3. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning ahamiyati
DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference
o’zaro muloqoti va hamkorligida shakllanadi, rivojlanadi. Shaxsning taraqqiyoti
uning ijtimoiy ahamiyati, ya’ni o’zgalar uchun foydalilik darajasi bilan
xarakterlanadi.
Fikrlash masalasida, eng avvalo, uning shakli va mazmunini ajratar ekan,
L.Vigotskiy [5] fikrning shakllari, mexanizmi odamning intellektual rivojlanishiga
qarab o’sib borishini ta’kidlaydi. Fikrlashning mantiqqa tayanishi esa bola 12-14
yoshga yetganda, u o’z tafakkuriga egalik qilib, uni boshqara bilganda yuzaga
keladi. Vigotskiyning ta’kidlashicha, mustaqil fikrlash - ongli ravishda, ilmiy-
nazariy asoslarga tayanib, o’z-o’zini nazorat qilgan holda fikrlash demakdir.
Uningcha, fikrlashda mantiqning yo’qligi fikrlash jarayonida mustaqillikning,
erkinlikning, onglilikning yo’qligi demakdir. “Fikrlash jarayoni, - deb yozadi L.
Vigotskiy, - bolaning ota-onasi bilan muloqotidan boshlanadi. Mustaqil fikrlash
esa bu suhbatlarni bola “yutib”, o’zicha “hazm qila” boshlaganidan so’ng
shakllanadi”. Bu fikrni sharhlab shunday xulosa chiqarish mumkinki, fikrlash
bevosita o’z yo’naltiruvchi kuchi, maqsadi, usullariga ega bo’lgandagina mustaqil
faoliyatga aylanadi. Fikrlashning mustaqilligi ham uning yuqorida sanalgan
shakllaridan biri sifatida kishi shaxsiyati va siyrati, ichki «men»deb aytishi bilan
bog’liq.
XULOSA Demak, umuman fikrlanganda narsa-hodisalarning boshqalar tomonidan
kashf etilgan jihatlari bilib olinadi. Mustaqil fikrlanganda esa, odam olam
hodisalari va hayotiy vaziyatlar mohiyatini o’zgalarnikiga o’xshamagan yo’sinda,
ularnikidan boshqacha yo’l bilan bilib oladi.
Texnologiya mashg’ulotlarini muvafaqqiyatli o’tishi texnologiya ta’lim va
tarbiyasida samarali erishish ko’p jihatdan ishni to’g’ri rejalashtirishga bog’liq.
Texnologiya darslarini xususiyatlari shundan iboratki bolalar texnologiya va
texnik ijodkorligini rivojlantirishga oid bilimlari ko’nikma va malakalarini xilma-
xil amaliy ishlarni bajarish o’zlariga kerakli va ijtimoy ahamiyatga ega bo’lgan
buyumlarni tayyorlash jarayoni egallab oladilar.
O’qituvchining asosiy vazifasi har chorak uchun texnologiya darslarini
shunday rejalashtirishdan iboratki, bunda o’qituvchi bolalar tomonidan hosil
qilingan bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan kengaytirish va
marakkablashtirish ishlarni va bolalar jamoasini kundalik hayotida kerak bo’lgan
buyumlar tayyorlash va boshqa ishlarni bajarish bilan birga qo’shib olib borishni
nazarda tutsin. Tajriba ishni rejalashtirishda mahalliy sharoitni, maktab sharoitni
40