DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
International scientific-online conference
Kishi fikrlash jarayonida o’zi ko’rgan,
idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan
narsa va hodisalarning to’g’riligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa
munosabatini aniqlaydi. Tafakkur orqali kishi odam va olam sirlarini o’rganishda
o’zidan oldin hosil bo’lgan qarashlar, tushunchalar, farazlar, insoniyat tomonidan
chiqarilgan xulosa hamda qarorlarning qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligini
belgilab oladi.
Mulohaza yuritib, narsa va hodisalar o’rtasidagi munosabatlar,
xossalar, xususiyatlar, ularni bir-biri bilan bog’lab yoki ajratib turuvchi vositalar
hamda ularning faoliyat mexanizmlarini anglab yetadi.
Bu haqiqatni Alisher Navoiy: «Har ishki qilmish odamizod, Tafakkur birla
bilmish odamizod»,-[3] deya ifodalaganlar.
Tafakkur jarayoni insonning ko’ngli, ruhiyati bilan uzviy bog’liqlikda
kechadi. Fikrlovchining
ichki dunyosi qanchalik boy, dunyoqarashi nechog’li
keng, bilimi qay darajada baland bo’lsa, uning fikrlari, xulosalari saviyasi ham
shuncha asosli bo’ladi. Tafakkurga xos bo’lgan teranlik, tiniqlik,
mantiqlilik,
erkinlik, mustaqillik, badiiylik, ijodiylik inson fikri darajasini ko’rsatuvchi
omillardir. Odam dunyoni tafakkur orqali anglaydi, undan o’ziga
xos tarzda
ta’sirlanadi, o’zicha xulosalar chiqaradi.
Mustaqil mulohaza yuritgan odam biror narsaga mehr qo’yadi, nimanidir
inkor etadi va o’zida yaratishga, ijodga, kashfiyotga ehtiyoj sezadi. Bu ehtiyoj uni
harakatga undaydi. Har bir hodisa yuzasidan o’z fikr va qarashiga ega bo’lgan, o’z
xulosalarini chiqarib, ularni asoslay bilgan odam hech qachon o’zgalarga tobe
bo’lmaydi. Jiddiy masalalar hal etilayotganda beparvolik,
loqaydlik qilmaydi,
taqdirini o’zgalar hal qilib yuborishiga yo’l qo’ymaydi. Fikr qilmoqchi bo’lgan
inson biror faoliyatni boshlashdan oldin o’ylab ko’radi, tahlil qiladi.
Tafakkurning ijodiy tabiati moslashuvchanlik, o'ziga xoslik, ravonlik, fikrlash
chuqurligi (qattiqlik, stereotipning yo'qligi), harakatchanlik kabi fazilatlarda
namoyon bo'ladi. Bu xususiyatlarning barchasi ijodkor shaxsni tavsiflaydi.
Qarama-qarshi sifatlar - inertsiya, stereotip, yuzaki fikrlash.
Ular hayotda juda
muhim, chunki ular umumiy muammolarni tezda hal qilishga imkon beradi. Biroq,
psixologik inertsiya ijodkorlikda va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishda juda
zararli. Intellektual qobiliyatlarning yuqori darajada rivojlanishi yaxshi
rivojlangan ijodiy qobiliyatlarni nazarda tutishi shart emas. Bolaning ijodkorligini
rivojlantirish, uning tasavvurini rivojlantirish demakdir. [4]
Odam ruhiyati bilan shug’ullanadigan mutaxassislarning dalolat berishicha,
inson fikrlash jarayonini yuzaga keltirishning asosiy sharti undagi borliq sirlarini
bilishga bo’lgan intilish,
ichki ehtiyoj, ya’ni motivdir. Motiv bo’lmasa insonda
fikrlash paydo bo’lmaydi. Fikrlovchi shaxs atrofdagilarning birgalikdagi mehnati,
39