusni tashlab, yahudiy sahrolariga chiqib ketdilar va o’sha erda o’z jamoalarini tashkil qildilar. Ularni esseylar deb atashdi. Esseylar Xudo tomonidan yuboriladigan halaskor – Messiyaning kelishi va Quddusni tozalashini kutib, ibodat qilib yashar edilar.

Sionizim

Yahudiylikdagi yangi oqimlardan biri Sionizmdir. Bu nom Quddusdagi Sion tog’i nomidan olingan. Bu oqim avstraliyalik yahudiy jurnalist T.Gerlstning “Yahudiylar davlati” risolasi asosida tuzilgan. Bu oqimning o’z oldiga qo’ygan maqsadi-yahudiylar o’zlari yashab turgan turli o’lkalardan chiqib, Falastinda “milliy birlashish”ga erishish. Sionizm “jahon yahudiy millati”-“oliy millat” kabi g’oyalarni ilgari suradi. O’z g’oyasiga ko’ra sionizm siyosiy oqim bo’lib maqsadiga erishish yo’lida yahudiy dinidan foydalanadi.



Muso Tur tog‘ida Yahve bilan uchrashganda unga 10 ta lavhani tushirdi. Ularda ushbu din asosini tashkil qilgan 10 ta nasihat bor edi:

10 ta nasixat

  • Yahvedan boshqani iloh deb ushlamaslik;
  • But, sanam va rasmlarga sig‘inmaslik;
  • Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag‘ishlash;
  • Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik;
  • Ota-onani hurmat qilish;
  • Nohaq odam o‘ldirmaslik;
  • Zino qilmaslik;
  • O‘g‘irlik qilmaslik;
  • Yolg‘on guvoxlik bermaslik;
  • Yaqinlarning narsalariga ko‘z olaytirmaslik.

Yahudiylarning muqaddas kitoblari Yahudiylikning barcha qonun-qoidalari payg’ambar Muso alayhissalomga nozil qilingan muqaddas Tavrotda mufassal bayon qilingan. Bundan tashqari, Tavrotning tavsiri va yahudiylik dinining aqida va marosimlari yozilgan Talmud kitobi hamda Muso alayhissalom vafotidan 460 yil keyin, miloddan avvalgi 1050 yillarda Dovud alayhissalomga nozil qilingan muqaddas Zabur (Psaltir) kitobi ham bu dinning muqaddas kitoblari hisoblanadi.

Yahudiylik son-sanoqsiz marosimlarga, ta’qiqlarga, buyruqlarga, bayramlarga ega bo’lgan din. Bu dinning talabiga ko’ra har bir dindor 365 ta’qiqni va 248 buyruqni, jami 613 amri-ma’ruf va nahiy munkarni bilishi shart.

Yahudiylik dinida dindorning kiyadigan kiyimi, yeydigan ovqati, hojati, kun tartibi, ibodat qilishi, bayramlarga qat’iy amal qilishi kabi masalalar qat’iy tartibga solingan.

Yangi tug’ilgan chaqaloq sakkiz kunligidayoq xatna qilinishi shart bo’lgan. Yahudiyning biron-bir qadami duosiz bosilmaydi. Yahudiylar tuya, cho’chqa, quyon, ot, eshak go’shtlarini emaydilar. Ular yeydigan hayvon go’shtida qon dog’i bo’lishi mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun ham yahudiylarda mollar faqat o’z ishiga usta bo’lgan qassoblar tomonidangina so’yiladi.


Yahudiy xudosi Jesus

Yahudiy erkaklarining kiyimlari uzun, bir xil matodan tikilgan bo’lishi, boshi hatto uyquda ham biror narsa bilan berkitilgan bo’lmog’i lozim. Diniy marosim bajarilayotganda kiyimning ustidan albatta yopinchiq tashlanishi shart.

  • Haftaning shanba kuni dam olish qat’iy talab etiladi. Bu kun hech qanday yumush, ish bilan shug’ullanilmaydi, ovqat pishirilmaydi, olov yoqilmaydi, qo’lda biror narsa ko’tarib yurilmaydi, pulga qo’l tekkizilmaydi.

Bolalarga diniy ta’lim 5-6 yoshdanoq beriladi. Tavrot va Talmudning asosiy aqidalari majburiy tarzda yodlattiriladi.

Yahudiylarning bayramlari Pasxa -Yahudiylarning yillik bayramlari ichida eng e'tiborlisi Pesax (Pasxa) bayramidir. Bu bayram xristianlarning pasxasidan farqli o‘laroq, yahudiylarning Misrdagi qulliqdan qutulib chiqqanlari munosabati bilan nishonlanadi. Kadimiy yahudiylarda Pasxa deb qo‘zichoq go‘shti va vinodan iborat kechki ovqatga aytilgak. Yahudiy rivoyatlariga ko‘ra, xudo Misrdagi yahudiy bo‘lmagan go‘daklarni qirib tashlashga qaror qilganda ular o‘z uylarining peshtoqini o‘sha qo‘zichoq qoni bilan bo‘yab, o‘zlarini yahudiy ekanliklarini bildirganlar.

Yahudiylar pasxa bayramidan keyingi yetti kun davomida tuzsiz, xamirturushsiz patir - matsa yeydilar. Matsani yeyish bilan har bir yahudiy Muso boshchiligidagi o‘z ota-bobolarining chekkan mashaqqatlarini his etadi. Bu bayram yahudiylarning quyosh-oy kalendarining Nison oyining 14 kuni (aprel oyining o‘rtalariga to‘gri keladi) nishonlanadi. Pasxadan keyingi 50-kuni yahudiylar Shabuot (Shevuot) bayramini nishonlaydilar. Bu bayram dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga Xudo tomonidan Toraning berilishini nishonlab o‘tkaziladigan bayramga aylangan. U yahudiylarning kalendari bo‘yicha Sivona oyining 6—7- kunlari nishonlanadi. Kuzda yahudiy kalendaridagi Tishri oyining 1—2- kunlari (sentyabr oxiri, oktyabr boshlari) yangi yil bayrami - Rosh-Ashona nishonlanadi. Bu bayram yahudiylar uchun poklanish bayrami hisoblanib, ular qurbonlik qilingan qo‘chqor shoxidan yasalgan surnaylarni chaladilar, gunohlari qolmasligi uchun cho‘ntaklarini to‘ntarib yaxshilab qoqadilar.  

e`tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin