Depozitlar —



Yüklə 132,66 Kb.
səhifə4/18
tarix14.12.2023
ölçüsü132,66 Kb.
#179685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
bank111

O’zaro pul fondlari foizlar bilan to’lanadigan omonatlarni qabul qiladi, buning uchun mijozlarga chek yozib berishi mumkin. Chek bo’yicha qo’yilgan omonat summasi kabi hajmi ham malum darajada chegaralangan bo’ladi.
Moliya muassasasining bunday turi ko’p minglab omonatchilarning mablaglarini jalb etadi hamda hosil bo’lgan fond daromad keltiradigan qimmatli qogozlarni sotib olish uchun ishlatiladi. Sanab o’tilgan moliya muassasalaridan farqli o’laroq, o’zaro pul fondlaridagi omonatlar sug’urta qilinmaydi, biroq ularning aktivlari (omonatchilarning mablag’iga sotib olingan qimmatli qog’ozlar) yuqori likvidli bo’lgani sababli katta foizlar olib keladigan etarli darajada ishonchli jamg’arma vositasi hisoblanadi.
Depozit multiplikatori bankka qo’yilgan mablag’larning har bir pul birligidan ko’riladigan umumiy daromad hajmining o’zgarishini tavsiflovchi ko’rsatkich. Bank tizimining bir qadar qiziqarli xususiyati shundan iboratki, aytaylik, agar alohida tijorat banki o’zidagi mavjud zaxira hajmidagina ssuda bersa, butun bank tizimi uning zaxirasidan bir necha barobar ortiq miqdorda ssuda takdim etishi mumkin.
Bunday hodisa depozitlarning multiplikasiya tarzida kengayishi (ko’p karrali omonatlar orqali kengayish) degan nom olgan.
 Depozitariy dspozitlarni saqlash uchun ishonib topshirilgan huquqiy shaxs. Depozitariy bank deganda depozitlar (qimmatli qog’ozlar)ni saqlash uchun ishonib topshirilgan bank tushuniladi.
Fond boyliklarini saqlash vazifasini amalga oshirishga zamonaviy yondashuv uning ixtisoslashgan tashkilotlar depozitariylarda markazlashuvini taqozo etadi. Bunday markazlashuv qimmatli qog’ozlar aylanishida xizmat ko’rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi, hisobga olishni soddalashtiradi va tezlashtiradi. Markazlashgan depozitariy mavjud bo’lgan takdirda qog’ozlarning oldi-sotdisi bo’yicha bitimlar sertifikatlarini tashib o’rin almashtirish va kuzatib borishga hojat qolmaydi.
Depozitariyning asosiy vazifasi qimmatli qog’ozlar sertifikatlarini saqlash va (yoki) qimmatli qog’ozlarga egalik huquqini hisobga olish bo’yicha xizmat ko’rsatishdan iborat.
Qimmatli qog’ozlarni saqlash va ularga eg’alik huquqini hisobga olishda depozitariy xizmatlaridan foydalanuvchi shaxs deponent deb yuritiladi.
Depozitariy va deponent o’rtasida tuzilgan ularning depozitariy faoliyatiga oid munosabatlarni tartibga solib turadigan shartnoma depozitar shartnoma (depo hisobvarag’i haqida shartnoma) deyiladi. Depozitor shartnoma yozma shaklda tuziladi.

Yüklə 132,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin