Development and innovations in science international scientific-online conference boshlang’ich sinf texnologiya darslarida



Yüklə 400,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix15.06.2023
ölçüsü400,01 Kb.
#130587
1   2   3   4   5
3. Boshlangʻich sinf texnologiya darslarida oʻquvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning ahamiyati

MATERIALLAR VA METODLAR 
Intellektual taraqqiyotni taxmin etgan va uning rivoji yo’lida qator ijtimoiy- 
iqtisodiy sohalardagi tub islohotlarning amalga oshishini shartlayotgan bugungi 
globallashuv asri jamiyatning bir qator ijtimoiy-gumanitar soha vakillarining 
oldiga aniq va asoslangan talablarni qo’ymoqda. 


37


DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE
 
International scientific-online conference
Xolbuki, aynan globallashuv davri butun insoniyatning kelajagiga jiddiy 
xatarlar solib kelayotganganligini kundalik hayot, qolaversa, o’sib kelayotgan 
yosh avlodning axborot oqimi, turli xarakterli va tashqi tomondan yetarlicha 
anglanmagan g’oyalar bilan sug’orilgan mafkuralar girdobida adashmay to’g’ri 
yo’lni tanlashida yuzaga kelayotgan to’siqlar isbotlamoqda. [1]. 
Ma’lumki, jamiyatning xususiyatini inson belgilaydi. Shu sabab jamiyat 
a’zolarining, ayniqsa, o’sib kelayotgan avlodning ma’naviy kamoloti bugungi 
kunda O’zbekistonda davlat ahamiyatiga molik dolzarb masalaga aylandi. «Ta’lim 
to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganligi ham 
inson omilining hal qiluvchi ekanligi tufaylidir. Bu hujjatlarda o’quvchi shaxsi va 
uning ma’naviy kamoloti birinchi o’ringa ko’tarildi. Davlat ahamiyatiga molik 
pedagogik hujjatlar: ta’lim kontseptsiyasi va standarti bilan birga dastur, darslik 
hamda uslubiy qo’llanmalar insonparvarlik yo’nalishiga solindi. Ular faqat 
mutaxassis tayyorlashga emas, balki sog’lom ma’naviyatli odamni shakllantirish 
uchun xizmat qilishga qaratildi. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol 
avlod tarbiyalash yo’llarini tadqiq eta boshladi. 
Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mustaqil 
fikrlashi qay darajada ahamiyatli ekanini asoslash dolzarb ilmiy muammoga 
aylandi. Ushbu ishimiz o’quvchi tafakkurining mustaqilligi uning aqliy va 
ma’naviy kamolotida nechog’li ahamiyatli ekanini belgilashga bag’ishlanganligi 
tufayli avval mustaqil fikrlashning o’zi nimaligi hamda uning barkamol insonni 
shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish kerak bo’ladi. 
Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni 
uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan 
mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, 
jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. 
Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, 
jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy sifatlarning 
shakllanishiga poydevor qo’yiladi. [2] 

Yüklə 400,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin